Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik Reja
Download 24.21 Kb.
|
Daromadlarning taqsimlanishi, tengsizlik va qashshoqlik Reja-fayllar.org
Yuqoridagi holatlarning barchasini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasining 2-sonli Buxgalteriya hisobimilliy standartida daromadlar tushunchasi va ularni hisobga olish tartibini aniqlash ko`zda tutilgan. Ushbu standartda daromadlarni tan olish mezonlari ko`rsatilgan bo`lib, unga ko`ra “asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlarYuqoridagi holatlarning barchasini inobatga olgan holda O`zbekiston Respublikasining 2-sonli Buxgalteriya hisobimilliy standartida daromadlar tushunchasi va ularni hisobga olish tartibini aniqlash ko`zda tutilgan. Ushbu standartda daromadlarni tan olish mezonlari ko`rsatilgan bo`lib, unga ko`ra “asosiy xo`jalik faoliyatidan daromadlar iqtisodiy manfaatlarning kelgusida olinish imkoniyati mavjud bo`lsa hamda bu manfaatlar aniq va ishonchli ravishda o`lchanishi mumkin bo`lgan paytda tan olinadi. Moliyaviy ma`lumotlarni e`tirof etish mezonlari sifatida bu mezonlar kontseptual asoslar tarkibida yoritilgandi. Ushbu mezonlarni endi faqat daro-madlarni tan olish jarayoni bo`yicha ko`rib chiqamiz. 2-BHMSga binoan tovarlar sotishdan daromad quyidagi shartlar bajarilganda tan olinadi: xo`jalik sub`ekti tovarlarga egalik qilish yuzasidan tavakkalchilik va mukofotlarning asosiy qismini xaridorga o`tkazgan bo`lsa; xo`jalik sub`ekti o`zida sotilgan tovarlarga egalik hamda nazorat qilish bilan bog`liq ustunliklarni saqlab qolmagan bo`lsa; daromad summasi yuqori ishonchlilik darajasida baholanishi mumkin bo`lsa; xo`jalik sub`ekti tomonidan iqtisodiy manfaatlarning olinishi ehtimoli mavjud bo`lsa; Daromadlarni tan olishning mezonlari va ularning sanab o`tilgan jihatlarini talabaga yaxshiroq yoritib berish maqsadida misol ko`rib chiqamiz. 1-misol. Хaridor sotuvchidan tovarni sotib olish maqsadida oila a`zolariga ko`rsatgani olib ketdi. Тovarning tannarxi -15000 so`m, bozor qiymati esa - 18000 so`m. Ushbu holat bo`yicha daromad tan olinadimi yoki yo`qmi? Agar tan olinsa, daromad summasi qancha bo`ladi? Ushbu savolga javob berish uchun yuqoridagi shartlarning bajarilishiga e`tibor beramiz. Birinchidan, tovarga egalik qilish bilan bog`liq tavakkalchilik va mukofotlar xaridorga o`tgani yo`q, chunki xaridor tovardan foydalanish huquqini hali olgani yo`q. Ikkinchidan, sotuvchi ushbu tovarni nazorat qilish ustunligini o`zida saqlab qoldi, ya`ni tovarningxaridorda qolishi yoki qaytarib berilganini sotuvchi hali nazorat qilishi tabiiy. Bundan tashqari daromad summasini baholash imkoni ham yo`q, chunki bozor qiymatining 18000 so`m ekanligi, tovarning shu narxda albatta sotiladi degani emas, chunkixaridor uni shu narhda sotib olishga qaror qilgani yo`q. Qolaversa iqtisodiy manfaatlarni olish, ya`ni xaridordan ushbu tovar uchun pul olinishi haqida hozircha kelishilgani yo`q. Хulosa shuki, ko`rib chiqilgan holat bo`yicha sotuvchi daromadni tan olmaydi. Download 24.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling