Daromadlar tengsizligi vujudga kelishining ijtimoiy jihatlari uning sabablari Kirish


Download 368.1 Kb.
bet10/11
Sana13.05.2023
Hajmi368.1 Kb.
#1457262
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Daromadlar tengsizligi vujudga kelishining ijtimoiy jihatlari uning sabablari

Daromad %
100 Е
80
60
40
20 F
Аholi %
0
20 40 60 80 100
CHizmaning yotiq chizig’ida aholi guruxlarining foizdagi ulushi tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutloq teng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni teng ikkiga bo’luvchi) OYe chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tegishli foizi daromadlarining mos keluvchi foizni olishini ko’rsatadi. Ya‘ni aholining 20% barcha daromadlarining 20% ni, aholining 40% daromadlarining 40% ni, aholining 60% daromadlarining 60%ni olishini bildiradi va h.k.
Demak, OYe chizig’i daromadlarining taqsimlanishidagi mutloq tenglikni ifodalaydi. Real xayotda mutloq tenglik va mutloq tengsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki aholining ma‘lum guruxlari o’rtasidagi daromadlarning taqsimlanishi notekis ravishda boradi
XULOSA
Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tengsizligini keltirib chiqaruvchi umumiy omillar mavjud. Bularning asosiylari quyidagilar:
Kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estetik) layoqatidagi farqlar;
Ta‘lim darajasidagi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
Tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
Ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatli darajadagi farqlar (bozordagi hamkorlik darajasidan kelib chiqqan holda).
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasiga daromadlar tengsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a‘zolari uchun ancha qo’lay moddiy hayot sharoitini ta‘minlashga qaratiladi.
Davlatning ijtimoiy siyosati tegishli markazlashgan daromadlarni tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan shakllantirish va uni byudjet orqali turli guruhlari o’rtasidagi qayta taqsimlashdan iborat.
Davlat daromadlarini qayta taqsimlashdan ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish va ish haqining eng kam darajasini belgilash usullaridan foydalanadi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta‘minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizini bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi.
Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni inson parvarishlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholini daromadlari darajasiga inflyatsiya sezilarli ta‘sir ko’rsatish sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi iste‘mol tovarlarni narxnig o’sishini hisobga olish va nominal daromadlarini narxlar o’sishiga bog’liqlikdan oshirib borish hisoblanadi.
SHaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholining kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kechirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishning minimal me‘yor bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarni ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan malakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mezonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulkni miqdori, oilaviy ahvoli kiritiladi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishag yo’naltirilgan siyosatdir.
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishni va pulning qadrsizlanish darajasiga ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. “Ma‘lumki, malakatimzda kam ta‘minlangan oilalarni bepul sigir berish yo’li bilan qo’llab-quvvatlash alohida e‘tibor qaratiladi. Masalan, hozirga qadar nan shunday oilalar uchun 103 mingdan ziyod qoramol berildi. Shulardan 54 ming kishiga yangi mehnat darajasiga berildi, bir yuz o’n bir ming fuqaroning esa mavjud mehnat daftarchasiga ish staji tegishli tartibda qayd etildi” 1.
Aholining ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki iste‘mol bozorini himoya qilish, hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq – ovqat mollari asosiy turlari iste‘molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishida muhim mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ulrga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni me‘yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyaga ega bo’ladi.



Download 368.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling