1. Birinchi induksion generatorni fransuz ixtirochisi I. Piksi 1832-yilda yasadi. 105-rasmda shu generatorning sxemasi ko'rsatilgan. Piksi generatorida o'zakka o'ralgan ikkita g'altak atrofida doimiy magnit aylanib turadi. Magnit aylanganda g'altaklar joylashgan magnit maydon uzluksiz o'zgarib, g'altaklarda juda ajoyib shakldagi induksion tokni paydo qiladi.
2. Zamonaviy induksion generator. Ko'pchilik olimlar o'tkazgan tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, amaliy maqsadlar uchun har qanday o'zgaruvchan tok emas, balki ossillogrammasi 106- a rasmda ko'rsatilgan shaklga ega tok zarur ekan. Bunday shakldagi o'zgaruvchan tokni hosil qilish uchun generatorning g'altaklari va magnit orasidagi tirqishga maxsus shakl berildi. Buning uchun magnit va g'altaklarni 106- b rasmdagi kabi joylashtirildi.
Issiqlik elektrostansiyalarida rotorni aylantirish uchun bug' trubinalaridan foydalaniladi, ularning vali sekundiga 50 marta aylanadi. Rotorning bir aylanishida generator chulg'amida hosil bo'ladigan tokning yo'nalishi bir marta o'zgaradi, 50 marta aylanganda 50 marta o'zgaradi. Bu - tok 50 marta bir yo'nalishda, 50 marta boshqa yo'nalishda o'tadi demakdir. Bunday tok haqida uning chastotasi (takroriyligi) 50 Gs deyiladi (gers chastota birligi).
Agar ossillografga shahar elektr tarmog'i kuchlanishi ulansa, uning ekranida 106- a rasmda ko'rsatilgan egri chiziq ko'rinadi. Bunday tok sinusoida shaklidagi o'zgaruvchan tok deb ataladi.
Gidroelektrostansiya (GES) larda rotorni aylantirish uchun nisbatan sekin aylanuvchi suv trubinalaridan foydalaniladi. Shuning uchun 50 Gs chastotali o'zgaruvchan tok olish uchun qutb juftliklari soni ko'p bo'lgan rotorli generatorlardan foydalaniladi (107-rasm). Masalan, Chorvoq yoki Farhod GES lari generatorlarining rotorlarida 24 juft qutb mavjud bo'lib, utar 125 ayl/min tezlik bilan aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |