Dars ishlanmasi Mavzu: O’zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari. Genotipik o’zgaruvchanlik Reja


Download 0.7 Mb.
Sana05.01.2022
Hajmi0.7 Mb.
#206712
Bog'liq
10-sinf.O'z

Xonqa tumanidagi 8-son umumiy o’rta ta’lim maktabining biologiya fani o’qituvchisi Bobojonova Mavludaning 10-sinflar uchun “O’zgaruvchanlikning umumiy qonunuiyatlari. Genotipik o’zgaruvchanlik” mavzusida 1 soatlik

Dars ishlanmasi


Mavzu: O’zgaruvchanlikning umumiy qonuniyatlari. Genotipik o’zgaruvchanlik

Reja:
  • O’zgaruvchanlik va uning turlari
  • Genotipik o’zgaruvchanlik
  • Mutatsion o’zgaruvchanlik va mutatsion ta’limot
  • Gen, xromosoma va genom mutatsiyalari

O’zgaruvchanlik tufayli organizmda yangi belgi va xususiyatlar paydo bo’ladi. O’zgaruvchanlik quyidagi turlarga ajratiladi:

Fenotipik o’zgaruvchanlik

Genotipik o’zgaruvchanlik

Fenotipik o‘zgaruvchanlikning ikki turi mavjud: modifikatsion va ontogenetik o‘zgaruvchanlik.
  • Ontogenetik o‘zgaruvchanlik – bu ontogenez jarayonida genlarning differensial faolligi natijasida yuzaga chiqadigan, muhit ta’siriga bog‘liq bo‘lmagan o‘zgaruvchanlikdir.
  • Modifikatsion o‘zgaruvchanlik esa tashqi muhit omillari ta’sirida fenotipda namoyon bo‘ladigan o‘zgaruvchanlikdir.

Fenotipik o’zgaruvchanlik

Irsiy o‘zgaruvchanlik genotipning o‘zgarishi natijasida sodir bo‘lganligi uchun genotipik o‘zgaruvchanlik ham deyiladi. Genotipik o‘zgaruvchanlik turlariga kombinativ o‘zgaruvchanlik, mutatsion o‘zgaruvchanlik kiradi.

Kombinativ o‘zgaruvchanlik meyoz jarayonida gomologik xromosomalarning o‘zaro chalkashuvi, meyozining anafaza bosqichida ota-ona xromosomalarining qutblarga tasodifi y ravishda tarqalishi va urug‘lanish jarayonida ota-ona

gametalarining tasodifi y kombinatsiylashuvi natijasidir.

Genotipik o’zgaruvchanlik

Mutatsion o’zgaruvchanlik
  • Mutatsion o‘zgaruvchanlik organizm genlari va xromosomalarining sifat va son jihatdan o‘zgarishi natijasi hisoblanadi.


  • Mutatsion o‘zgaruvchanlik. «Mutatsiya» atamasini fanga birinchi bo‘lib gollandiyalik genetik olim G. De-Friz kiritdi.
  • U ko‘p yillar davomida o‘simliklarda uchraydigan mutatsiyalarni o‘rganib 1901–1903-yillari o‘zining mutatsion ta’limotini yaratdi.

Mutatsion ta’limot

Hozirgi kunda mutatsion ta’limotda ilgari surilgan g‘oyalar quyidagilardir:

– mutatsiyalar to‘satdan paydo bo‘ladi, yo‘nalishga ega emas va irsiylanadigano‘zgaruvchanlikdir;

– mutatsiyalar individual xarakterga ega, ya’ni populatsiyaning ayrim individlarida sodir bo‘ladi;

– mutatsiya natijasida hosil bo‘lgan yangi belgilar turg‘undir;

– mutatsiyalar natijasida sifat jihatidan o‘zgarishlar sodir bo‘ladi;

– mutatsiyalar har xil ko‘rinishlarda bo‘lib, foydali va zararli, neytral bo‘lishi mumkin;

– mutatsiyalarning uchrash ehtimoli o‘rganilgan organizmlar soniga bog‘liq;

– o‘xshash mutatsiyalar bir necha marta paydo bo‘lishi mumkin. Mu tatsion ta’limot keyinchalik har tomonlama rivojlantirildi va mutatsiyalarning ko‘plab turlari aniqlandi

Gen mutatsiyasi molekular darajada ro‘y beradi.

Gen mutatsiyasi ko‘p hollarda fenotipda yangi belgini rivojlantiradi. Gen mutatsiyalari nukleotidlarning soni ortishi, o‘rin almashishi bilan kechadi.

DNKdagi nukleotidlarning o‘rin almashishi ikki xil:

a) bir purin azotli asosining ikkinchi purin azotli asosi yoki bir pirimidin azotli asosining ikkinchi pirimidin azotli asosi bilan almashishiga tranzitsiya deyiladi;

b) purin asosining pirimidin asosi bilan aksincha, pirimidin asosining purin bilan almashishi transversiya deb nomlanadi.

Gen mutatsiyalari

Xromosoma mutatsiyalari. Har bir biologik tur boshqa turdan xromosomalarning soni, shakli, hajmi bilan farqlanadi.

Xromosoma strukturasining o‘zgarishi bilan bog‘liq mutatsiyalar xromosoma mutatsiyalari deb nomlanadi











.

duplikatsiya – xromosomalar ayrim qismlarining ikki marotaba ortishi;

translokatsiya – nogomologik xromosomalarning o‘zaro ayrim bo‘laklari bilan o‘rin almashishi

Xromosoma mutatsiyalari

Deletsiya – xromosoma o‘rta qismining yo‘qolishi

inversiya – xromosoma ayrim qismining o‘z o‘rnini 180’ ga o‘zgarishi;
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling