Dars ishlanma: mavzu: Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish


Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki


Download 20.7 Kb.
bet4/6
Sana18.11.2023
Hajmi20.7 Kb.
#1784926
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Dars ishlanma mavzu Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish-fayllar.org

Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg’ulot talaba ( yoki o’quvchi) larni aniq bir muammoni yakka holda (yoki kichik jamoa bo’lib fikrlab hal etish,echimini topish, ko’p fikrlardan keragini tanlash, tanlab olingan fikrlarni ummlashtirish va ular asosida qo’yilgan muammo(yoki mavzu) yuzasidan aniq bir tushuncha hosil qilishga, shuningdek,fikrlarni ma’qullay olishga o’rgatadi.Bu texnologiya talaba (yoki o’quvchi)lar bilan avval yakka holda,so’ngra ularni kichik guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o’tkaziladi.
Texnoligiyaning maqsadi:talaba (yoki o’quvchi)larning erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga,jamoat bo’lib ishlashga,intilishga;fikrlashni jamlab,ularni nazariy va amaliy tushuncha hosil qilishga; jamoaga o’z fikrini o’tkazishga, uni ma’qullashga;qo’yilgan muammoni yechishda va mavzuga umumiy tushuncha berishda o’tilgan mavzulardan egallagan bilimlarini qo’llay olish o’rganish.
Texnologiyaning qo’llanishi: seminar, amaliy va labaratoriya mashg’ulotlarida yakka tartibda (yoki kichik guruhlarga ajratilgan holda) o’tkazish hamda guruh a’zolarini bir necha marotaba joylarini o’zgartirib berilgan vazifalarni bajarishga mo’ljallangan.
3x4 metodi o'quvchi talabalarni erkin fikrlashi, keng doirada turli g'oyalar bera olishi,ta'lim jarayonida yakka ,kichik guruh holda tahlil etib,xulosa chiqara olish tarafiga qaratishdir.
Express-testlar
Express-testlar ma'lum tushunchalar ketma-ketligidan so'ng (1-2 mavzu) shu mavzularda o'quvchilarning o'rgangan bilimlarini nazorat qilish va uni mustahkamlash uchun o'tkazish maqsadga muvofiq. Exspress-testlar adatda shu mavzularga oid 3-4 ta kichik va yengil mashg'ulot topshiriqlardan yoki testlardan iborat bo'ladi. Exspress-testlarni darsnung ichida qisqa vaqtlarda (5-10 min) o'tkazish mumkin. Topshiriqlar ko'p variantli tizimda kartochkalarda tarqatiladi. Bu testni o'tkazishdan asosiy maqsad o'quvchilar DTS minimal talablarini o'zlashtirganliklari tezkor ravishda aniqlab olishdan iborat.

O‘quvchilarning o‘zlashtirganlik darajalarini nazorat qilish va baholash topshiriqlarining namunalari turli xil manbalardan yig‘ilgan bo‘lib, ular haqida ma’lumotga ega bo‘lish va amaliyotda qo‘llash o‘qituvchilar uchun foydadan holi bo‘lmaydi.


Topshiriqlar quyidagi bandlardan iborat bo’lishi mumkin:
1. Bo‘sh qoldirilgan joylarni zarur so‘zlar bilan to‘ldiring
2.To‘g‘ri javobni toping
3. Ikki tasdiqdan to‘g‘risini ajrating
4. Ta’rifdagi (jumladagi) xatoni toping
5. Quyida keltirilgan so‘zlarning ma’nosidan kelib chiqib, mantiqiy juftliklarni tuzing
6.Matematik tushuncha va atamalar talqiniga ko‘ra jumlani davom ettiring
7. Quyida keltirilgan formulalar qaysi matematik tushuncha xossalariga tegishli ekanligiga qarab, jufti-jufti bilan mos guruhlarga ajrating
8. A ustunda berilgan atamaga B ustundagi tegishli talqinni mos qo‘ying
9. Andazaga ko‘ra masala tuzing va uni yeching
10. Sonli yozma ish (diktant)
O‘qituvchi o‘quv taxtasiga bir nechta atamaning nomlarini yozib nomerlab chiqadi. So‘ng esa, bu atamalarning (tushunchalarning) nomini aytmasdan ta’rifini ixtiyoriy tartibda o‘qiydi. O‘quvchilar esa bu atama (tushuncha) qaysi raqam ostida yozilganligini topishlari so‘raladi. Natijada 5, 6, 10, 1, 7, 2, 3, 12, 4, 9, 8 ko‘rinishdagi sonli satrdan iborat javob hosil bo‘ladi. .
11. Biror mavzuga oid masala yoki savol tuzish.


Download 20.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling