Mavzu: A. Qodiriy «O'tgan kunlar» romani. Darsning maqsadi: a ilmiy maqsad o'quvchilarni A. Qodiriy ijodi bilan yanada kengroq tanishtirish. «O'tgan kunlar»
Download 190.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqA. Qodiriy «O\'tgan kunlar» romani. Dars ishlanmasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzu bayoni
Mavzu: A. Qodiriy «O'tgan kunlar» romani. Darsning maqsadi: a) ilmiy maqsad - o'quvchilarni A. Qodiriy ijodi bilan yanada kengroq tanishtirish. «O'tgan kunlar» birinchi to'ng'ich roman ekanligi to'g'risida ma'lumot berish. Asar g'oyasi va mazmuni bilan tanishtirish. Adabiy, tarixiy ahamiyatini tushuntirish. b) tarbiyaviy maqsad - o'quvchilarni axloqiy tarbiyalash. Ular ongiga o'zbekona urf-odatlarga hurmat bilan qarash tushunchalarini singdirish. Vafodorlik, xushmuomalalik va boshqa chin insoniy fazilatlar egasi bo'lishga undash. Ular qalbida ezgulikka ishonch va muhabbat, yovuzlikka nafrat tuyg'ularini uyg'otish. Xalqparvarlik ruhida tarbiyalash. d) rivojlantiruvchi maqsad - asar timsollariga tavsif berish orqali erkin fikrlashga o'rgatish. Tasawuf doiralarini kengaytirish. Go'zal- va ravon nutqni o'stirish. Dars tipi: Aralash. Dars turi: Interfaol dars usuli Usul: Ko'rgazmali, o'yin, savol-javob, suhbat. Darsning jihozi: H. Olimjon portreti va kitoblari, A. Qodiriy portreti, «O'tgan kimlar» va -«Mehrobdan chayon» kitoblari,-futbol maydoni tasvirlangan plakat va o'yinchilari, guruh nomlari va shiorlari yozilgan belgi, tarqatmalar, dars tamoillari yozilgan ko'rgazma, rag'bat (oq), qizil, sariq belgilar (doira shaklida). Darsning borishi: - Assalomu alaykum, Parvozga shay lochinlarim Mustaqil yurt kelajagi Alpomishu, Barchinlarim. - O'zbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi. - Rahmat. Darsimizning g:azalxonlik qismiini boshlaymiz. Agar oshiqligim aytsam, kuyub jonu jahon o'rtar, Bu ishq sirrin bayon etsam, taqi ul xonumon o'rtar. Kishiga ishq o'tidin zarrai tushsa bo'lur giryon, Bo'lur besabru betoqat, yurak-bag'ri hamon o'rtar. (Mashrab). Qildi menga bir jilvayu nogoh boqa qoldim, Ul jilvasiga din ila dunyo sota qoldim. (Mashrab) Ilohi har kunin navro'z bo'lsin! Hamisha toli'ing feruz bo'lsin! (Ogahiy) Baland aylab quyoshg'a poya navro'z, Ko'tardi yer yuzidin soya navro'z. (Ogahiy). Fasli navbahor o'ldi kelibon zimistonlar, Do'stlar, g'animatdur, sayr eting gulistonlar. Subhidam tushib shabnam bo'ldi sabzalar xurram, Gul uza tomib kam-kam eg'du abri naysonlar. (Furqat). Jondin o'zga yori vatodor topmadim, Ko'nglimdin o'zga mahrami asra topmadim. (Bobur). G'azallar -mumtoz adabiyotimizning durdonasi,-she'riyatimizning gultoji. Ularni aytaversak vaqt yetmaydi: O'quvchilar, kuni kecha 12-dekabr kuni qaysi shoirimizning tug'ilgan kunlarini nishonladik? - 12 dekabr baxt va shodlik kuychisi Hamid Olimjonning tug'ilgan kunlari edi. H. Olimjon 1909-yil 12 dekabr kuni Jizzahda mehnatkash oilaida dunyoga keladi. Bu yil ular 96 yoshga kirdilar. - H Olimjonning qanday asarlarini bilasiz? - «Baxtlar vodiysi», «O!zbekiston», «O'rik gullaganda», «Samalyot», «Hulkarga» she'rlari, «Zaynab va Omon» dostoni, «Oygul bilan Baxtiyor» ertaklarini bilamiz. - Birinchi she'riy to'plami qanday nomlangan? - Birinchi she'riy to'plami «Ko'klam» deb nomlangan. 1929-yil nashr etilgan. - Shoirning qanday she'riy to'plamlarini bilasiz? - «Olov sochlar», «Baxt», «Poyga», «O'lim yovga», «Daryo kechasi», «Ona va o'g'il», «Ishonch». - Shoir she'lar, hikoyalar ijod qilish bilan birga tarjimonlik sohasida ham juda ko'p ishlar qildi. A.S. Pushkinning «Kavkaz asiri», «Suv parisi», T. Ostrovskiyning «Po'lat qanday toblandi» . romanlarini tarjima qiladi. O'quvchilar, sport-sog'lik garovi va yana tinchlik elchisi' hamdir. Respubiikamizda sportning . deyarli barcha turi rivojlangan. Bunga hozirgi kunda juda katta e'tibor berilayapti: respublikamiz.miistaqil bo'lgandan so'ng jahon sport o'yinlarida qatnashib ajoyib g'alabalarni qo'lga kiritmoqda. Qanday sport turlarini, o'yinlarini bilasiz? - Qo'l to'pi, basketbol, voleybol, futbol... - Eng zo'r o'yin qaysi deb o'ylaysiz? - Futbol. - Futbol haqida kim nima biladi? - «Fut» oyoqr «bol» to'p so'zlaridan olingan bo'lib, oyoq to'pi deganidir. - Futbolda 11 kishi o'ynaydi. Tartib buzganlar uchun sariq va qizil kartochkalar ko'rsatiladf. - Futbol 1-bo'lib Angliyada paydo bo'lgan. - Pele futbol qiroli deb nom qozongan. - Bugun biz Adabiyot darsida futbol o'ynaymiz. Sinf o'quvchilarini ikki guruhga ajratamiz. Guruhlar o'zlariga sardor va nom tanlashadi. 1-guruh «Inter», 2-guruh «Real» nomlarini tanlashadi. Birinchi guruh va ikkinchi guruh sardorlari qo'llariga o'z guruhlari nomi yozilgan belgini ko'rsatadilar va guruhlarini tanishtiradilar. 1-guruh a'zolari: - Guruhimiz nomi «Inter». «Inter» Italiyaning eng zo'r futbol klubi. Italiya Yevropa janubida, O'rta yer dengiz sohillarida joylashgan rivojlangan sanoat mamlakati. Poytaxti Rim. Rim san'at xazinalariga ega bo'lgan qadimiy shahar. Uzum, don ekinlari, zaytun, tamaki va sitruslar yetishtiriladi. Guruhimih shiori: Bilimi zo'r mingni yig'ar. 2-.guruh sardori: - Guruhimizni «Real» deb nomladik. «Real» Ispaniyaning eng zo`r futbol guruhi. Ispaniya Yevropaning yirik mamlakatlaridan biri. Poytaxti Madrid. Bu davlat Piney yarim orolida joylashgan. U sanoat va qishloq xo'jaligi mamlakati. Uzum, don ekinlari, zaytun, paxta, sitruslar yetishtiriladi. Guruhimiz shiori: Bilim - hamma narsaga qalqon. O'tgan mavzuni so'rab baholash 1) «Tezkor savol-javob». 1. Biror voqeani o'ta bo'rttirib aytish - lof. 2. Bolalarni uxla'tish uchun onalar aytadigan qo'shiq – “Alla” 3. Ohang jihatdan bir tartibga solingan ritmik nutq -she'r. 4. Mumtoz she'riyatdagi eng kichik she'riy shakl - Fard. 5. Maqtov va dabdabali xarakterga ega bo'lgan she'r -Qasida. 6. Kuyga solib aytiladigan lirik she'r - Qo'shiq. 7. So'zlarning ohangdosh bo'lib kelishi - Qofiya. 8. Har bir bandi olti misradan iborat bo'lgan she'r - Musaddas 9. Qofiyasiz she'r - Oq she'r 10. Biror kishi, narsa, hodisaga atab, madx etib yozilgan she'r — Madhiya. 2) «Tarqatmali savollar». ' . 1. «Xarnsa» haqida gapiring. 2. Boborahim Mashrabga Mashrab taxallusini ' kim bergan? Nima uchun Opoqxo'ja Mashrabni-dargohidan haydab yubordi? 3. «Boburnoma» haqida nimalar bilasiz? 4. Adabiyot va uning bosh vazifasi? 5. «Xamsa»dagi eng sevimli dostoningiz qaysi? Uning qisqacha mazmuni. 6. Ma'rifatparvar shoir Furqatning qanday asarlarini bilasiz? 7. Badiiy adabiyot necha turli bo'ladi? 8. A. Navoiy she'riyati haqida gapiring. Har bir to'g'ri javobga guruhning o'yinchisi bir qadamga siljiydi va to'r shu o'yichi oyog'ida turadi. Yangi mavzu bayoni Download 190.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling