Dars ishlanmasi mavzu: Navro`z bayrami Sana: Mavzu
Download 384.33 Kb.
|
A.O Navro`z bayrami
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi
- II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash
- III. Yangi mavzu bayoni
- IV. Musthakamlash
- V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash
Toshkent shahar Uchtepa tumani Wise School Boshlang’ich sinf o’qituvchisi Ziyoviddinova Aqidaning 1-sinflar uchun Texnologiya DARS ISHLANMASI Mavzu: Navro`z bayrami Sana: _______________________ Mavzu: Navro`z bayrami Darsning maqsadi.: 1)O`quvchilarga bahor faslida tabiatda, kishilarning bahordagi mehnati haqida tushuncha berish. 2)O`quvchilarni tabiatni sevish va asrash, ularni muhofaza qilishga o`rgatish. O`quvchilarni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash. 3) O‘quvchilarni bahor faslida tabiatni , qushlar va uning insonga foydasi haqidagi malaka, ko`nikmalarini, og'zaki nutqi va fikrlash doirasini rivojlantirish. Dars turi: Aralash Dars metodlar: Suhbat, «Aqliy hujum» interfaol metodi,tarmoqlash. Dars jihozlari: Darslik, tarqatma materiallar, mavzuga doir plakatlar.elektron darslik Darsning borishi: I.Tashkiliy qism: Navbatchi axborotini tinglash Darsga hozirlik ko`rish. Fasl haqida suhbat. II.O’tilgan mavzuni so’rash va mustahkamlash. Uyga berilgan vazifa “Bahor. Qushlar bizning do`stimiz.” mavzusi yuzasidan savol-javoblar o`tkaziladi. O`quvchilar bilan “Davom ettir” mashqi bajariladi. (O`qituvchi hikoyani boshlab beradi, o`quvchilar esa davom ettirishlari kerak) III. Yangi mavzu bayoni: So`ng o`qituvchi tomonidan Navro`z bayrami haqidagi film namoyish etiladi, rasmlar ko`rsatiladi. O`qituvchi tomonidan musulmonlarning yangilanish, yasharish davri bo`lmish Navro`z 21-martda nishionlanadi. Bu kun kun bilan tun tenglashadi. O`lkamizga Navro`z kirib kelishi bilan bahor tarovati ham kirib keladi. Tabiat uyg`onadi, olam gullarga burkanadi. Iliq shamol esib, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yo`g`ib turadi. Navro`zda turli xil milliy ana`nalar nishonlanadi. Sumalaklar pishiriladi, onalarimiz ko`klardan turli xil pihiriqlar tayyorlaydilar, Navro`z sayllari o`tkaziladi, qarilar va bemorlardan ko`nglil so`raladi. Dam olish daqiqasida “Hakka” qo`shig`i ijro etiladi. O`qituvchi darslikning 42-sahifasidagi rasmni kuzatishni aytadi.Matn o`quvchilarga o`qib beriladi. Mazmuni so`zlatiladi. IV. Musthakamlash. O`quvchilar bilan darslikdagi rasmlar asosida suhbat o`tkaziladi.So`ng o`quvchilarga mavzu yuzasidan mustahkamlovchi savol-javoblar o`tkaziladi. Siz bahorda qanday ishlarni bajarasiz? Kishilarning bahordi yumushlari haqida nimalarni bilasiz? Navro`z qanday bayram? So`ng “’Xotira mashqi; o`tkaziladi. V. O`quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o`quvchilar rag`batlantiriladi. VI. Uyga vazifa berish, darsni yakunlash: Uyga vazifa darslikning 42- sahidfasida berilgan rasmlarni kuzatib, oz fikrlarini izohlab berishga, o`quvchilarning o`rganilgan mavzu yuzasidan fikrlarini bayon qilishga tayyorlanib kelish topshiriladi.. Dars yakunlandi. Download 384.33 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling