Dars ishlanmalari
Mavzu: O’zgaruvchan tok mikrafon karnay
Download 0.99 Mb.
|
8-sinf-4-chorak-fizika-konspekt-
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars bosqichlari Vaqti
- Darsning borishi: 3. Ovoz karnayi.
- Ovoz karnayi
Mavzu: O’zgaruvchan tok mikrafon karnay.
Darsning maqsadi: - o’zgaruvchan haqida tushuncha berish; Dars materiallari: Fizika darsligi, elektron darslik. Plakatlar. Doska, bo'r. Asosiy tushuncha va atamalar - o’zgaruvchan tok; - mikrafon, karnay.; Darsning blok-chizmasi
Darsning borishi: 3. Ovoz karnayi. O`quvchilar to`ylarda, katta yig`inlarda san'atkorlarning yoki ma'ruza qiluvchilarning ovozlarini uzoqroq masofaga yеtkazish maqsadida mikrofon va karnaylar o`rnatilganini juda ko`p marta ko`rishgan. Mikrofon oldida gapirilgach, kishining ovozi aynan karnay orqali eshitilishini ham o`quvchilar biladilar. Shuning uchun o`quvchilarga ovoz karnayining rasmini tushuntirish maqsadga muvofiqdir. Darslikda ovoz karnayining rasmi bеrilgan. Iloji bo`lsa, karnayning o`zini olib, ichki tuzilishini ko`rsatib tushuntirmoq lozim. Ovoz karnaylarining yangi turlari haqida o`qituvchi qisqacha ma'lumotlar bеrsa, bu dars samarali va mazmunli bo`ladi. Hozir sanoatda magnitlovchi g`altaksiz «karnay»lar ham ishlab chiqarilmoqda. Bu karnaylarga o`rnatiladigan o`zgarmas magnitlar magnit xossalari yuksak bo`lgan maxsus magnit qotishmalardan tayyorlanadi. 3. Ovoz karnayi. Mikrofon vujudga keltiradigan induksion tok juda kuchsizdir. Biroq kuchsiz elektr tebranishlarni kuchaytiruvchi maxsus asboblar - kuchaytirgichlar mavjud. Mikrofondan chiqqan kuchsiz elektr tokini kuchaytirgichga, kuchaytirilgan tokni esa ovoz karnayiga uzatamiz (104- a rasm). Agar mikrofonni boshqa xonaga olib chiqib qo'yib - ovoz karnayini esa sinfda qoldirsak, u holda mikrofon oldida aytilgan hamma gaplarni eshittirish mumkin. Ovoz karnayi qanday tuzilgan? Ovoz karnayida mikrofondagi kabi juda kuchli doimiy magnit 1 bor. Qutblar orasidagi tirqishda ovoz g'altagi 2 joylashtirilgan. U diffuzor 3 bilan tutashtirilgan.Diffuzorning chetlari ovoz karnayining korpusi 4 bilan ulangan. Diffuzorning sirti esa to'r 5 bilan yopilgan (104- b rasm).
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling