2. Elektr uzatish tarmoqlari. Elektr energiyani elektrostansiyalardan iste'mol qilinadigan joylarga uzatuvchi tarmoqlar elektr uzatish tarmoqlari deyiladi.
Elektr energiyani uzoq masofalarga uzatish uchun mo'ljallangan elektr uzatish tarmog'i to'rt asosiy qismga ega (111- rasm):
tok eltuvchi simlar 1 likopsimon izolyatorlar 2 orqali tayanchlar 3 ga osiladi. Tayanchda momaqaldiroqdan himoya qiluvchi simlar va yashinqaytargich 4 ham o'rnatilgan bo'ladi.
Momaqaldiroqdan himoya qiluvchi simlar yashinqaytargich vazifasini ham bajaradi va elektr uzatish tarmog'ini bevosita yashinlardan himoya qiladi.
3. Pasaytiruvchi yordamchi stansiya (podstansiya)lar. Eleklr uzatish tarmoqlari orqali uzatilgan elektr energiya juda katta kuchlanishga ega bo'lgani uchun undan iste'molchilar bevosita foydalana olmaydi. Shuning uchun iste'mol qilinadigan joyda uning kuchlanishi pasaytiriladi.
Kuchlanishni pasaytirish bir necha bosqichda bajariladi. Elektr uzatish tarmog'ining oxiriga o'rnatilgan pasaytiruvchi transformatorlar kuchlanishni 35-6 kV gacha pasaytiradi. Shundan so'ng energiya iste'mol qilinadigan joyga uzatiladi.
Iste'molchilar katta kuchlanishni transformatorlar yordamida mo'ljallangan kuchlanishgacha pasaytiradi. Odatda, xonadonlarga taqsimlangan elektr tokining kuchlanishi 220 V bo'ladi. Demak elektr stansiyalar yaqiniga kuchaytiruvchi transformatorlar, iste`molchilarga yaqin joylarga esa pasaytiruvchi transformatorlar o`rnatiladi.
Elektr energiyani uzatish va taqsimlashning 112-rasmda keltirilgan soddalashtirilgan sxemasida
transformator belgi bilan belgilangan, elektr uzatish tarmoqlari esa shartli ravishda to'g'ri chiziqlar ko'rinishida tasvirlangan.
Uy vazifasi. O'tilgan mavzu yuzasidan xar bir o'quvchi 5ta dan test tuzib kelish.
“Tasdiqlayman”
O’IBDO’_____R.Egamov
“___”_______201__ yil
Sinflar
|
8A
|
8B
|
8D
|
Dars o’tiladigan sana
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |