Dars ishlanmalari
Download 0.97 Mb.
|
6-sinf 4-chorak ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- O’ZBEKISTON RES’UBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI №31
- -SINF O’QUVCHILARI UCHUN YOZGAN DARS ISHLANMALARI IV-CHORAK
- MAVZU:YASSI VA SFERIK KOZGULAR. MASALA Y ЕС HIS Н
- Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi
- Asosiy tushuncha va atamalar
- Dars bosqichlari
- 1. Yassi kozguda buyum va tasvir oraligi 50 sm ga teng. Buyumni
- Berilgan Yechilishi
O’ZBEKISTON RES’UBLIKASI XALQ TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI №31-AYRIM FANLAR CHUQUR O’RGANILADIGAN DAVLAT IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI fizika fani o’qituvchisi SOBIROV AVAZBEK ANVAROVICHning 6-SINF O’QUVCHILARI UCHUN YOZGAN DARS ISHLANMALARI IV-CHORAK Marhamat-2015 y “Tasdiqlayman” O’IBDO’_____R.Egamov “___”_______201__ yil
MAVZU:YASSI VA SFERIK KO'ZGULAR. MASALA YЕСHISН
― o'quvchilarga turli sirtlardan yorug'likning qaytishini ko'rsatish; ― ko'zgular haqida ma'lumotlar berish va ulardan amalda foydalanishni o'rgatish. Tаrbiyaviy mаqsаd. O’quvchilаrga jismoniy tarbiyani, inson xavfsizligini ta’minlash choralarini o’rgatib, ularda onglilikni tarbiyalash, o’quvchilarni Vatan himoyachilari qilib tarbiyalashda kasbga yo’naltirish. Rivоjlаntiruvchi mаqsаd: O’quvchilаrdа ilmiy dalillarni tahlil va sintez qilib xulosa chiqara olish qobiliyatini rivojlantirish. Ilmiy dunyoqаrаshni shаkllаntirish, o’quvchilarda texnikaga bo’lgan havas va qiziqishlarini yuksaltirish. Mustaqil bilim olish qobiliyatini rivojlantirish. Masala yechish malakasini qaror toptirish. Fаnlаrаrо аlоqаdоrligi: Mаtеmаtikа fаni bilаn fаnlаrаrо аlоqаni аmаlgа оshirish. Dars materiallari: l. Fizika darsligi. 2. Turli ko'zgular. 3. Ko'zgularda tasvir yasash bo'yicha plakatlar.
Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi: Ko'zgulardan yorug'lik qaytishi va ularda tasvir yasash fizikani geometriya bilan uzviy bog'laydi. Shunga ko’ra, o’quvchilardan to'g'ri chiziq, parallel to'g'ri chiziq, burchak, nuqta, nur kabi tushunchalarni takrorlab so'raladi va mavzuga zamin hozirlanadi. Mavzuda tushunish qiyin bolgan tushunchalar mavhum fokus, mavhum tasvir hisoblanadi. Unga e'tibor qaratiladi. Ko'zgularda tasvir yasash qoidalari yaxshi o’rgatilsa, keyinchalik linzalarda tasvir yasash mavzusini o'rganishda, qoidalarni qo'llashda qiyinchilik sezmaydilar. Sferik ko'zgular mavzusi geometrik nuqtayi nazardan qiyinroq bo'lganligidan hamma o'quvchilarning ham shu mavzuni to'liq o'zlashtirishlari shart emas. Tasvir asosan ikkita nur yordamida yasaladi. Uni eslab qolish qiyin emas. Biri bosh optik o’qqa parallel, ikkinchisi esa fokusga yo'naltiriladi. Bu nurlar ko'zgudan qaytib tasvir hosil qilinadi. Ko'zgu fokusi F, tasvirdan ko'zgugacha bo'lgan masofa f va buyumdan ko'zgugacha bo'lgan masofa d orasidagi munosabat keltirib chiqarilmasdan yoziladi
1. Yassi ko'zguda buyum va tasvir oralig'i 50 sm ga teng. Buyumni ko'zguga 10 sm ga yaqinlashtirilsa, tasvir ko'zgudan qancha masofada bo'ladi?
Ko'zguga qaramagan odam bo'lmasa kerak. Unga qarab nimani ko'ramiz? Ko'zguda biz o'z aksimizni va atrofimizdagi buyumlarni ko'ramiz. Ko'zgudagi tasvir o'lchamlari, buyumlar o'lchamlari bilan bir xil bo'ladi. Ko'zguga yaqinlashsak, tasvir ham yaqinlashadi, uzoqlashsak, tasvir ham uzoqlashadi. Demak, tasvir ko'zguning yuzida emas, balki ichkarisida hosil bo'ladi. Buning sababi nimada? Bir tomoni kumush bilan qoplangan shisha plastinaga ko'zgu deyiladi. Narsa, buyumlardan qaytgan yorug'lik ko'zguga tushadi va uning kumushlangan qatlamidan qaytadi. Yorug'likning qaytish qonunidan foydalanib, yassi ko'zguda tasvir hosil qilishni ko'raylik (1-rasm). Tasvir hosil qilish uchun buyumdan ikkita nurni ko'zguga yo'naltiriladi. Bu nurlar ko'zgu yuzasidan qaytish qonuniga rioya qilib qaytadi. Qaytgan nurlarni teskari tomonga davom ettirilsa, buyum tasviri ko'zgu orqasida hosil bo'ladi. Agar tasvirdan ko'zgugacha va ko’zgudan buyumgacha bo'lgan masofalar o'lchansa, ular teng bo'lib chiqadi.
Ko'zgudagi aksimizga qarab unga o'ng qo'limizni uzatsak, aksimiz chap qo'lini uzatadi. Demak, yassi ko'zguda chap tomon bilan o'ng tomonning o'rni almashinib ko'rinadi. Ko'zgudagi buyum o'zidan nur chiqarmaydi. Shu sababli tasvirni mavhum tasvir deyiladi. Shunday qilib, buyumning yassi ko'zgudagi tasviri mavhum, to'g'ri, o’lchamlari buyum o'lchamlariga teng, buyum ko'zgudan qancha masofada bo'lsa, ko'zgu orqasida shunday masofada va chap tomoni o'ng tomoni bilan almashinib ko'rinadi. Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling