Qadimgi Xitoyda 28 yoshli Chen ismli yigit 25 yoshli Yuan ismli qiz bilan turmush qurdi. Lekin Yuan ahloqsiz bo’lib chiqdi. U qaynonasi, eri va qo’shnilari bilan doimo janjallashar edi


Download 40.53 Kb.
bet3/6
Sana19.06.2023
Hajmi40.53 Kb.
#1618697
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Хукук тарихи

Xitoy an’anaviy huquqida xususiy huquq me’yorlari mustaqil rivojlanmagan. Lekin shunga qaramay Chjou davrining oxirlaridan boshlab (miloddan avvalgi IV-III asrlarda) "yu" fe’li "mulkka ega bo'lish" degan ma’noni bildirgan. Shan (In) va g'arbiy Chjou davrida yerlar podsho (van)ning mulki hisoblangan. Podshodan mukofot, in’om tariqasida yer olganlar undan faqat foydalanish huquqiga ega bo'lganlar. g'arbiy Chjou davrida egalikdagi yerlaming xususiy mulkka aylanishi tendensiyasi sezila boshlangan.
Miloddan avvalgi I asr o'rtalaridan qator podsholiklar yer olish-sotish haqida bitimlar tuza boshlaganlar. Yerlar sotiladigan va sotib olinadigan, mayda uchastkalarga bo'linadigan yoki ayrim shaxslar qo'lida to'planadigan bo'lgan. Lekin yerdan foydalanish xususiy bo'ladimi yoki jamoa asosida bo'ladimi, unga egalik qay tarzda bo'lishidan qat’i nazar, yer baribir davlatniki bo'lgan. Yer undan foydalanuvchilarga – vaqtincha egalik qilib turuvchilarga to'liq xususiy mulk bo'lib o'tmagan. Sin davriga kelib yerlami qayta taqsimlash va uning yangi zodagonlar qo'liga o'tishi hisobiga xususiy mulkka asoslangan yer egaliklari jadal rivojlangan5.
Qadimgi Xitoyda yerlar bilan birga mulk huquqining muhim ob’yekti qullar bo'lgan. Shan (In) davrida qullar chorvaga tenglashtirilgan.
Ular davlat mulki hisoblangan, qullar garchi xususiy shaxslar egaligida bo'lsada, hali ulami olish-sotish bo'lmagan. Chjou davrida esa qul ayirboshlash, olish-sotish mumkin edi. Miloddan avvalgi V-III asrlarda ikki toifadagi qullar: davlat qullari va xususiy qullar mavjud edi. Bu vaqtda xususiy qul egaligi tobora katta ahamiyat kasb etgan. Ayniqsa Sin davrida qul savdosi juda keng tarqalgan. Milodning I asrida imperator Udi barcha davlat qullarini ozod qilish haqida yorliq chiqargan.
Xitoyning qator viloyatlarida ochlik tufayli o'zini qullikka sotganlar va majburan qulga aylantirilganlar, shuningdek, zo'rlab sotilgan ayollar ozod qilingan.
Qadimgi Xitoyda qishloq jamoasi tez yemirila boshlagan bo'lsada, miloddan avvalgi I asrda jamoa hali o'z yer egaligini saqlab qolgan, yer bilan bog'liq shartnoma munosabatlarida ishtirok etgan.
Xitoyda eng qadimgi vaqtlardan boshlab dehqonchilikning rivojlanishini rag'batlantirish maqsadlarida har kimda egasiz va tashlandiq yerlami egallash huquqi mavjud bo'lgan. Ma’lum muddat o'tganidan so'ng bunday yerlar ularni ishlovchilarining xususiy mulki sifatida kadastrga yozib qo'yilgan.
Shunday qilib, qadimgi Xitoyda yerga nisbatan davlat, jamoa va xususiy mulkchilik shakllari mavjud bo'lib, vaqt o'tishi bilan mulkka egalikning oxirgi shakli tobora rivojlanib borgan. Majburiyatlar Qadimgi Xitoyda majburiyatlaming shartnomalardan kelib chiqadigan turi keng tarqalgan. Huquqiy
manbalarda shartnomalarning xilma-xil turlari eslab o'tilgan. Dastlabki shartnomalardan biri ayirboshlash bo'lib, u asta-sekin o'z o'mini oldisotdi shartnomasiga bo'shatib borgan. Yemi olish-sotish bilan bog'liq shartnomalar keng tarqalgan. Manbalaming xabar berishicha, milodning I asrida ayollar va davlat qullari ham yerlami olish-sotish shartnomasini tuzishlari mumkin bo'lgan. Hadya shartnomasi ham juda ko'p uchraydigan shartnomalardan edi. Yerlami, qullarni, aravalami, qurol-yarog' va boshqa mulklami hadya qilish tez-tez bo'lib turadigan hodisa edi. Chjango davrida qarz shartnomasi bo'lganligi ma’lum, sudxo'rlik rivojlangan. Qarz shartnomasi qarzdorlik tilxati bilan rasmiylashtirilgan. To'lov muddatini kechiktirish, garovga qo'yish, yozma majburiyatlar berish hollari
ham ma’lum. Qarz shartnomasining rivojlanishi qarzdorlik qulchiligining paydo bo'lishiga olib kelgan. Miloddan avvalgi V-III asrlarda yemi ijaraga berish shartnomasi ayniqsa tez-tez tug'ilib turgan. Bundan keying vaqtlarda shuningdek shaxsiy ijara shartnomasi keng tarqalgan edi. Ulaming shartlari asosan odat huquqi bilan tartibga solingan. Nikoh oila Qadimgi Xitoyda oila patriarxal xarakterga ega bo'lgan. Katta oilaviy aloqalar mustahkamligi bilan meros ajralib turgan. Katta oila tepasida oiladagi eng katta erkak turgan. Unga oilaning barcha a’zolari: xotinlar va jazmanlar, o'g'illar va nabiralar, ulaming xotinlari va bolalari, qullar va xizmatchilar bo'ysunganlar6.
Oila boshlig'i uning mutlaq hukmdori, mulkining xo'jayini sifatida maydonga chiqqan. U itoatsiz oila a’zolarini jazolash huquqiga ega edi. Yerga nisbatan xususiy mulkchilikning rivojlanishi bilan katta oilaviy aloqalar zaiflasha boshlagan. Bu jarayon legistlar siyosati bilan tezlashtirilgan. Miloddan avvalgi 356-350 yillarda Shan Yan kuchli markazlashgan hokimiyat tashkil etish yo'lida to'siq hisoblangan nufuzli katta oilalaming, oilaviy urug'-aymoqlaming ajralib chiqishlariga qarshi kurashib, ulami majburiy suratda bo'lib yuborishga karatilgan siyosat yurgizgan. Biroq katta oila ijtimoiy-xo'jalik yacheykasi sifatida keying asrlarda ham saqlanib qolgan. Nikoh-oila huquqi asoslari konfutsiylik ta’limoti asosiga qurilgan edi. Nikoh tuzish uchun qator shartlarga rioya etish talab qilingan. Nikoh tomonlarning ota-onasi yoki kuyovning o'zi tomonidan tuzilgan va xususiy bitim sifatida rasmiylashtirilgan.
U buzilgan taqdirda nafaqat moddiy javobgarlik kelib chiqqan, balki oilada kattalarga nisbatan jinoyat tartibida jazo berilishiga ham sabab bo'lgan. Dastlabki paytlarda Xitoyda (Shan (In) davrida) qarindoshlar o'rtasidagi nikohga yo'l qo'yilgan edi. Lekin keyinchalik bu taqiqlangan va hatto bilmay qarindosh oilalar aralashib ketmasligi uchun kelin va kuyov bitta familiyada bo'lmasliklari lozim bo'lgan. Xitoy jamiyatida oilaviy familiyalaming kamligi bu keskin qoidaga ma’lum istisno qilinishini belgilagan.
Masalan, "ikkinchi darajali xotin" sotib olishda bir xil familiyada bo'lishlik to'sqinlik qilmagan (Li szi, I kitob). Li szining V kitobida nikoh yoshining o'ziga xos quyi va yuqori chegarasi: erkaklar uchun 16 yoshdan 30 yoshgacha, ayollar uchun 14 yoshdan 20 yoshgacha qilib belgilangan. Bunga amal qilinishini davlat ham nazorat qilib turgan. Shu maqsadda Chjou li (XI kitob)ning xabar berishicha, maxsus chinovnik nikoh yoshining eng oxirgi chegarasiga yetib kelgan erkaklar va ayollaming ro'yxatini tuzgan. Qoidaga ko'ra, 30 yoshga to'lgan bo'ydoq erkaklar 20 yoshga to'lgan qizlami xotinlikka olishlari lozim bo'lgan. Oilaviy munosabatlarda xotinining erga nisbatan sadoqatli, vafodor bo'lishligi qattiq talab qilingan. "Bir xotinga bir er" degan tamoyil o'matilgan edi. Lekin er "ikkinchi darajali" xotinlarga va jazmanlarga (ayniqsa xotini tug'maydigan bo'lsa) ega bo'lishi mumkin edi. Ularning nechtagacha bo'lishi mumkinligi erkak kishining ijtimoiy holatiga qarab
belgilangan (Li szi, XIV kitob; Chjou li, VII kitob). Nikoh tuzishga to'sqinlik qiladigan qator sabablar sanab ko'rsatilgan. Xotin eri o'lganda yangi nikohga kirishi uchun ma’lum motam muddati o'tishini kutishi lozim. Xuddi shuningdek beva hotin sobiq erining ota-onalari vafot etganda ham yuqoridagi tartibga amal qilishga majbur bo'lgan. Jinoyat sodir qilgan shaxslar bilan nikohga kirish taqiqlangan. Yuqori tabaqadagilarning past tabaqadagilar bilan nikohga kirishi man etilib, buning uchun jinoiy javobgarlik o'matilgan. Ayniqsa, erkin kishilarning qullar bilan nikohga kirishi qat’iy taqiqlangan. Erkin kishi qul ayolni xotinlikka olsa, o'g'ri sifatida jazolangan.
Qadimgi Xitoy an’anaviy huquqida nikohni bekor qilish uchun qattiq cheklashlar o'matilmagan7.
Unda "er-xotinlik burchini buzganlik uchun" hatto jinoiy javobgarlik nazarda tutilib, arzimagan holatlarda nikohni bekor qilish mumkin bo'lgan. Haqorat qilish, urish, tan jarohati yetkazish va boshqa yo'llar bilan er-xotinning bir-biriga va qarindoshlariga zarar yetkazishi "er-xotinlik burchini buzganlik" sifatida qaralgan. Nikohni bekor qilishni faqat er-xotin emas, balki ularning oila a’zolari ham talab qilishi mumkin edi. "Li"da eming tashabbusi bilan nikohni bekor qilishga asos bo'lgan qator holatlar sanab o'tilgan. Bunga ko'ra, agar xotin "avlodlaming umidini oqlamasa”, qaynona va qaynotaga quloq solmasa, naslsiz, suyuqoyoq, hasadgo'y, vaysaqi, og'ir kasal bo'lsa, shuningdek, oila mulkidan o'g'rilikcha foydalansa, er jazo berish bilan qo'rqitib nikohni bekor qilishi mumkin edi. Xotinning nikohni bekor qilish huquqi juda cheklangan. Qoida bo'yicha, xotin eri bilan "yerdagi hayotda ham va narigi dunyoda ham" birga qolishi lozim (Li szi, XI kitob). Xotinning ikki marta turmush qurishi amalda mumkin emas edi. Biroq er ham asossiz nikohni bekor qilishni talab qilsa, katorga ishlariga mahkum etilgan.
Agar xotinning boradigan joyi bo'lmasa yoki erining ota-onasining motam marosimlari o'tayotgan bo'lsa, er nikohni bekor qila olmagan. Bundan tashqari, xotin tomonidan og'ir jinoyatlar va xiyonatdan boshqa har qanday huquqbuzarliklar sodir etilganda, er uni kafillikka olishi lozim bo'lgan. Oilada ota nafaqat xotin ustidan, balki uning boshqa a’zolari, jumladan, bolalar ustidan ham hukmronlik qilgan. Ota katta o'g'lidan tashqari boshqa farzandlarini sotishi mumkin edi. Katta o'g'il oilada boshqa bolalarga nisbatan qator imtiyozlardan foydalangan. Xitoyda ota, ona, otasi bo'yicha buva va buvi tomonidan o'g'ilni, nabirani, kelinni urishkaltaklash oqibatida ularning o'limiga sabab bo'lsa, hech qanday jazo chorasi nazarda tutilmagan.
Bu tartib Xitoyda to XIX asrgacha saqlanib qolgan. Oila a’zolari, ayniqsa, ayollar zimmasiga vafot etgan qarindoshlari uchun ma’lum muddat motam liboslarini kiyib yurish majburiyati yuklangan. Bunga amal qilmaslik "oilaviy" jinoyat hisoblangan. Katta oiladan ruxsatsiz alohida ajralib chiqishga harakat qilgan yoki oila mulkini ruxsatsiz o'ziniki qilib olgan o'g'illar, nabiralar ham jazolanganlar. Oilada qarindoshchilik aloqalari, katta yoki kichik yoshda bo'lishlik "oilaviy" va boshqa jinoyatlar uchun beriladigan jazoning og'ir-yengilligiga ta’sir qilgan. Masalan, otaning o'g'il mulkini o'g'irlashi jinoyat hisoblanmagan, ammo oilaning kattasi hatto jinoyat qilganda ham buni oila a’zolaridan biri birovga xabar bersa, qattiq jazoga tortilgan.

Download 40.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling