107-rasm
3. O'zgaruvchan tokning xossalari. O'zgaruvchan tok o'zgarmas tokka o'xshash va o'xshash bo'lmagan qator xossalarga ega:
— O'tkazgichdan o'zgaruvchan tok o'tayotganda o'zgarmas tok kabi o'tkazgichni qizdiradi. O'zgaruvchan tokning bu xossasidan elektr isitish asboblarda va cho'g'lanma elektr lampalarda foydalaniladi.
— O'zgaruvchan tok o'tayotgan o'tkazgichlar atrofida o'zgarmas tokdagi kabi magnit maydon mavjud. Biroq o'zgaruvchan tok atrofidagi magnit maydon o'zgaruvchandir. O'zgaruvchan tok bilan ta'minlanuvchi elektromagnit o'z qutblarini sekundiga 50 marta o'zgartiradi: o'zakning ayni bir uchida sekundiga 50 marta shimoliy qutb va 50 marta janubiy qutb bo'ladi. O'zgaruvchan tok bilan ta'minlanayotgan elektromagnit oldiga po'lat plastina qo'yilsa, u o'zining tebranishlari natijasida ovoz chiqaradi.
— O'zgaruvchan tokning kuchi va kuchlanishi noldan maksimal qiymatgacha uzluksiz o'zgarib turadi. O'zgaruvchan tok zanjiriga ulangan ampermetr va voltmetr effektiv qiymat deb nom olgan biror o'rtacha qiymatni qayd qiladi.
Uy vazifasi. O'tilgan mavzu yuzasidan xar bir o'quvchi 5ta dan test tuzib kelish.
“Tasdiqlayman”
O’IBDO’_____R.Egamov
“___”_______201__ yil
Sinflar
|
8A
|
8B
|
8D
|
Dars o’tiladigan sana
|
|
|
|
.
Mavzu: Elektrostansiyalar va ularning turlari..
Darsning maqsadi:
- elektrostansiyalar haqida tushuncha berish;
Do'stlaringiz bilan baham: |