Dars ishlanma Маvzu: Proyeksiyalash usullari mavzusida 1-soatlik
Download 24.8 Kb.
|
Dars ishlanma Маvzu Proyeksiyalash usullari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu
- Dars berish metodi
- Yangi mavzuni e’lon qilish
- Darsning borishi. Yangi mavzu bayoni: Proyeksiya
- Qiyshiq burchakli frontal dimetriya.
- Togri burchakli izometrik proyeksiya.
- Darsni mustahkamlash. Proyeksiya deb nimaga aytiladi Frontal dimmetriya va izometriya deb nimaga aytiladi Dars yakuni
8-sinf uchun Dars ishlanma Маvzu: Proyeksiyalash usullari mavzusida 1-soatlik dars ishlanma Bajardi: ________________ Tekshirdi:_________________ Toshkent-2023 Fan: Chizmachilik Sinf: 8 Mavzu: Darsning maqsadi: Darsning jihozlari: doska, bo‘r, chizmachilik asboblari, dars mavzusi yoritilgan plakat-chizma, darslik, geometrik jismlar. Dars berish metodi: Aralash metod. Amaliy ishlash, ko‘rgazmali, aqliy hujum, «ishbilarmon-kommersantlar» o‘yini metodlaridan foydalaniladi. Darsni tashkil etish: o‘quvchilarni tinchlantirib, salomlashish va yo‘qlama. Uyga berilgan topshiriqlarni tanlab, nazorat qilish va uning tahlili. o‘quvchilar yo‘l qo‘ygan kamchilik va xatolarni umumlashtirib, tahlil qilinib, tushuntirib beriladi. 3-4 o‘quvchilarning uy ishlari baholanib, e’lon qilinadi, rag‘batlantiriladi (maqtab qo‘yish, alohida yutuqlarini ko‘rsatib o‘tish). Yangi mavzuni e’lon qilish: Sinfda geometrik jismlar stendi ilib qo‘yilgan. o‘sha stenddagi prizmalar, silindr, konus, piramidalar, shar va yarim shar alohida-alohida nomlari takrorlanib, ko‘rsatib o‘tiladi. O‘quvchilarga: «Shu jismlarning qaysi birining proeksiyasini bajaramiz?» – deb savol tashlanadi va o‘quvchilar e’tiborini maksimal darajada geometrik jismlar stendiga qaratishga erishiladi. O‘quvchilar yordamida birorta jism (misol uchun silindr) tanlanadi. Darslikdan shunga tegishli rasm, tasvir, chizmani topib, uning frontal, gorizontal va profil proeksiyalari qanday tasvirlanganligi so‘raladi. O‘quvchilar javobi: Frontal proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak. Gorizontal proeksiyasi – aylana. Profil proeksiyasi – to‘g‘ri to‘rtburchak. Darsning borishi. Yangi mavzu bayoni: Proyeksiya (lotincha: projectus — oldinga irgʻitilgan) — biror narsaning tekislik (qogʻoz)ga tushirilgan tasviri. Masalan, fazodagi A nuqtani P’ tekisligiga proyeksiyalash uchun proyetsiya markazi S orqali P’ tekislik bilan L nuqtada ke-sishguncha SA toʻgʻri chizigʻi oʻtkaziladi. Aʼ nuqta A ning proyeksiyasi deyiladi. Biror Gʻ shaklning proyeksiyasi uning barcha nuqtalarini proyeksiyalab topiladi. Proyeksiya markazidan oʻtmaydigan toʻgʻri chiziq koʻrinishida proyeksiyalanadi. Hosil qilingan proyeksiya markaziy yoki konus proyeksiya deyiladi. Aksonometrik proyeksiyalar uch oichamli yaqqol tasvir hisoblanadi. Ular x, y, z koordinata o'qlari tizimida hosil bo'lishiga qarab to'g'ri va qiyshiq burchakli turlarga ajraladi. Agar koordinata o'qlari orasidagi burchaklar o'zaro teng bo'lsa, ya'ni jism oichamlari ushbu x, y, z o'qlarga o'zgarmasdan bir xilda tasvirlansa, to'g'ri burchakli aksonometriya deyiladi. Mabodo x, y, z o'qlari orasidagi burchaklardan bittasi qolgan ikkitasiga nisbatan o'zgarib tasvirlangan bo'lsa, ya'ni jism o'lchamlari x, y, z lardan bittasiga o'zgarib (kichiklashib) proyeksiyalansa, qiyshiq burchakli aksonometriya deyiladi. Aksonometriyada koordinata o'qlari x, y, z larga bir xilda (kattalikda) tasvirlanadigan jism sifatida kub olinib, uni qiyshiq, so'ngra to'g'ri burchak ostida aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga proyeksiyalash jarayonini ko'rib chiqamiz. Qiyshiq burchakli frontal dimetriya. Kubning bir tomonini frontal proyeksiyalar tekisligi V ga parallel joylashtirib, aksonometrik proyeksiya tekisligi P ga proyeksiyalanadi (proyeksiyalash jarayoni 27.1-chizma, a da ko'rsatilgan). Bu yerda, proyeksiyalash nurlarini Oy o'q uchun P tekisligiga perpendikular olinsa, Oy o'q P ga nuqta ko'rinishida proyeksiyalanadi. Shunga ko'ra, proyeksiyalash nurlarini Oy uchun P ga ikki marta qisqarib proyeksiyalanadigan 45° burchak ostida qiyshiq olinadi. Shuning uchun ham bu proyeksiya qiyshiq burchakli frontal dir.ietrik proyeksiya deyiladi. Bu proyeksiyani qiyshiq burchakli dimetriya yoki frontal dimetriya deyish ham mumkin. Dimetriya — yunoncha, ikki marta kam o'lchash degan ma'noni beradi. J ism bir tomoni bilan V ga parallel joylashgani uchun ham frontal dimetriya deyiladi. Frontal dimetriyada kubning bir tomoni aksonometriya tekisligi P ga parallel joylashtirilganda, kubning Ftekisligiga parallel yog'i o'zining haqiqiy kattaligida tasvirlanadi. Bu yerda kubning yon tomon qirralari Ox va Oz larga haqiqiy o'lchamida qo'yiladi. Oy o'qqa esa uning teng yarmisi o'lchab qo'yiladi. Shunda kub ikki yog'i bilan kvadrat, boshqa yoqlari parallelogramm shaklida tasvirlanadi (27.1-chizma, b). To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya. Kubni 27.3-chizma, a dagidek aksonometrik proyeksiyalar tekisligi P ga nisbatan bir xil qiyalikda joylashtirib, unga kub uchlari orqali proyeksiyalash nurlarini perpendikular qilib o'tkazilsa, kubning to'g'ri burchakli izometrik proyeksiyasi hosil bo'ladi. To'g'ri burchakli izometrik proyeksiya qisqacha izometriya ham deyiladi. Izometriya yunoncha so'z bo'lib, isos — bir xil (teng) degan ma'noni anglatadi. Darsni mustahkamlash. Proyeksiya deb nimaga aytiladi? Frontal dimmetriya va izometriya deb nimaga aytiladi? Dars yakuni Darsga xulosa yasalib, faol qatnashgan o`quvchilar baholanadi. VI Uyga vazifa Chizma chizib kelish. Download 24.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling