Dars ishlanmalari


l.Issiqlik elektr stansiyalari


Download 0.99 Mb.
bet17/27
Sana24.12.2022
Hajmi0.99 Mb.
#1052470
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
Bog'liq
8-sinf-4-chorak-fizika-konspekt-

l.Issiqlik elektr stansiyalari yoqilg'i (ko'mir, neft, mazut, torf, yonilg'i slaneslar, gaz) energiyasini elektr energiyaga aylantiradi. Har bir issiqlik elektr stansiyalarida yoqilg'ini tayyorlash sexi, qozonxona. Bug' trubina sexi va yordamchi elektr stansiyasi (podstansiya) bo'ladi (109-rasm).



109-rasm

Yoqilg'ini tayyorlash sexida yoqilg'i uning to'liq yonishini ta'minlash uchun maxsus tayyorgarlikdan o'tkaziladi. Masalan,toshko'mir maxsus qurilmalar yordamida keraksiz aralashmalardan ajratiladi va kukun qilib maydalanadi. Yondirish uchun tayyorlangan yoqilg'i maxsus o'tkazgich quvurlar orqali o'txona (o'choq) va bug' qozonidan iborat bug' generatoriga uzatiladi. Yoqilg'i yonganida ajraladigan issiqlik qozondagi suvni bug'latish va hosil bo'lgan bug'ni qizdirish uchun sarflanadi. Qozondan olingan bug'ning bosimi 240 atmosferagacha, temperaturasi esa 560°C ga yetadi (bunday temperaturada temir qizaradi).
Bug' qozondan bug' trubinasiga keladi. Bug` qozondan maxsus trubalar, soplalar orqali bug` trubinasiga keladi va trubina valiga o'rnatilgan kuraklarga katta bosim ostida kelib uriladi. Natijada trubina vali aylana boshlaydi. Trubinaning vali induksion generatorning rotoriga mahkamlangan. Shuning uchun rotor ham aylana boshlaydi va unda elektromagnit induksiya hodisasiga asosan elektr toki hosil bo`ladi. Bug' trubinasi va generatordan iborat bo'lgan blokni trubogenerator deyiladi.
Zamonaviy trubogeneratorlarning quvvati juda ulkan bo'lib, 1500 MVt (megavatt) ga, foydali ish koeffitsiyenti esa 99% ga yetadi. Biroq elektr stansiyaning foydali ish koeffitsiyenti ancha past va eng yaxshi issiqlik elektr stansiyalarida 36% ga yetadi. Bu asosan bug' hosil qilish va ishlab bo'lgan bug'dan foydalanishdagi isroflar bilan bog'liq. Masalan, energiyaning 47% i ishlab bo'lgan bug' bilan, 8% i tutun gazlari bilan chiqib ketadi, 2% i o'txonada yo'qoladi, 2% i elektr stansiyaning o'z ehtiyojiariga sarflanadi.
Ishlab chiqarilgan elektr energiya yordamchi elektr stansiyaga (podstansiya) yuboriladi. U yerdan iste'molchilarga uzatiladi.
Hozirgi paytda elektr energiyaning katta qismi issiqlik elektr stansiyalarida ishlab chiqarilmoqda. Issiqlik elektr stansiyalari, baxtga qarshi, atrof-muhitga katta zarar yetkazadi. Uni zararli gazlar bilan, chang va shlak bilan ifloslantiradi. Masalan, quvvati bir million kilovatt bo'lgan issiqlik elektr stansiyasi atmosferaga har yili 10 million tonna karbonat angidrid gazi, bir necha yuz ming tonna kul chiqaradi. Bu kul 50 km radiusdagi butun yer yuzini chang to'shagi bilan qoplaydi.
Elektr energiya elektr stansiyalarda ishlab chiqariladi. Hisoblashlar shuni ko'rsatadiki, har 10 yilda xalq xo'jaligining elektr energiyaga ehtiyoji ikki marta ortadi.
O'zbekistondagi issiqlik elektr stansiyalari (IES) beradigan elektr umumiy quvvatning taxminan 80 foizini tashkil etadi.

Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling