Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Dars - 12 Mavzu: Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga estetik va mehnat tarbiyasini berish


Download 0.94 Mb.
bet13/36
Sana23.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1224437
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36
Bog'liq
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars - 12

Mavzu: Maktabgacha yoshdagi eshitishda nuqsoni bo’lgan bolalarga estetik va mehnat tarbiyasini berish


Reja: 1.Estetik tarbiyaning vazifalari
2.Estetik did
3. Estetik faollik
Estetik tarbiya yordamchi maktabda o‘quvchilar shaxsini to‘g‘ri kamol toptirishga kompleks yondashuvni ta ’minlaydi, u milliy, g‘oyaviy, mehnat va axloqiy tarbiyani qamrab oladi hamda mehnatga, atrofdagi kishilar turmush tarziga to ‘g‘ri munosabatda namoyon boMuvchi faol nuqtai nazarga ega bo‘lgan har tom onlam a uyg‘un rivojlangan shaxsni tarbiyalab yetishtirishga yordam beradi. M am lakatim izda amalga oshirilayotgan maxsus maktab islohoti maktab o'quvchilariga badiiyestetik tarbiya berishni yaxshilash, go‘zallikni his qilishni rivojlantirish, yuksak estetik didni, san’at asarlari, tarix, m e’morchilik yodgorliklari, jonajon tabiat go‘zalligi, boyligini tushunish hamda qadrlay bilishni shakllantirish lozim . Y ordam chi m aktab o ‘quvchilarini estetik rivojlantirish — bu aqli zaif o ‘quvchilar shaxsining estetik ongi, munosabatlari va estetik faoliyati vujudga kelishi hamda takomillashuvidan iborat. Estetik tarbiya uzoq davom etadigan jarayondir. Bu jarayon yordamchi maktab o ‘quvchilarining yosh va ijtimoiy omillar bilan belgilanadigan turli bosqich hamda darajalariga egadir. Bu esa, yordamchi maktab o ‘quvchilari shaxsini, jamiyat estetik madaniyatini egallab olishga bog‘liq bo‘lib, turli yo‘llar hamda shakllar yordamida amalga oshiriladi. Yordamchi maktabda estetik tarbiyaga doir bilim va malakalar asosan dars jarayonida — o ‘qish, musiqa, ona tili, tabiat, tasviriy san’at, tarix, geografiya, m ehnat, jismoniy tarbiya darslarida beriladi. Estetik tarbiyaning vazifalari juda keng va rang-barangdir. Shu vazifalardan biri yosh avlodda estetik sezgi va estetik idrokni tarbiyalashdan iborat. Hayotda, san’at da go‘zallikni ko‘ra bilish va sezish har bir kishining ham q o ‘lidan kelaverm aydi. Bir kishi quyosh botishidagi ranglardan ko‘z uzolmasa, ikkinchi bir kishi bu holatga befarq bo‘lishi mumkin. Estetik sezgirlik, idrok, diqqat-e’tibor estetik tarbiya asosini tashkil etadi. Bu vazifa bolaning bevosita borliqdagi go‘zalliklarni sezishi jarayonida bajariladi. Bolalardagi estetik sezgi madaniyati maxsus musiqa, rasm mashg‘ulotlarida rivojlantirib boriladi. Estetik tarbiyaning ikkinchi vazifasi bolalarda estetik tushuncha, baholash hissini shakllantirishdir. Bola go‘zallikni faqatgina sezishi emas, balki uni tushunishi, u haqda fikr yuritishi zarur. Bunga bilimlarsiz erishib bolmaydi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari davomida bolalar shakl, rang, yorug‘lik, zulmatning roli haqidagi bilimlarni egallagan bo‘lishlari darkor. Ulardan musiqa va ashulada tovushni farqlay bilish ham talab qilinadi. Shu bilan bir qatorda, o ‘quvchilar badiiy so‘zning ta ’sirchanligi, ifodaliligi haqidagi bilimlardan ham xabardor bo‘lishi kerak. Badiiy didni tarbiyalash ham estetik tarbiya vazifalaridan biridir. Estetik did - bu go‘zallikni sezish, go‘zallikka hissiy munosabat, estetik sezgilar madaniyati, estetik baho bera olish, go‘zallikning obyektiv mezonlarini tushunish bilan cham barchas bog‘liqdir. San’at asarlari nam unalarini baholash darajasi badiiy did ko‘rsatkichlaridan biridir. Shu asosda muayyan shaxsning didi haqida fikr yuritish mumkin. Badiiy didning ikkinchi ko‘rsatkichi: go‘zallikka baho berish, m e’yorida tanlash masalasida, haqiqiy go‘zallikni soxta go‘zallikdan ajrata olishda ko‘zga tashlanadi. Badiiy didning uchinchi ko‘rsatkichi: san ’at asarlarida yuksak talabda, soxtalikka qarshi kurashda, tasvirlardagi obrazlarni chuqur ko‘ra bilishda namoyon boladi. Estetik did atrofimizdagi narsalarning, tab iatn in g , m ehnat m ah su lo tlarin in g , kishilar m unosabatining, haqiqiy san’at nam unalarining ta ’siri ostida rivojlanib boradi. Estetik did go‘zallikni tushunib idrok etishda go‘zallikka oid ongli munosabat ham shakllanib boradi. Tabiatning nozik holatlarini, ko‘rinishlarni his qila olish uchun insonda m a’lum darajada hissiyot rivojlangan bolishi kerak. Aks holda inson bunday go‘zalliklarga befarq qaraydi, kishilarda estetik faollikni rivojlantirmasdan turib haqiqiy estetik tarbiyaning vazifalarini amalga oshirish m umkin emas. Estetik faollik insonning tarbiyalanganlik belgisidir. Bu faollik estetik idrokning tezligida namoyon bo‘ladi. Bolalarda estetik faollikni tarbiyalashda har bir bolada sezgirlikni, nozik tabiatlikni shakllantirib borishimiz kerak. Estetik faollik estetik sezgirlik bilangina cheklanib qolmasdan, balki kishining hayotiga go‘zallik olib kirishi hamdir. Shaxsning boshqa xislatlari kabi estetik madaniyati va estetik didi faoliyatda rivojlanib boradi. Agar bolaning butun hayoti: mehnati, o ‘qishi, dam olishi estetik m a’no bilan yo‘g‘rilgan bo‘lsa, u o ‘z hayotiga go‘zallik elementlarini olib kiradi. Oilada va m aktabda bolalar bunday ko‘nikma va malakalarni egallab boradilar. Aqli zaif bolalar o ‘zlarining intellektual va hissiy nuqsonlari oqibatida go‘zallikni yuzaki idrok etadilar. Tuzatish — tarbiyaviy ishlar oqibatida ularda sezgi xususiyatlari o ‘zgarib, rivojlanib boradi (K.X.M amedov). 0 ‘quv materiallarining ko‘rgazmaliligi, aniqliligi m a’lum estetik qiymatga ega. Bolalaming yoshiga, individual xususiyatlariga, kasallik xarakteriga mos keluvchi ko‘rsatm alar, suratlar, xalq hunarm andlari asarlarini namoyish etish mumkin. Aqli zaif bolalarda estetik tarbiya nihoyatda sekin amalga oshadi. H atto yordam chi m aktab birinchi sinfiga kelgan bolalar tevarak-atrofidagi narsalardan muayyan rangni, tovushlarni ajrata olmaydi. Bola sezgi organlari sog‘ bo‘l s a 1 da, uning funksiyalari to ‘g‘ri kechmaydi. Bola quloq soladi-yu, lekin e sh itm a y d i, q a ra y d i-y u , am m o k o ‘rm aydi. Bu b o lala r b ilish faoliyatlarining cheklanganligi oqibatida estetik idrok etishlari ham sekin kechadi. Shu sababli yordam chi maktab ta ’lim ining birinchi kunidan boshlab estetik didni rivojlantirish, idrok etilganlarni tahlil qilish, taqqoslash m alakalarini rivojlantirish talab etiladi.. H atto xonalardagi ranglar ham estetik talablar asosida tanlangan b o lish i darkor. Yordamchi m aktabda bolalarning gavdasini to ‘g‘ri tutishiga, chiroyli yurishiga, o ‘rtoqlari va kattalar bilan osoyishta va to ‘g‘ri gapirishiga, xushmuom alada bo‘lishiga asosiy e ’tibor berish lozim. Rasm, chizm achilik, q o l m ehnati darslari bolalarga go‘zallikni idrok etishni o ‘rgatadi. Bolalar o ‘zlari idrok etgan go‘zallikni rasm, applikatsiya, loy va p la s tilin d a n , y o g ko c h , q o g ‘o z d a n y a sag a n b u y u m la rid a gavdalantiradilar. Aqli zaif bolalarda hissiyot va ichki kechinm alarning sustligi oqibatida ular namoyish etilayotgan suratlardagi voqealarning faqat yuzaki belgilarini idrok etish bilan kifoyalanadilar. Suratlardagi ichki yashirin m a’nolarni anglab yetm aydilar. Estetik tarbiyaning natijasi ijodiy faoliyatda ko‘zga tashlanadi. Ma’lumki, aqli zaif bolalarning tashqi dunyo haqidagi tasavvurlari yuzaki, idrok etishlari noaniq va differensiyalashmagandir. Shu sababli aqli zaif bolalar bilan estetik tarbiyaga oid sinfda, m aktabda, sinfdan, m aktabdan tashqari ish turlari tanlanganda shu xislatlariga e ’tibor berish kerak. Aks holda qilingan ishlar natijasiz qolishi mumkin.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling