Dars-1 Mavzu: Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi va predmeti Reja


Dars - 6 Mavzu: Surdopedagogika va surdopsixologiya fanining metodlari


Download 0.94 Mb.
bet5/36
Sana23.02.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1224437
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
Dars-1 Mavzu Maxsus pedagogika va psixologiya fanining maqsadi

Dars - 6

Mavzu: Surdopedagogika va surdopsixologiya fanining metodlari

Reja: 1 Surdopedagogikaning metodlari
2. Pedagogik nazorat.
3. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish
Surdopedagogika umumiy pedagogikaning tamoyillari, metodlari, ta’lim berish va tarbiyalash vositalaridan keng foydalanadi. Bu metodlardan eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning tarbiyasi, o ‘qishi va rivojlanishida qo’llaniladi. Hozirgi vaqtda kar va zaif eshituvchilarning ta’limda to‘g‘ri talaffuz qilish, o‘qitishning yanada rivojlanishida surdo texnikaviy asboblardan keng ko’lamli foydalanishni talab qilyapti. Shundan dalolat beradiki, surdopedagogika surdotexnika fani bilan ham uzviy bog‘liqdir. Surdopedagogikaning metodlari eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarni o‘rganish, ularni o ‘qitish jarayonini nisbatan yuqori pog‘onaga ko’larish, shuningdek, ushbu toifa shaxslaming kelgusi hayotda o‘z o ‘rinlarini topishlariga xizmat qiladi. Buning uchun qator metod va yo’llardan foydalaniladi.
Ilmiy adabiyotlarni o‘rganish. Surdopedagogikaning muammolaridan biri maxsus zamonaviy adabiyotlar darslik, metodik to‘plamlar; ilmiy jurnallardagi maqolalar; ilmiy adabiyotlar pedagogika, psixologiya, surdopsixologiya va defektologiyaning boshqa tarmoqlari; maxsus adabiyot defektologiya lug‘ati, pedagogika ensiklopediyasi; mashhur surdopedagoglar faoliyati; surdopedagogik muassasalarning ishlari ma’ruzalar, hisobotlami o ‘rganish va rivojlantirishdir. Surdopedagoglaming adabiyotlar bilan ishlashi eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalami o‘qitish, tarbiyalash, rivojlanish davrlarini o ‘rganishga imkon yaratadi.
Pedagogik nazorat. Pedagogik nazoratni tashkil qilish muayyan maqsad asosida amalga oshiriladi. Jumladan, pedagogik jarayonlarning vazifasi, ish rejasi, nazorat jarayoni aniq va to‘liq qamrab olinadi. Kuzatish maqsadi tajriba to‘plash va ilmiy-pedagogik tahlildir. Kuzatuvchi darsda o ‘quvchilaming darsdagi mavzuni qay darajada qabul qilishini, darsdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlarini kuzatib tahlil qilib boradi. Kuzatishda o ‘quv tarbiyaviy ishlarning natijasi aniqlanadi. Bu natija salbiy yoki ijobiy bo’lishi mumkin. Kuzatuv jarayonida zamonaviy texnik vositalardan foydalanish yaxshi natijalar beradi.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling