2 - laboratoriya ishi
Ampermetr va voltmetr yordamida rezistorlarning noma’lum qarshiliklarini aniqlash
Kerakli asbob va jihozlar: o’zgarmas tok manbai, ampermetr, voltmetr, reostat, kalit, noma’lum qarshilikli beshta rezistor, ulash simlari.
Ishning maqsadi: zanjirning bir qismi uchun Om qonunining to’g’riligini tajribada tekshirib ko’rish. Qarshiliklarni aniqlashning ampermetr va voltmetr usuli bilan tanishish. O’tkazgichlarni turli usullarda ulaganda natijaviy qarshilikni hisoblashni o’rganish.
1-mashq
Qisqacha nazariya: metall ichida tartibli harakatlanayotgan erkin elektronlar kristal panjara ionlari bilan to’qnashishi natijasida uzluksiz ravishda tormozlanadi. Bu o’tkazgich elektr qarshiligining yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. Bir jinsli silindrik yoki prizmatik o’tkazgichning qarshiligi uning uzunligiga to’g’ri proporsional, ko’ndalang kesimi yuziga teskari proporsional va o’tkazgich materialiga bog’liq:
(1)
- o’tkazgichning solishtirma qarshiligi.
O’tkazgichning qarshiligi ko’pgina hollarda ampermetr va voltmetr yordamida aniqlanadi. Bu metod bilan qarshilikni aniqlash usuli o’tkazgichning bir jinslilik darajasiga bog’liq bo’lib, zanjirning bir qismiga oid Om qonunining amalda qo’llanilishi asos qilib olinadi. Zanjirning bir qismiga oid Om qonuniga asosan o’tkazgichning qarshiligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
(2)
bu yerda U – qarshiligi aniqlanayotgan o’tkazgichdagi voltmetr bilan o’lchanadigan kuchlanish tushuvi, I - o’tkazgichdan o’tayotgan tok kuchi, u ampermetr bilan o’lchanadi.
O’tkazgichlarni elektr zanjiriga uch xil 1) ketma-ket, 2) parallel, 3) aralash usullarda ulash mumkin.
Maqsadga yo’naltiruvchi savollar:
1. O’tkazgich qarshiligi deganda nimani tushunasiz?
2. O’tkazgichning qarshiligi nimalarga bog’liq?
3. Qarshilik birliklarini ayting.
4. Zanjirning bir qismiga oid Om qonunini ta’riflang va uning matematik ifodasini yozing.
5. O’tkazgichlarni ketma-ket ulagandagi natijaviy qarshilikni hisoblash formulasini keltirib chiqaring.
6. O’tkazgichlarni parallel ulagandagi natijaviy qarshilikni hisoblash formulasini keltirib chiqaring.
Do'stlaringiz bilan baham: |