Dars ishlanma Sana: Sinf : 7-sinf Fanning nomi: adabiyot Mavzu


Download 125.44 Kb.
Sana05.05.2023
Hajmi125.44 Kb.
#1428217
Bog'liq
7-sinf dars ishlanma


Dars ishlanma

Sana:
Sinf : 7-sinf
Fanning nomi: adabiyot

Mavzu: Abdulla Qodiriy. "Mehrobdan chayon" romanidan boblar. "Muhokama qilamiz" bosqichi topshiriqlari bilan ishlash. Maktub yozish. Loyiha. Edik tur va janrlar.
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy: O`quvchilarni yangi mavzu mazmuni bilan tanishtirish, nazariy bilimlarini shakllantirish.
b) Tarbiyaviy: O`quvchilarda o`z vatanlariga bo`lgan sezimlarini uyg`otish.
v) Rivojlantiruvchi: O`quvchilarda vatanga daxldorlik, uning uchun javobgarlik hamda vatansevarlik tuyg`ularini takomillashirish.

Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 daqiqa.


DARSNING TEXNALOGIK XARITASI




Mashg`ulot bosqichlari

Ajratilgan vaqt


Mashg`ulot mazmuni

Ta`lim metodlari

Ta`lim vositalari



1



Tashkiliy qism

5

Salomlashish, davomatni aniqlab jurnalga qayd etish, sinf tozaligi va o`quvchilarning formasiga e`tibor berish

Tushun
tirish

Eslatmalar


2


O`tilgan mavzuni takrorlash va mustahkam-lash

10

O`tilgan mavzuni takrorlash

Venn diagramma-si”, “So`zlovchi ranglar” metodlari



Chizma va ko`rgazma
lar


3



Yangi mavzuning bayoni

10



Yangi mavzuni bayoni ilovada berilgan




Axboratli
Ma`ruza, jadval, "T chizma" usuli



Darsliklar, ko`rgazma-li qurollar


4


Mustah-kamlash

15

Tezkor so`rov, orqali bilimlarni faollashtiradi So`ngra mashqlar orqali erishiladi



Bahs- munozara
Tilsim oroli” metodi

Doska, ko`rgazma-li qurollar bilan ishlash


5


Yakuniy qism

5

O`quvchilarni qiziqtirgan savollar, savollarga javob beriladi. Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
Dars xulosalanib, uyga vazifa beriladi

Tushun
tirish



Maktab darsligi



DARSNING BORISHI:
I.DARSNI TASHKIL QILISH:
a) salomlashish;
b) davomatni aniqlash;
d) xona tozaligining nazorati.
II.O`TILGAN MAVZUNI QAYTARISH:
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun dastlab "Besh barmoq" metodi qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarga tushuntiriladi: daftarga o‘ng qo‘lning kafti chiziladi. Har bir barmoqqa kim?, nima?, qayer?, qachon? va nima sababdan? degan qismlar yaratiladi. O‘quvchilar "Mehrobdan chayon" asaridagi yuqoridagi savollarga javob bo‘luvchi so‘zlarni yozishadi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun keyingi metod "2, 3, 4, 5 bo‘g‘inli so‘z" deb nomlanadi. Bu metod doskada bajariladi. Doskaga ta‘riflanadigan so‘zlardagi harflar soniga qarab katakchalar chiziladi. O‘quvchilar qaysi so‘z aytilayotganini topib katakchalarga yozishadi.
III.YANGI MAVZU BAYONI
MUHOKAMA QILAMIZ
1. Berilgan boblardan Qo‘qon xonligining so‘nggi yillari haqida qanday tasavvurlarga ega bo‘ldingiz? Xulosalaringizni matn asosida dalillang.
2. Asardagi “chayon” kim? Nega ularni muallif aynan chayonga o‘xshatmoqda? Fikrlaringizni matn asosida izohlashga harakat qiling.
3. Sizningcha, qaysi bob va unga qo‘yilgan sarlavha asarning umumiy g‘oyasini ochishda ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda? Sizda bob nomlarini almashtirish imkoni bo‘lganda, ularga qanday nom bergan bo‘lardingiz? Nega?
4. Bugungi kun yoshlarida Anvar va Ra’noga xos qanday xususiyatlar yetishmaydi deb o‘ylaysiz? Siz ulardan nimalarni o‘rganishni istagan bo‘lardingiz?
JUFT-JUFT BO‘LIB ISHLAYMIZ
“Ikki xil sadoqat” bobidagi Sultonalining Anvarga maktubini yana bir marta o‘qib chiqing. Maktubning yozilish uslubidagi qaysi jihatlar sizning e’tiboringizni tortdi? Anvar nomidan Sultonaliga yoki Ra’no nomidan onasiga maktub yozing. Maktubda Anvar va Ra’noning Toshkentga qochib ketgandan keyingi hayoti va kechinmalarini tasvirlang. Maktubni til xususiyatlari va uslub jihatidan imkon qadar Qodiriy davri tiliga yaqinlashtirishga harakat qiling.
LOYIHA
Guruhlarga bo‘lining. Anvar, Ra’no, Sultonali, Abdurahmon, Xudoyorxon obrazlaridan birini tanlang va uni tahlil qiling. Jadvalni daftaringizda to‘ldiring


EPIK TUR VA JANRLAR HAQIDA BILIB OLAMIZ
Badiiy adabiyot uch asosiy turga bo‘linadi. Har bir tur, o‘z navbatida ko‘plab janrlarni o‘z ichiga oladi.

Download 125.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling