Dars ishlanmalar 6-sinf musiqa darsi uchun interfaol usuldagi dars ishlanmasi Darsning mavzusi
Download 182 Kb.
|
Dars ish Lyudvig Van Betxoven
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- Kelin salom.
1-boshlovchi: O‘g‘il bolalar ijrosida “Ko‘pkari” raqsi tomosha qiling.
2-boshlovchi: Qizlaringda qizg‘aldoqlar gilam to‘shaydi, Maysalarning kuylashadi hayot qo‘shig‘in. Tog‘-toshlaring go‘yoki zargarga o‘xhsaydi, Zarga makon oltinga kon tillo beshigim. 1-boshlovchi: O‘tgan konchi bobolarim izi bor bunda, Cho‘pon o‘tgan momolarim izi bor bunda. Seni jondan sevgan qizing izi bor bunda, Zarga makon, oltinga kon tillo beshigim. 1-boshlovchi: Bahor ayyomida ayniqsa Navro‘zda ko‘pgina xalq o‘yinlarida bolalar zavq-shavq bilan ishtirok etishga harakt qiladilar. Sahna ko‘rinishi: Sahnada 2 qiz bola besh tosh o‘yinini. 2 o‘g‘il bola akkol o‘yinini ya’ni bu o‘yinda 20 sm li cho‘pning ikki tomoni yo‘nilgan bo‘ladi. 60 sm li cho‘p bilan kichik cho‘pning chekkasidan uriladi, natijada cho‘p havoga ko‘tariladi. Shu paytda katta tayoq bilan kichik tayoqchani yana uradi va uzoqqa uloqtiriladi. 2 qiz bola galma galdan ipda uchishadi. 4 - 5 tadan 2 guruhga bo‘lingan o‘g‘il-qiz bolalar arqon tortish musobaqasini bajaradilar. 3 - 4 ta qiz bolalar esa piyolani teskari to‘nkarib o‘sma siqib. Qoshlariga qo‘yadilar. 2 bola kurashga tushadilar. Danak o‘yinida 2 bola qo‘liga danak solib mushtini yumadi, o‘rtog‘i esa danak sonini topsa, hamma danakni oladi. O‘rtaga kirari o‘yinida 2 bola 2 tomonga o‘tiradi. O‘rtaga 1 kishi kiradi. 2 kishi o‘rtaga tushgan bolani to‘p bilan urishi kerak bo‘ladi. To‘p tegsa mag‘lub hisoblanadi. 1-boshlovchi: O‘zga xalqlarning ham qo‘shiqlari bor, Tilaklar gullagan qo‘shiqlarida. Oltinun kumushdan beshiklari bor, Go‘daklar uxlaydi beshiklarida. Ulardan qadrli ona qo‘shig‘i, Dunyoda arzirli bola beshigi. 2-boshlovchi: Maqsadlar azaldan erur mushtarak, Bu birlik birdamlik va do‘stlik demak. Xalqim o‘ylagani eng ezgu tilak, Senga fido bo‘lsin bu aziz jonim, Mustaqil diyorim O‘zbekistonim. Hozir maktabimiz o‘quvchilari ijrosida xalqimiz orasida an’ana bo‘lib kelayotgan “Kelin salom” ni e’tiboringizga havola qilamiz. Sahnada 3 ta qiz bola milliy kiyimlarda kiyingan go‘zal kelinchakni davraga chiqarib kelin salom ijro etadilar. Har bir salom aytilganda kelin davradagilarga ta’zim salom beradi. Kelin salom. Avval sizdan boshlaylik, Guldastalar tashlaylik. Salom salom yor-yor, Kelin salom yor-yor, Qabul aylang avval xudo, Sizga salom yor-yor. Kelin salom yor-yor, Mehmonlarni xush ko‘rgan, Mehmonxona bo‘sh degan, Salom salom yor-yor, Kelin salom yor-yor, Qabul aylang qaynotasi, Sizga salom yor-yor, Kelin salom yor-yor, To‘y qilay deb shoshilgan, Sarpolarni ko‘p qilgan, Salom salom yor-yor, Kelin salom yor-yor, Qabul aylang qaynonasi, Sizga salom yor-yor, Kelin salom yor-yor, Devor osha qaragan, To‘y qachon deb so‘ragan Salom-salom yor-yor, Kelin salom yor-yor, Qabul aylang qo‘shnijonlar, Sizga salom yor-yor, Kelin salom yor-yor. Download 182 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling