Qadimgi Xitoyda 28 yoshli Chen ismli yigit 25 yoshli Yuan ismli qiz bilan turmush qurdi. Lekin Yuan ahloqsiz bo’lib chiqdi. U qaynonasi, eri va qo’shnilari bilan doimo janjallashar edi
Download 40.53 Kb.
|
Хукук тарихи
Qadimgi Xitoyda 28 yoshli Chen ismli yigit 25 yoshli Yuan ismli qiz bilan turmush qurdi. Lekin Yuan ahloqsiz bo’lib chiqdi. U qaynonasi, eri va qo’shnilari bilan doimo janjallashar edi. Qaynotasi vafot etganiga ko’p bo’lmasa ham motam libosini kiymay, oilaviy urf-odatlarni mensimas edi.Shu sababli Chen u bilan ajrashishga qaror qildi. Biroq Yuan eri bilan ajrashmasligini aytib sudga da’vo qildi. Vaziyatga huquqiy baho bering. Ushbu holatni qadimgi Xitoy qonunlari asosida hal qiling. Qadimgi Xitoy huquqiy tizimining muhim xususiyatlaridan biri shunda ediki, bu yerda huquqning shakllanishida ikkita bir-biriga qaramaqarshi falsafiy diniy-huquqiy ta’limot - konfutsiylik va legizm o'rtasidagi g'oyaviy kurash juda katta ahamiyatga ega bo'lgan. Bizga berilgan muamoli vaziyatga yechim topishda, avvalo, quyidagi bir qator savollarga javob berib ko’rsak: Eng qadimgi davrda Xitoy Qadimgi Xitoyda huquq Qadimgi Xitoyda mulk, nikoh-oila va meros, jinoyat va jazo huquqlari Eng qadimgi Xitoyda matriarxat hukmron bo'lgan. Urug' hisobiona yo'li bilan olib borilgan. Qabila oqsoqolining hokimiyati otadano'g'ilga emas, balki otadan ukaga o'tgan. Miloddan avvalgi II ming yillik ona huquqining asta-sekin otaga o'tish zamoni bo'lgan, lekin bu o'tish turli qabilalaming hammasida bir vaqtda bo'lmagan, turli qabilalar oldin-ketin o'tgan va matriarxat qoldiqlari xiyla Uzoq vaqt saqlanib qolgan. Eng qadimgi Xitoy qabilalaridan miloddan avvalgi II ming yillik boshlarida Xuanxe qirg'oqlariga shimoldan ko'chib kelgan Shan qabilasi ayniqsa kuchayib ketgan. Bu qabila boshqa qabilalarni (shu jumladan, Sya qabilasini ham) o'ziga bo'ysundirib, Xuanxe daryosi havzasining ko'p qismini egallab olgan. Shunday qilib, Xitoyga janubi-Sharqdan, ayniqsa shimoldan xilma xil urug'lar va qabilalar kirib joylashgan. Miloddan avvalgi V-III ming yilliklarga kelib Xuanxe daryosining o'rta oqimida dastlabki dehqonchilik vujudga kelib, aholi daryo bo'yidagi kichik-kichik qishloqlarda yashagan. Sekin-asta dehqonchilikdan chorvachilik, hunarmandchilik ajralib chiqqan. Chorvachilik Xitoyning g'arbiy viloyatlarida, xususan, Tibet yassi tog'ligida ayniqsa ko'p tarqalgan. Shunday qilib, dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiqning rivojlanishi aholi orasida mulkiy tengsizlik va tabaqalanishga olib kelgan. Bu hoi Sharqiy Xitoyda dastlabki davlatlarning vujudga kelishi uchun imkoniyat yaratgan1. Qadimgi Xitoy davlati tarixini quyidagicha to'rt: 1) Qadimgi Xitoy davlatining tashkil topishi - Shan (In) davlati (miloddan avvalgi XVIII-XII asrlar); 2) Chjou davlati (miloddan avvalgi XI-III asrlar); 3) Sin podsholigi (miloddan avvalgi 221-207 yillar); 4) Xan podsholigi (miloddan avvalgi 206 yildan milodning 220 yiligacha) davrlariga bo'lib o'rganiladi. So'nggi davr quldorlik davlatining feodal davlatga o'sib o'tishi bilan xarakterlanadi. Qadimgi Xitoydaumuman huquqning rivojlanishida, xususan, uning g'oyaviy asoslari, tamoyillariva institutlarini, shuningdek huquqni qo'llash mexanizmini, xitoyliklar tomonidan an’anaviy huquqni tushunishlarining rivojlanishida konfutsiylikning axloqiy-siyosiy, diniy aqidalari va legizmning siyosiy huquqiy konsepsiyasi hal qiluvchi omil bo'lgan. Qadimgi Xitoy falsafiy-siyosiy maktabining ushbu ikki umumiy belgisiulaming siyosiy maqsadga qaratilganligida, xitoy jamiyati hayotining "oqillik", "adolatlilik" asoslarida tashkil etishga qaratilganligida bo'lgan. Lekin ularning har ikkisi "oqil", "adolatli" jamiyat tushunchalarini har xil tushunganlar. Bu esa ular o'rtasidagi oxir oqibatda kelishuvchilik bilan tugagan keskin kurashni keltirib chiqargan. Download 40.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling