Dars ishlanmalari
Download 0.99 Mb.
|
8-sinf-4-chorak-fizika-konspekt-
1. Tuzilishi. Istagan elektromagnit rele o'zaro aloqador bo'lgan ikki qismdan iborat. Birinchi qism qo'zg'almas elektromagnit 1 va harakatlanuvchi yakor 2 dan iboratdir (89- a rasm). Elektromagnit chulg'amidan tok o'tmaguncha, yakor A holatda bo'ladi. Chulg'amdan tok o'tganda yakor B vaziyatni egallaydi. Tok to'xtagandan so'ng yakor C prujina ta'sirida A holatga qaytadi. (89- b rasmda yakorning ko'chish oralig'i atayin katta qilib ko'rsatilgan. Aslida u bunchalik katta emas). Elektromagnitning g'altagi odatda qisqa bo'lib, o'ramlari soni juda ko'pdir (ba'zan o'ramlar soni bir necha mingga yetadi). Elektromagnit relening ikkinchi qismi uning kontaktlaridir. Eng sodda holda kontaktlar uchta elastik plastinalardan iborat bo'lib, ularning ikkitasi izolyatsiyalangan asosda qo'zg'almas qilib mahkamlangan, uchinchisi esa izolyator orqali elektromagnitning yakori bilan ulanadi. Elastik plastinalarning uchlariga yomon oksidlanadigan moddalardan (volfram, kumush, maxsus qotishmalar) do'mboq uchliklar kavsharlanadi. Bir juft kontaktni me'yorda ulangan (89-d rasmdagi 3-4 kontaktlar). ikkinchi juft kontaktni esa (89-d rasmdagi 3 - 5 kontaktlar) me'yorida ajralgan kontaktlar deyiladi. Odatda ular kontakt guruhiga birlashtiriladi. Elektromagnit va kontakt guruhi shunday birlashtiriladiki, yakor elektromagnitga tortilganda bir juft kontakt ulanadi, ikkinchi juft esa uziladi. Elektrotexnik sxemalarda rele va kontaktlar quyidagi tarzda belgilanadi: 2. Ishlash prinsipi. Elektromagnit relening ishalsh prinsipini quyidagi sodda misolda qarab chiqish qulaydir. Faraz qilaylik, yong'in haqida xabar berish va undan himolanish uchun qorong'i omborxonada bir nechta fotoelement o'rnatilgan bo'lib, ular elektromagnit rele chulg'ami bilan ulangan. Rele signal beruvchi sirena va maxsus yong'in o'chirish nasoslari zanjiriga ulangan (90-rasm).
Faraz qilaylik, omborda yong'in chiqdi. Yong'in alangansi fotoelementni yoritadi. Fotoelement juda kuchsiz tok beradi, u elektromagnit releni ishga tushishga majbur qiladi. Rele kontaktlari ulanadi va bir vaqtning o'zida sirenani hamda yong'in o'chirish nasoslari dvigatellarini ishga tushiradi. Bu holda fotoelementning kam quvvatli toki elektromagnit releni ishga tushiradi. Rele esa yong'inga qarshi nasoslarni va signalizatsiyani ulaydi.
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling