Dars ishlanmasi urganch-2023 mavzu: "Transformerlar"mavzusida rasm ishlash Darsning ta’limiy maqsadi


Download 2.08 Mb.
Sana09.11.2023
Hajmi2.08 Mb.
#1759376
Bog'liq
dars ishlanma


URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI 191-TASVIRIY SAN’AT VA MUHANDISLIK GRAFIKASI (SIRTQI) GURUHI TALABASI QO’CHQAROV DIYORBEKNING

"Transformerlar" mavzusida rasm ishlash mavzusidagi

DARS ISHLANMASI

Urganch-2023
MAVZU: "Transformerlar"mavzusida rasm ishlash
Darsning ta’limiy maqsadi:
-O‘quvchilarga transformerlar va axborot texnikalari haqida tushuncha va ma’lumot berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi:
-"Transformerlar" rasmini chizish texnalogiyasi va bosqichlarini tushuntirish, fantaziya va ilm fan uyg’unligini rivojlantirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi:
-O‘quvchilarning tasviriy san’atga qizzishi va tasavvurini oshirish.
Dars jihozi :
O’qituvchi uchun: "Transformerlar" rasmlari aks ettirilgan rasmlar ,kitoblar,fotolar,multimedia,tarqatma materiallar.
O’quvchi uchun: doska, bor, rasm daftari ,suv bo’yoq , qalamlar, oddiy daftar , suv idishi , o’chirg’ich.
Dars metodi: Suhbat, sinfda o‘quvchilar bilan ishlash.
Dars turi: Amalish ish.
Darsning mazmuni:
1. O‘quvchilarga transformerla haqida tushunchalar berish.
2. O‘quvchilarga "Transformerlar" rasmini ishlash bosqichlarini tushintirish.

1. Tashkiliy qism


2. Uygi vazifani tekshirish, o‘tilgan mavzuni takrorlash.
3. Yangi mavzu bayoni.
4. Amaliy mashg‘ulot.
5. Darsni yakunlash.
6. Uygi vazifa berish.
Darsning borishi.
Tashkiliy qism – 2 daqiqa
Didaktik o‘yinlar – 10 daqiqa
Prezentatsiya – 10 daqiqa
Asosiy qism – 20 daqiqa
Yakuniy qism – 3 daqiqa

O‘quvchilar bilan salomlashish, davomatni tekshirish, sinf xonasi va o‘quvchilarning darsga tayyor ekanligini teshkirish.


Uyga vazifani tekshirish. O‘quvchilarni uyda bajargan ishlarini tekshirib, baholanadi. Yaxshi bajargan o‘quvchilar ruhlantiriladi va rag‘batlantiradi. O‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun savollar beriladi.
Yangi mavzu bayoni:
Transformerlar haqida gap ketar ekan bevosita u haqida ishlangan kino va multfilmarni bir marta bo’lsa ham ko’rmagan inson bolmasa kerak.

Bunday kino va multfilmlar ishlanar ekan avvalo rassomlar tomonidan ularning tashqi dizaynlar tasvirlanadi bunda rassomlarning tutgan o’rni juda katta.
Transformerlar ilg’or texnalogiyalar bilan insonlar tomonidan yasalar ekan bunda ham avvalo ularning texnik tavsilotlari inobatga olingan holda ularning tashqi ko’rinishi tasvirlanadi. Bundan ko’rinib turibdiki rassom tasavvuri bunda katta ro’l oynaydi.
Ular robotlardan farqli o’laroq ko’rinishlarini o’zgartirishlari mumkin. Samalyot yoki vertalyotga aylanib uchishlari , kemaga aylanib suvda suzishlari yoki mashinaga aylanib yurishlari mumkin.


Amaliy mashg‘ulot:
Bu jarayonda o‘quvchilar bilan namunaga qarab rasm ishlashga kirishiladi. Avval o‘qituvchi tomonida sinf doskasida namuna sifatida transformer chizib ko‘rsatiladi. Birgalikda kompanovka olinib uni qanaqa qilib joylashishi, umumiy tus va rangdorlik holati, transformerning mayda detallari tasviri rasm chizishda tasvirlash kerakligi amaliy ish jarayonida batafsil tushintiriladi.


Trabsformer rasmini bosqichma bosqich chizish boshlanadi va rang beriladi . Asosiy ranglar 3 turga bo’linadi; qizil ,sariq va ko’k .Shular haqida ma’lumot beriladi .

Darsni yakunlash:
Dars kelib qolingan bosqichda to‘xtatilib, yaxshi chizgan o‘quvchilar yana bir ruhlantiriladi.

Uyga vazifa berish:
Dars paytida chizilgan rasmini oxirigacha yakunlash, undan tashqari ijodiy yondoshgan holda "Transformerlar" rasmini ishlash va mavzu haqida qiziqarli ma’lumotlar yig‘ish.

Yakuniy qism:
O‘quvchilarga dars tugagani aytilib, xayrlashiladi.

NAMUNA






Download 2.08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling