Yozma muloqot va uning xususiyatlari


Download 104.7 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.12.2022
Hajmi104.7 Kb.
#1059387
Bog'liq
Снимок экрана 2022—12—22 в 09.18.10



Yozma muloqot va uning xususiyatlari.
Yozma muloqot bildirishnomalar, eslatmalar, hisobotlar, moliyaviy
hisobotlar, biznes xatlari va shu kabilarning barcha turlarini qamrab oladi.
Muloqotning bu turi tashkilotlarda keng qo‘llaniluvchi xabar yozish jarayonini
yozishga aylantiradi. Rasmiy muloqot, qoidalar, buyruqlar, ma’lumotnomalar,
siyosiy masalalar va hokazolar doimo yozma shaklda bo'lishi kerak.
Yozma nutq yuqori darajada bo'lmas ekan, og'zaki nutq ko'ngildagidek
bo'lmaydi. Yozma nutqda esa til vositalarini tanlash va qo'llashga to'liq imkoniyat
bo'ladi. Yozma nutqni xohlagancha tahrir qilish mumkin. Yozma nutqda og'zaki
nutqdagi kabi hayajon bo'lmaydi, notiq shoshilmasdan, o‘ylab nutq tuzadi. Shu
sababdan ham yozma nutq og'zaki nutqdan ko'ra ravon, aniq va izchilroq
bo'ladi.Yozma nutq barqaror va qat’iy bo'ladi, u har doim avvaldan o‘ylanadi
hamda matnga tushiriladi. Yozma nutq og'zaki nutqning rivojiga bevosita ta’sir
etadi. Og'zaki nutq esa yozma nutq asosida rivojlanadi. Yozma mashqlar - bamisoli
tafakkur mashqlaridir. 
Biror voqelik yoki hodisa to‘g'risida fikrlash yozma mashqlar orqali
takomillashadi. Yozma nutq mashqlari muayyan mavzu doirasida bevosita
fikrlashga majbur etadi. Yozma nutq bilan doimiy shug'ullanadigan kishi doim
o‘ylab gapirishga odatlanadi. Yozma nutq bilan muttasil shug'ullanmagan
kishining yozma nutqi bilan og'zaki nutqi hech qachon muvofiqlashmaydi.
Yozma kommunikatsiya — maktublar, eslatmalar, protokollar, belgilar yoki
matnlar orqali izohlanishlari juda qiyin, chunki muloqotda bo'lgan odamni ovozini
eshitmaymiz va imo-ishoralarini ko'rmaymiz. Lekin fikrni yozma ravishda
ifodalash yozuvchiga nima demoqchi bo'lganligini o‘ylash va eng yaxshi variantini
tanlash imkonini beradi. Har qanday menejergayozma so'z bilan ishlash qobiliyati
juda ham muhimdir. Samarali yozish usullari so'zlar, qisqa jumlalar va qisqa
abzatsdan foydalanishda va muvofiqlashtirishda ham soddalikka urg'u beradi.
Xabarga 
ko'ra 
alohida 
o'quvchiga 
murojaat 
qilishda 
so'zlarning
muvofiqlashtirilishi barcha o 'quvchilar ham xabarni tushunishda bir xil
qobiliyatga ega emaslar, ularning barchalarining so'z boyliklari bir xil emas,
mavzu bo'yicha bir xil bilimga ega emaslar. Shunday qilib, aniq muloqot qilish
uchun, biz muloqot qilishni xohlagan kishimizni bilishimiz kerak. Xabar shaxsning
ongiga mos bo 'lishi kerak.
Muvofiqlashtirish va so'zlarni tanlash
1.Tanish so’zlardan foydalaning. Baxtga qarshi, ko'pchilik biznes sohasida faoliyat
yurituvchi kotiblar tanish so'zlardan foydalanish o‘rniga o'z fikrlarini qog'ozga
ko‘chirishni boshlasharkan, uning xarakterini o'zgartirishga moyil bo'lishadi.
Masalan, urinmoq - harakat qilmoq, aniqlamoq - bilmoq, chek qo'ymoq -
tugatmoq, namoyon qilmoq - ko'rsatmoq, istifoda qilmoq/ qo'llamoq -
foydalanmoq.
2.Uzun so'zdan ko'ra qisqasini tanlang. Umuman olganda, qisqa so 'zlarda xabar
yaxshiroq yetkaziladi, chunki uzun so'zlarning og'irlik nisbati o'quvchini
chalkashtiradi. Gipnoz qilish, gippopotam va avtomobil kabi ba’zi uzun so'zlar
bilan oson muloqot qilinadi. Ammo ba’zi vibrofon
(vibes), raqobatlashmoq (vie), achchig'i chiqqan (vex), shtreykbrexer (scab) kabi
qisqa so'zlarfaqatgina kamchlik uchun tushunarli bo'lishi mumkin. Shunday qilib,
uzun so'zlardan ozgina ehtiyotkorlik bilan foydalanish donolik bo'ladi. Bundan
tashqari, siz ishlatayotgan so'zlaringiz o'quvchingiz uchun tanish bo'lishiga amin
bo'ling.
3.Terminologiyadan ehtiyotkorlik bilan foydalaning. Barcha sohalarning o'z


terminologiyasi, ya’ni «jargon»i bor, ular kundalik ish leksikasining bir qismini
tashkil qiladi. Aslida, ularning idrokimizda shunchalik ko'p paydo bo'lganidan,
sohaga taalluqli bo'lmagan insonlar ham biladigandek tuyuladi. Va o'z sohangizdan
tashqaridagi insonlarga yozayotganingizda bu muloqotda tushunmovchilikni
keltirib chiqaradi.
Aniq yozish qobiliyati faqatgina so'zlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu aniq
gaplardan foydalanishni ham anglatadi. Sodda gaplarni yozish qisqaroq gaplarni
yozishni anglatadi. Gap da’vo, savol, buyruq yoki his-hayajon shaklida bo'lishi
mumkin. Yozma shaklda, gaplarning uzunligi haqida qaror qilishda qiyin va tez
qoidalari yo‘q, ammo qisqa gaplar sodda bo'lgani uchun oson tushuniladi.
Murakkab strukturalarni taqdim etish bilan muammo yaratmaydi. Uzun gaplar
grammatik xatolarga ega bo'lishdek katta o'zgarishlarni qisqa gaplar tuzilishi
tasavvur qilinadi. Malakali kotiblar matnda turli xil maqsadlarda birikmalar, qisqa
va uzun gaplarni mohirlik bilan qo 'llaydilar hamda tajriba qiladilar.
Yozuvdagi aniqlik faqatgina so'zlarning diqqat bilan tanlanishi va aniq
gaplarni yozishga bog'liq bo'lmaydi. Bu yana ehtiyotkorlik bilan tuzilgan abzatsni
talab etadi. So 'zlar gaplarga birikkandek, abzatsdagi gaplar ham mantiqiy ketma-
ketlikka asoslanadi. Shunday qilib, abzats bir gapdan boshqasiga yo ‘nalgani va
bosqichma-bosqich rivojlangani sababli, abzats kimningdir fikrlash jarayoni bo
'ladi.

Download 104.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling