Dars ishlanmalar 6-sinf musiqa darsi uchun interfaol usuldagi dars ishlanmasi Darsning mavzusi


Download 182 Kb.
bet15/16
Sana21.10.2023
Hajmi182 Kb.
#1715003
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Dars ish Lyudvig Van Betxoven

2-boshlovchi: Hozir siz maktabimiz o‘quvchilari ijrosida “Lolacha” laparini tinglaysiz.
O‘g‘il bolalar. Lolacha ishim bir hey lola,
Kissamda kishmishim bor hey lola.
Kishmish bo‘lsa mayliga hey lolayey,
Qiz bolaga ishim bor hey lola.


Qizlar: Tom ustida nelar bor hey lola,
O‘rdak bilan g‘ozlar bor hey lola.
O‘rdak ketib g‘oz qolsin hey lola,
Dushman ketib do‘st qolsin hey lola.


O‘g‘il bolalar: Yugur-yugur man ko‘ray hey lola,
Boshingni gulaga o‘ray hey lolar.
Senga kelgan baloga hey lolayey,
O‘zim ko‘ndalang bo‘lay hey lola.

1-boshlovchi: Endi maktabimizning yuqori sinf o‘quvchilari ijrosida “Qora qosh” laparini tinglang.




O‘g‘il bolalar:
Qoshingni qaro deydilar,
Qora ko‘z ukam yor-yor.
Shirin so‘z ukam yor-yor,
Ko‘rsat qoshingni bir ko‘rayin,
Jonim ukamdey yor-yor.


Qizlar: Qoshimni ko‘rib nima qilasiz,
Siz akajonim yor-yor.
Jon akajon yor-yor,
Qaldirg‘ochning qanotini,
Ko‘rmabmudingiz yor-yor.


O‘g‘il bolalar: Ko‘zingni qaro deydilar,
Qora ko‘z ukam yor-yor.
Shirin so‘z ukam yor-yor,
Ko‘rsat ko‘zingni bir ko‘rayin,
Jonim ukamey yor-yor.


Qizlar: Ko‘zimni ko‘rib nima qilasiz,
Siz akajonim yor-yor,
Jon akajonim yor-yor,
Ohularning ko‘zlarini,
Ko‘rmabmidingiz yor-yor.


O‘g‘il bolalar: Yuzingni qizil deydilar,
Qizil yuz ukam yor-yor,
Shirin so‘z ukam yor-yor,
Ko‘rsat yuzingni bir ko‘rayin,
Jonim ukamey yor-yor.


Qizlar: Yuzimni ko‘rib nima qilasiz,
Siz akajonim yor-yor,
Jon akajonim yor-yor,
Bozordagi shirmoy nonni,
Ko‘rmabmidingiz yor-yor.


1-boshlovchi: Hozir siz maktabimiz cholg‘uchilar ansambli ijrosida “Yallama-yorim” kuyini tinglang.



Download 182 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling