Daromadli stavkasi darajasiga ta'sir etuvchi asosiy omillar Mundarija
Download 457 Kb.
|
Daromadli stavkasi darajasiga ta\'sir etuvchi asosiy omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining vazifasi
- Kurs ishining ob’ekti
- I.Bob. Jahon moliya bozorining milliy segmentlari ortasidagi aloqalarning kuchayishi va global moliya bozorining shakllanishi 1.1 Jahon moliya bozorining
Kurs ishining maqsadi:Aksiya – aksioner jamiyatini boshqarishda, jamiyatning foydasida va jamiyat tugatilganda mulk qoldig’ini taqsimlashda qatnashish huquqini beruvchi aksioner jamiyatining ustav kapitaliga qo’shilgan mablag’ni tasdiqlovchi qimmatli qog’ozdir. Aksiya harakat muddatiga ega emas va u aksioner jamiyatining faoliyati davomida harakatda bo’ladi.
Kurs ishining vazifasi:Davlat korxonalari asosida tashkil qilingan ochiq tipdagi aksioner jamiyatlarining aksiyalarini ro’yxatga olish va muomalaga chiqarish tartibiga binoan1[27][29], hujjat sifatida aksiya quyidagi rekvizitlarga ega bo’lishi kerak: aksioner jamiyatining nomi va joylashgan joyi, qimmatli qog’ozning nomi – «aksiya», uning turi, tartib raqami, chiqarilgan sana, nominal qiymati, chiqariladigan aksiyalarning miqdori, ro’yxatga oladigan organ tomonidan berilgan aksiyaning kodi, dividendlarni to’lash muddati, aksioner jamiyati boshqaruvining raisi va bosh buxgalterining imzolari, aksiyalarni chiqarish kuniga bo’lgan ustav kapitalining hajmi. Kurs ishining ob’ekti:Qimmatli qog’ozlar chiqarish va muomalada bo’lishi O’zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan tartibga solinadigan aksioner jamiyatlarning aksiyalari, obligatsiyalar, depozit sertifikatlari, veksellar va boshqalar kiradi. Kurs ishining predmeti:Sotib olingan aksiyalar uchun yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan pul milliy va xorijiy valutalarda, shuningdek asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aktivlarni qo’shish yo’li bilan to’lanishi. I.Bob. Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o'rtasidagi aloqalarning kuchayishi va global moliya bozorining shakllanishi 1.1 Jahon moliya bozorining Shu o'rinda moliya bozori va iqtisodiy o'sish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlikni ta'kidlab o'tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o'sishni jadallashtirish hisoblanadi. Moliya bozori va iqtisodiy o'sishni quyidagi oddiy misol (investitsiylar) bilan tushuntirishga urunib ko'ramiz. Iqtisodiy o'sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiya)ning o'zaro bog'liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan "akselerator tamoyili" ko'rinishida quyidagicha ifodalangan[1]: real YaIM o'sishi real investitsiyalar o'sishiga olib keladi, o'z navbatida real investitsiyalarning ko'tarilishi unga javoban YaIM o'sishiga sabab bo'ladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko'rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog'ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu esa mos ravishda moliyaviy instrument ko'rinishini olgan investitsiyalarning o'sishiga olib keladi, ya'ni "moliyaviy instrument (qimmatli qog'oz) va uning real bazisi (real kapital) o'rasidagi ekvivalentlilik" tamoyilini to'g'riligini hamda iqtisodiy o'sish, investitsiyalar va moliya bozorining o'zaro bog'liqligi isbotlaydi. Moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o'sishning ta'minlanishini harakatga keltiruvchi unsur bo'lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta'sirini ko'rsatib beradi. Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan yuqoriligi ko'plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o'tilgan[2]. Quyida dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi keltirilgan (1-rasm). Download 457 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling