N dushanba


Download 18.02 Kb.
Sana11.06.2020
Hajmi18.02 Kb.
#117498
Bog'liq
9- amaliyot 2-topshiriq


Sinf xonasiga gigiyenik baho berish. Dars jadvalini tuzishga oid ma’lumotlardan foydalanib biror – bir yangi dars jadvalini yoriting. Sizning fikringizcha sinf xonasi qanday bo’lishi kerak.

Sinf xonasi yorug’ va keng bo’lishi kerak, chunki 6-7 soat darsda 1 ta xonada o’tirish bolalar uchun noqulaylik tug’dirishi mumkin. Ammo kenglik va uzunlik normadan oshmasligi lozim, sababi bu bolalarning ko’rish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Dars paytida o`quvchilarning o`zlashtirishi yaxshi bo`lishi uchun sinf xonasining havosi yangilab turilishi zarur.Buning uchun ob-havoning sovuq kunlari, dars paytida deraza darchasi 2 marta 1-2 minutdan ochilib, havo yangilanadi.Ob-havo issiq kunlarida esa deraza darchasi doim ochib qo`yiladi. Tanaffus paytida navbatchi o`quvchidan boshqalar tashqariga chiqishlari, eshik-derazalar ochib qo`yilishi talab etiladi.

Derazaga o`rnatilgan tuvaklardagi gullar yorug`likni to`sib, uni 20-30 foizgacha kamaytiradi. Shuning uchun tuvakdagi gullar sinf burchaklariga va derazadan qarshi tomonga maxsus stolchalarga o`rnatilgani ma`qul.Sinf derazalariga tutiladigan pardalar ham yorug`likni to`sadi. Estetik ko`rinish maqsadida tutilgan och sariq yoki och pushti rangli uzun pardalar derazaning ikki chetiga surib qo`yilishi kerak. Faqat yozning issiq kunlari quyosh nurini to`sish uchun parda derazaning quyosh tushayotgan tomoniga surib qo`yiladi.Derazadan quyosh o`tgach, parda ya`na chetga suriladi.

Dars jadvali:



N

Dushanba

Seshanba

Chorshanba

Payshanba

Juma

Shanba

1

Ona tili

Algebra

Adabiyot

Chizmachilik

Informatika

Kimyo

2

Geografiya

Ingliz tili

Algebra

Rus tili

Texnologiya

Ingliz tili

3

Algebra

Geometriya

Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari

Jismoniy tarbiya

Geografiya

Rus tili

4

Kimyo

Fizika

Huquq

Ona tili

Ona tili

Fizika

5

Jismoniy tarbiya

O’zbekiston tarixi

O’zbekiston tarixi

Geometriya

Adabiyot

Iqtisod

6

Jahon tarixi

Biologiya

Tarbiyaviy soat

Ingliz tili

Biologiya

Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari

Yuqordagi jadval 8- sinflar uchun mo’ljallangan.

Jismoniy tarbiya, musiqa, tasviriy san'at yengil fanlar bo’lib, bolalarning asab tizimi ish qobiliyatining qayta tiklanishida muhim o'rin tutganligini inobatga olgan holda, 3-4 soatlarga qo’ygan ma'qul.

Yuqoridagi dars jadvalida ham 2 soat jismoniy tarbiya va 1 soat chizmachilik fani bor.

Odob-axloq, vatanparvarlik, ta'lim-tarbiyani yoshlar ongiga singdirish uchun, avvalo, uzundan-uzun so’zlar emas. aniq mazmunli darslar, amaliy mashg’ulotlar, to'garaklarni qoyilmaqom tarzda olib borsak, ko'zlagan maqsadga erishamiz.

Yuqoridagi dars jadvalida ham 2 soat Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari fani va 1 soat Tarbiyaviy soat mavjud.

Murakkablik darajasi yuqori fanlar hafta kunlariga mos taqsimlangan.



Mening fikrimcha, sinf xonasi o’quvchilar uchun uy kabi qulay bo’lishi lozim, ya’ni yorug’lik, kenglik, harorat, havo normasi barchasi ular uchun qulay bo’lishi kerak. Bundan tashqari sinfdagi har bir jihoz sinfdagi o’quvchilarga mos bo’lishi kerak, balandligi, kengligi, kattaligi.

Sinfda yaxshi muhitni ta’minlash uchun, bolalarni kayfiyatini a’lo darajada ushlab turish uchun tokchalarda chiroyli gular bo’lishi kerak.
Download 18.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling