Dars ishlanmalari
Mavzu: Masalalar yechish. Kuzatish va tajribalar o’tkazish
Download 0.97 Mb.
|
6-sinf 4-chorak ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- B е r i l g a n : 24/s = 150 km t = 3 so а t
- Y е c h i l i s h i
- 2. Yangi qazilgan kanaldagi suv bir tekisda oqmoqda . Suvning oqish tezligi Suvga tashlangan kichik
- Zaruriy jihozlar
- Savollarga javob bering.
Mavzu: Masalalar yechish. Kuzatish va tajribalar o’tkazish. Masala yechish namunalari. 1. Elektr poyezdi Yangiyer shahridan Toshkentga 3 soatda yetib keldi. Agar shaharlar orasidagi masofa taxminan 150 km bo'lsa, poyezdning o'rtacha tezligini toping.
2. Yangi qazilgan kanaldagi suv bir tekisda oqmoqda. Suvning oqish tezligi Suvga tashlangan kichik cho`p 20 sеkundda qancha masofaga boradi?
TOVUSHNING MUHITDA TARQALISHINI KUZATISH NAZARIY QISM Tovushning tarqalishini o'rganish uchun 1660-yilda Robert Boyl shunday tajriba o'tkazgan. Shisha qalpoq ostiga soatni qo'ygan. Bunda soatning chiqillab yurgan ovozi bemalol eshitilib turgan. Shundan so'ng qalpoq ichidagi havoni so'rib ola boshlagan. Soatning chiqillagan ovozi pasayib, oxirida butunlay eshitilmay qolgan. Demak, tovush tarqalishi uchun muhit kerak ekan. Vakuumda tebranishni tarqatuvchi hech narsa yo'q. Umuman, tovush qanday tarqaladi? Kamerton shoxchasi tebranganda uning yonidagi havoda zichlashish va siyraklashish hosil bo'ladi. So'ngra zichlashish va siyraklashish havo zarrachalari orqali atrofga tarqaladi. Tovushning 20° C dagi tezligi 343 m/s yoki 1235 km/soat ga teng. Bu miltiq o'qining tezligidan taxminan ikki barobar kam. Tovushning tezligi havo temperaturasi ko'tarilishi bilan ortadi. Tovush tezligi 10° C da 337,3 m/s, 0° C da 331,5 m/s, 30° C da 348,9 m/s va 50° C da 360,3 m/s ga teng. Turli gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlar uchun 0єC dagi tovush tezligi 146-betdagi jadvalda keltirilgan. Biz bu tajribada tovush to’lqinlari faqat muhitda tarqalishini ko’ramiz, buning uchun quyidagi qurilmadan foydalanamiz. Shisha qalpoq ostiga radio priyomnikni yoqib qo’yamiz va uning qarshisiga mikrofonni qo’yamiz. Mikrofonni kuchaytirgichga ulab qo’yamiz, qalpoq ichida havo borligida tovush kuchaytirgich karnayidan eshitilib turadi, qalpoq ostidan havoni so’rib olishimiz bilan tovush pasayib boradi va nihoyat tovush umuman eshitilmay qoladi. Shu bilan biz tovush faqat muhitda tarqalishini ko’ramiz. AMALIY QISM
1. Idishning ichiga radiopriyomnikni yoqig’ holicha va mikrofonni joylashtirib uning qopqog’ini yoping. 2. Mikrofonning chiqishini kuchaytirgichga ulab uni yoqing. 3. Idishning tirqishiga vakuum-nasosning shlankasini ulang. 4. Kuchaytirgich karnaylarida radiopryomnikdan yanrayotgan tarona yangrab turibdi, endi vakuum-nasosni ishga tushiring, idish ichida havoning kamayishini uning bosimini kamayishidan baholang, uni manometr ko’rsatib turibdi. Bosimning tushishi ya’ni havoning kamayishi bilan kuchaytirgich karnaylaridagi tovush qattiqligi ham pasayib boradi. 5. Bu tajribani bir necha bor takrorlab ko’ring. Savollarga javob bering. 1. Nima uchun tovush vakuumda tarqalmaydi? 2. Tovush qattiqligi va balandligi nima? 3. Nima uchun tovush havodan ko’ra suyuqlikda tezroq tarqaladi? Download 0.97 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling