Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Dars - 2 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining rivojlanish tarixi


Download 0.94 Mb.
bet2/36
Sana23.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1224437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars - 2
Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining rivojlanish tarixi
Reja: 1. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-intenatlar tashkil qilishi
2.Defektologiya bo’limiga o’z xissasini qoshgan olimlar
3. Oligofrenopedagogika va logopediya fanlarini mustaqil faoliyati
O‘zbekiston aholisining aksariyatini 14 yoshgacha bolgan yoshlar tashkil qiladi. Shular ichidagi imkoniyati cheklangan va alohida yordamga muhtoj bolalaring hammasi hisobda. Imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-intematlar tashkil qilingan. Yosh avlodni har tomonlama soglom kamol toptirish ishi davlatimiz g ‘am xo‘rligi va nazoratida bolib kelayotir. O‘tgan davrda O‘zbekiston Respublikasining defektologiya sohasidagi birinchi olimasi — pedagogika fanlari nomzodi, dotsent S.Sh.Aytmetovadir. Sh.Aytmetova defektologiya fakultetining mustaqil fakultet sifatida tashkil etilishida va dastlabki defektolog mutaxassislarni yetishtirib berishda katta xizmat qildi. 1971-yilda oligofrenopedagog va logoped mutaxassisligining birinchi qaldirg‘ochlari uchirma qilindi. Defektologiya bo‘limida ana shu birinchi qaldirg‘ochlardan bolgan V.S.Rahmonova mutaxassis sifatida, ish boshladi. Keyin shu fakultetning iqtidorli yosh mutaxassislaridan B.Shoumarov, K.Mamedov, P.Polatovalar kafedraga o ‘qituvchilikka qabul qilindi. Kafedraning iqtidorli mutaxassisi G ‘.B.Shoumarov defektologiya fanini rivojlantirishda katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Hozirda pedagogika fanlari doktori, professor G ‘.B.Shoumarov bir necha shogirdlar yetishtirgan. Uning umumiy psixologiya va maxsus psixologiya faniga oid e’tiborga molik tavsiyalari, o ‘quv qoilanmalari va darsliklari mavjud. Olimning «Ming bir savolga ming bir javob» nomli kitobi, «Oila va muhabbat», «Oila etikasi va psixologiyasi» ilmiy-ommabop o ‘quv qoilanm asi, G ‘.Shoumarov, K.Mamedov bilan hammualliflikda yozgan «Rivojlanishi sustlashgan bolalar diagnostikasi» (1998) kabi o‘quv qo‘llanmalari muhim ahamiyat kasb etadi. K.Mamedov ham defektologiya fakultetining ravnaq topishida o‘z hissalarini qo‘shganlardan hisoblanadi. K.Mamedov yordamchi maktab o ‘quvchilari psixologiyasini o ‘qitish uslubiyatini o ‘zbek tilida ishlab chiqdi va oligofrenopsixologiya fanidan bir qator o ‘quv qoilanm alar yozdi. Jumladan, «Aqli zaif o‘quvchilar psixologiyasi», «Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar psixologiyasi», A.Soatov, P.M .Poiatova bilan hammualliflikda «Oligofrenopedagogika asoslari» o ‘quv-metodik qo‘llanmalarini yaratdi. 1974-yili defektologiya bo‘limi ikkita: oligofrenopedagogika va logopediya kafedrasi hamda surdopedagogika va klinika asoslari kafedralariga bo‘lindi. Surdopedagogika va klinika asoslari kafedrasini tibbiyot fanlari doktori M.G.Mirzakarimova boshqardi. M.G.Mirzakarimova eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar (lorpatologiya), aqli zaif bolalar klinikasi va boshqa tibbiyotga oid fanlami o‘zbek tilida talabalarga yetkazishda va respublikamizda defektolog kadrlarni tayyorlashga o ‘z hissalarini qo‘shgan zahmatkash olima ayollardan biridir. Ulardan so‘ng R.M.Qoriyeva boshqargan bu kafedrada ham I.A.Alimova, N .Sh.Bekmurodov, X.M.Gaynutdinov va boshqalar surdopedagogika fanining rivojlanishida dastlabki qadamlarni qo‘yishgan. Oligofrenopedagogika va logopediya kafedrasini pedagogika fanlari nomzodi dotsent A.I.Soatov boshqardi. A.T.Soatov birinchi marta o ‘zbek tilida «Yordamchi maktab o‘quvchilariga matematika o‘qitish metodikasi» o‘quv qoilanmasini yaratgan. 1984-yi!dan defektologiya fakulteti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi. Fakultetni S.Sh.Aytmetova bir yil boshqargan. 1986-yildan fakultetni pedagogika fanlari doktori, professor L.R.Mo‘minova boshqara boshladi. 1988-yil mustaqil defektologiya fakulteti sirtqi bo‘limi tashkil etilib, unga V.S.Rahmonova boshchilik qilgan. L.R.Mo‘minova defektologiya fakultetini boshqargan 1986— 1999- 7 yillar ilmiy sohada eng jadal sur’atlarda rivojlangan davr bo‘ldi. L.R.M o‘minova defektologiya fakultetini boshqarish davrida ikki kafedraning ilmiy salohiyatini oshirishga ulkan hissa qo‘shdi. Shu davrda L.R.M o‘minova yetuk mutaxassislarni yetishtirib chiqishda o‘ziga xos maktab yaratdi. M.Yu.Ayupova, P.M .Po‘latova. H.M .Po'latova, U.Yu.Fayziyeva, N.X.Dadaxo‘jayeva, D.M.Nurkeldiyeva, M.P.Hamidova, Sh.Amirsaidora, Z.Ahmedova, L.Nurmuhamedova, F.A.Mirboboyeva, Ya.Chicherina shunday shogirdlar jumlasidandir. LR.M o‘minova defektologiya faniga oid 100 ga yaqin ilmiy maqolalar, o ‘quv-metodik qo‘llanmalar, metodik tavsiyalar va darsliklar yaratgan. Ayniqsa, maktabgacha tarbiya yoshidagi nutqi to ‘liq rivojlanmagan bolalar nutq nuqsonlarini bartaraf etishga oid o‘zbek tilidagi ilmiy-ommabop o ‘quv qo‘llanmalari, nogiron va alohida yordamga muhtoj bolalarni tarbiyalash borasidagi ota-onalar uchun metodik tavsiyalar muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, «Logopediya» (ham mualliflikda yozilgan) o ‘quv qo‘llanmasi hozirgacha zaruriy o ‘quv qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda. L.R.M o‘minova 1991-yildan defektologiya fakulteti qoshida «Kadrlar tayyorlashning milliy dasturi talablar asosida maxsus pedagogika ta’Iimining o ‘quv-metodik majmuasini ishlab chiqish» mavzuida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi. L.R.M o‘minova maxsus pedagogika aspirantura bo‘limini ochishda va uni rivojlantirishda ham say-harakat qilgan.



Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling