Dars jadvalining gigiyenasi
Download 15.02 Kb.
|
11-mustaqil ish gigiyena
Dars jadvalining gigiyenasi Maktabda haftalik dars jadvalini tuzishga gigiyenik talab. Dars jadvali gigiyenik talab asosida tuzilishi, o`quv kuni davomida o`quvchilarning ish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga, dars materiallarini yaxshi o`zlashtirilishiga, dars paytida o`quvchilarning charchab qolmasligiga imkon beradi. Maktabda o`qitiladigan fanlar, o`zlashtirilishi qiyin yoki oson bo`lishi nuqtai nazaridan, shartli ravishda 3 guruhga bo`linadi: 1.O`zlashtirilishi qiyin fanlarga matematika, fizika, kimyo, chet tillari, rus tili va adabiyoti kiradi; 2.O`zlashtirilishi o`rtacha darajada qiyin bo`lgan fanlarga tarix, jamiyatshunoslik, ona tili va adabiyoti, geografiya, chizmachilik va biologiya fanlari kiradi; 3.O`zlashtirilishi yengil fanlarga jismoniy tarbiya, mehnat, rasm, ashula kabilar kiradi. Dars jadvalini tuzishda, bosh miya po`stlog`i nerv hujayralari fiziologik xususiyatlarini, ya`ni ularning ish bajarish imkonini e`tiborga olish, o`quvchilarning fanlarni o`zlashtirish qobiliyati yuqori darajada bo`lishiga imkon beradi. Ularda aqliy charchashni yuzaga kelishining oldini oladi. Gigiyena fani talabiga binoan haftalik dars jadvalini quyidagi tartibda tuzish tavsiya etiladi: - birinchi va ikkinchi soatlarga o`zlashtirilishi qiyin fanlar joylashtirilishi lozim; - uchinchi soatga o`zlashtirilishi o`rtacha fanlar joylashtiriladi; - to`rtinchi soatga o`zlashtirilishi oson fanlar joylashtiriladi; O`zlashtirilishi oson fanlarni to`rtinchi soatga qo`yilishiga sabab shuki, bu soatda o`quvchilarning miyasi dam oladi. Natijada beshinchi va oltinchi soatlarga o`zlashtirilishi o`rtacha qiyinlikdagi fanlarni joylashtirishga imkon yaratiladi. Dars jadvaliga fanlarni joylashtirishda yuzaga keladigan ayrim qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun, yuqorida aytilgan tartibga ayrim o`zgarishlar kiritgan holda birinchi va ikkinchi soatlarga qiyin fanlar, uchunchi soatga o`zlashtirilishi oson, to`rtinchi soatga o`rtacha qiyin, beshinchi soatga oson, oltinchi soatga o`rtacha qiyinlikdagi fanlar qo`yilishi maqsadga muvofiq bo`ladi. Sog`lom turmush tarzini shakllantirish. Sog`lom turmush tarzi tushunchasi odam xulq atvorining hamma jihatlarini chuqur qamrab oladi. Sanitariya-gigiyena qoida va talablariga rioya qilish, atrofdagilarga iltifotli bo`lish, o`zining psixik holatlarini boshqara bilish, to`g`ri ovqatlanish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug`ullanish, zararli odatlardan voz kechish kabilar odam o`z-o`zini bilishining asosiy mazmunidir. Sog`lom turmush tarzini shakllantirishda kun tartibi, ratsional ovqatlanish, shaxsiy gigiyena, aqliy va jismoniy mehnat gigiyenasi, zararli odatlar (tamaki chekish, nos otish, spirtli ichimliklar iste`mol qilish, giyohvandlik va hakozo) ga berilmaslik kabilar muhim ahamiyatga ega. Bolalarda tibbiy pokizalik malakasini shakllantirish. Gigiyenik tarbiyaning muhim vazifalaridan biri, bolaning yoshligidan tibbiy pokizalikka o`rgatishdir. Ertalabki gimnastika bilan shug`ullangandan keyin, yuvinish, sochiqni namlab badanning hamma qismlarini teri qizarguncha yaxshilab artish.So`ngra, nonushta qilish. Haftada bir marta hammom qilish.Yilning iliq, ayniqsa issiq fasllarida har kuni uyqudan 1-2 soat oldin dush qabul qilish (ustidan iliq suv quyib, yaxshilab artinish). Download 15.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling