Sirdaryo viloyati
Guliston tumani 17-maktabning
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Xayitova Fotimaning
o’qish fanidan
bir soatlik
Guliston-2019
Mavzu: "Nurxon bilan Burxon"
(Miraziz A'zam).
Darsning maqsadi:
Ta'limiy: o'quvchilarni she'r mazmuni bilan tanishtirish, to'g'ri va ongli o'qishga, she'r qahramonlarini o'zaro qiyoslab, shaxsiy xususiyat-lari va o'xshash tomonlarini topib, tegishli xulosa chiqarishga o'rgatish.
TK 5: odobli bo'lishga harakat qilish.
FK 1: she'rni ongli, ifodali o'qiy olish, mavzuga mos maqol topa olish.
Tarbiyaviy: o'quvchilarga mehribonlik, ahillik kabi insoniy fazilat-larni singdirish.
TK 4: odob-axloq qoidalariga rioya qilish.
Rivojlantiruvchi: o'quvchilarning asar asosida bahs-munoza-ra qilish, ertak mazmunini qayta hikoyalash, matndagi so'zlarning ma'nosini izohlay olish malakasini rivojlantirish.
FK2 : asar mazmunidan ta'sirlana olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: tushuntirish, "Venn diagrammasi" “Maqollar bilag’oni” mashqlari. Savol-javob
Dars jihozlari: ertak qahramonlari tasvirlangan rasmlar, multimedia ilovalari, rebus, slaydlar.
Darsning borishi:
Tashkiliy qism. Salomlashish. O'quvchilarni darsga hozirlash.
O’qituvchi: Har narsadan xabarchi
Sinfda kim navbatchi.
Navbatchi: Sinfda men navbatchi
Tayyor barcha o’quvchi
II. Uy vazifasini so'rash va o'tilgan mavzuni mustahkamlash.
O'quvchilar "Xatosini tushungan bola" hikoyasini "Zanjir" usulida
o'qiydilar. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsadida o'quvchilar hikoya mazmunini bitta xatboshidan so'zlab beradilar. Mavzular asosida test o'tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |