Dars ishlanmasi Dars mavzusi: O'simlik hujayrasining tuzilishi


Download 327.5 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi327.5 Kb.
#191898
Bog'liq
D ishlanma



NDPI Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta'lim yo'nalishi

1-"G" guruh talabasi Egamberdiyeva Sevaraning

Maktabda botanika fanidan "O'simlik hujayrasining

tuzilishi" mavzusida yozgan bir soatlik



Dars ishlanmasi

Dars mavzusi: O'simlik hujayrasining tuzilishi.

Darsning maqsadlari:

Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga o'simlik hujayrasining tuzilishi haqida ma'lumot berish, hujayra haqidagi bilimlar asosida fikrlay olish kompetensiyasini shakllantirish.

Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy g'oya tushunchasini singdirib borish.

Rivojlantiruvchi maqsad: mustaqil fikrlay olish, o'z fikrini himoya qila olish, ularni biologik bilimlar bilan boyitish va muloqot qilish ko'nikmasini shakllantirish.

Shakllantiriladigan kompetensiyalar: mustaqil fikrini og'zaki va yozma ifoda eta olish, biologiyaga oid manbalar bilan mustaqil ishlay olish.

Dars turi: Yangi bilim beruvchi

Dars metodi: noan'anaviy

Dars jihozi: Darslik, ko'rgazma va tarqatma materiallar, elektron darslik, jadvallar, rasmlar.

Darsning borishi:

Sinf: 6-sinf Fan: Botanika

O'quvchilar soni: 25

Dars vaqti: 45 minut.

T.r

Dars bosqichlari

Ajratilgan vaqt

I.

Tashkiliy qism

5 min

II.

O'tilgan mavzuni takrorlash

10 min

III.

Yangi mavzu bayoni

15 min

IV.

Mavzuni mustahkamlash

10 min

V.

Baholash

3 min

VI.

Uyga vazifa

2 min

I. Tashkiliy qism: (5min) a) o'quvchilar bilan salomlashish; b)davomatni aniqlash; c) sinf va o'quvchilar ozodaligini tekshirish; d) uyga vazifani tekshirish.

II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: (10 min)

1-topshiriq. Biologik diktant. Nuqtalar o'rniga kerakli so'zni qo'ying:

1. Manzarali daraxtlar orasida guli va barglarining jozibadorligi bilan ajralib turuvchi o'simlarga .........., ..............., .............., ............... kiradi.

2. .........., ............, .............. piyozchalari orqali ko'payadi.

3. Manzarali o'simliklar orasida boshqa o'simliklarga ilashib o'sadigan ........., ..........., ........... kabi lianalar ham mavjud.

4. Ko'p yillik manzarali o'simliklardan ......... bahorda, ......... yozda, ........ kuzda gullaydi.

2-topshiriq. Klaster usuli yordamida manzarali o'simliklarni hayotiy shakliga ko'ra guruhlarga ajrating.

III. Yangi mavzu bayoni.

Reja:


1. Hujayra haqida tushuncha

2. Hujayraning tarkibiy qismlari

Tabiatdagi tirik mavjudotlarga xos eng muhim umumiy belgilardan bin ularning hujayralardan tuzilganligidir.Hujayra - tirik orgatiizmning eng mayda tarkibiy qismi. U tiriklikka xos barcha xususiyatlami o‘zida mujassamlantirgan. 0 ‘simliklaming barcha organlari hujayralardan tashkil topgan. Ular shakl jihatidan farq qilsa-da, ichki tuzilishiga ko‘ra bir-biriga juda o‘xshash bo‘ladi. Hujayralarda yuz be￾radigan hayotiy jarayonlar yagona qonunga muvofiq amalga oshadi.

Hujayraning tuzilishini o‘rganadigan va u haqida to‘liq ta’limot beradigan fan sitologiya fyunoncha «sitos» - hu￾jayra, «logos» - ta’limot) deyiladi.Limon, mandarin, pomidor, tarvuz mevasi



kesibko‘rilganda ularning hujayralarini oddiy ko‘z bilan ko‘rish mumkin. Hujayralar o‘simlikning qaysi organida joylashi￾shiga qarab shakli, rangi, katta-kichikligi, ichki tuzilishi va funksiyasiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. 0 ‘simliklar bir yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Bir hujayrali o‘simkliklarga ayrim tuban o‘simlik vakillarini (xlorella, xlami￾domanada va b.), ko‘p hujayrali o‘simliklarga esa barcha yuksak o‘simlik vakillarini misol sifatida keltirish mumkin. Hujayra ingliz fizigi Robert Guk tomonidan 1665-yilda kashf etilgan. Hujayralar kattalashtirib ko‘rsatadigan asbob￾lar yordamida o‘rganiladi.

Hujayra va uning tarkibiy qismlari. Hujayra hujayra qobig‘i, sitoplazma va yadrodan tashkil topgan (9-rasm).Hujayra qobig‘i kletchatkadan iborat bo‘lib, tiniq va mustahkam bo‘ladi. U hujayrani tashqi ta’sirdan himoya qiladi va shaklini saqlab, tashqi muhit bilan bog‘lab turadi.

IV. Darsni mustahkamlash:

1-topshiriq. Krossvord yechish.



2-topshiriq. Juftlab yozish.

V. Baholash

VI. Uyga vazifa: 10 ta test tuzib kelish.


Download 327.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling