Dars maqsadi: a ta’limiy maqsad

Download 200.5 Kb.
bet3/3
Sana21.06.2020
Hajmi200.5 Kb.
#120835
1   2   3
Bog'liq
9-sinf ozbek

IV. Mustahkamlash:
1-guruh. Turkistonda xalq teatrlarining faoliyatiga baho bering.

2-guruh. 1870-yil Turkistonga Samara teatrining kelishidan ko`zlangan asosiy maqsad nima edi?

3-guruh. Qo`qonda dastlabki havaskor teatrni kim tashkil qilgan va uning tashkilotchisi haqida nimalar bilasiz?

4-guruh. Xiva xoni Muhammad Rahimxon Feruzning musiqa san`atiga qo`shgan hissasi to`g`risida nimalarni bilib oldingiz?
V.O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtrok etgan o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.

VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib, mavzu so’ngidagi savollarga javob yozib kelish.

O`IBDO`:

Sana:

Fan: O`zbekiston tarix Sinf: 9

Dars mavzusi: Me`morchilik va tasviriy san`at

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: Me`morchilik va tasviriy san`at mavzusi yuzasidan to’liq bilim berish.

b) tarbiyalovchi maqsad: O’quvchilarda Ona Vatanga, uning tarixiga bo`lgan hurmat hissini uyg`otish.

s) rivojlantiruvchi maqsad: Og’zaki nutqini o’stirish. Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya: Yangi bilimlarga ega bo’ladilar.

O’quv jarayononi tashkil etish texnologiyasi

Metod: guruhlarda ishlash, BBB metodi, savol-javob, ko’rgazmalilik, aqliy hujum.

Vosita: Dunyoning siyosiy xaritasi, O`zbekiston xaritasi, tarqatma material, ko’rgazmali qurollar.
DTS talablari:

Bilim: O’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish kerak.

Ko’nikma: Mavzu bo’yicha ko’nikma hosil qilish.

Malaka: Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars rejasi:

I. Tashkiliy qism - 3 daqiqa

II. Uy vazifasini takrorlash: - 12 daqiqa

III.Yangi mavzu bayoni - 15 daqiqa

IV. Darsni mustahkamlash - 10 daqiqa

V. O’quvchilarni baholash - 3 daqiqa

VI. Uyga vazifa - 2 daqiqa
Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a) O’quvchilar bilan salomlash

b) davomatni tekshirish.
II. Uy vazifasini takrorlash.
1-guruh. Buxoro me`morchiligining o`ziga xos xususiyatlarini sanab bering.

2-guruh. Xorazm me`morchiligining o`ziga xos xususiyatlarini sanab bering.

3-guruh. G`arb va sharq an`anasi asosida qurilgan me`morchilik inshootlarini sanab bering.

4-guruh. Turkistonda mustamlaka sharoitida tasviriy san`at qaytarzda rivojlandi?
III. Yangi mavzu bayoni:
XIX asr oxiri 20-asr boshlarida Turkistondagi yalpi iqtisodiy tanazzul, o’zaro urushlar, Xiva xonligi va Buxoro amirligining isyonchi guruhlarga qarshi kurashi, shuningdek, Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy balki, madaniy taraqqiyotga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Uning oqibatlari kelgusidagi o’lka taraqqiyotida og’ir asoratlar qoldirdi. Bu asorat izlari o’zbek me’morchiligini ham chetlab o’tmadi. Shunday bo’lsa-da, bu davr milliy me’morchiligida betakrorlik va rang-baranglik hamda an’anaviy arxitektura saqlanib qoldi. XIX asrning oxirlarida Buxoro va Xorazm me’morchiligi qadimiy an’analarni saqlagan holda zamon ruhi bilan boyib bordi. Saroy majmualari, madrasa, jome masjidlari, kasalxona kabi davlat va jamoat binolari, shuningdek ulkan minoralar barpo etildi. Ularni bunyod etganlar o’z davrining yetuk me’morlari bo’lib, qadimiy Buxoro va Xivaning tarixiy binolarini vujudga keltirishdek og’ir, lekin sharafli ishga boshqosh bo’lgan ajdodlarning binokor avlodlari edilar. XIX asr oxiri va 20-asr boshlarida nomlari nafaqat Buxoro amirligi balki Xiva xonligi, Turkiston va Xurosonda ham mashhur bo’lgan Obloqul va Ibrohim Hofizovlar, Mo’rninjon Solihov, Shirin Murodov kabi ko’plab ustalar yetishib chiqdi. 20-asr boshlarida barpo etilgan Sitorai Mohi Xosa qurilishida yuqorida nomlari zikr etilgan me’morlar, ustalar faol qatnashgan edilar. Majmuaning maxsus Oqsaroy zaliga pardoz berish ishini Usta Shirin Murodov boshchiligida bir guruh usta ganchkorlar amalga oshirdilar. Xorazm me’morchilik maktabining sarkori Odina Muhammad Murod bo’Isa, pardoz hamda naqshinkor parchinlarni joylashtirishning sir-sinoatlarini mukammal egallagan. Usta kulollar Nurmuhammad, Abdujabbor, uning o’g’li So’fimuhammad Niyoz va Abdullalar edilar. Ular oddiy loydan go’zal san’at asarlari yaratish va tabiatdagi turli giyoh va o’simliklardan betakror ranglar kashf etish mumkinligini amalda isbotlab berdilar. XX asr boshlarida tiklangan Islomxo’ja minorasini (1908-1910) yaratish tashabbuskori va homiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri, ma’rifatli inson Islomxo’ja edi. U bunyod ettirgan minora Xivaning faxriga aylandi. Qolaversa, Islomxo’ja o’z davrining yirik madaniyat va davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida ko’rishni istagan, vatanini tashqi dunyo bilan bog’lashga intilgan, ilg’or g’oyalar bilan to’lib-toshgan inson edi. Xorazm me’morchiligi maktabining e’tiborli tomoni shunda ediki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o’ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi. Mohir xattotlar bu yozuvlarni o’ta mohirlik bilan bino bezagiga uyg’unlashtirib yubora olardilar. Yog’och o’ymakorligi esa eshik, darvoza va ustunlarni o’ymakor naqshlar bilan bezab, o’sha binolarning umumiy ko’rinishiga o’ziga xoslik va jilo baxsh etardi. Farg’ona vodiysida ham o’zbek xalq me’morchiligining o’ziga xos tarmog’i mavjud edi. 19-asrning ikkinchi yarmida vodiy milliy me’morchiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari kirib keldi. Shunday bo’lsada, 19-asr oxirlarida qurilgan Andijon jome masjidi o’z qurilishi bilan yuksak milliy me’morchilik namunasi bo’lib qoldi. Xorazm me’morchiligi maktabining e’tiborli tomoni shuki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o’ta nozik did va nafosat go’zalligi barq urib turgan holda xattotlik yozuvlarini o’ta mohirlik bilan uyg’unlashtirib yubora olar edi. Bu davrda o’lkaga yevropa uslubidagi me’morchilik an’analari ham kirib keldi. Qurilish ishlarida milliy an’anaviy uslublar bilan birga Yevropa me’morchiligiga xosuslublar qo’llanila boshlandi. Jumladan, xalq me’morchiligida an’anaviy paxsa, guvala va xom g’isht qo’llash bilan birga zamonaviy to’rtburchak yuzli g’isht, faner, tunuka, oyna kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanildi. Yevropa me’morchiligiga xos bo’lgan ayrim uslublar o’sha davrda qurilgan Buxoro amirining yozgi saroyi Sitorai Mohi Xosa, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi bilan ataluvchi saroyda (1904-1912) ham ko’zga tashlanadi. Bino qurilishida ham G’arb, ham Sharq me’morchiligi an’analaridan foydalanilgan. Turkistonning bosib olingan yirik shaharlari va viloyatlarida harbiy qo’shinlari uchun qal’alar, kazarmalar, harbiy siyosiy amaldorlar, generallar uchun yevropacha ko’rinishdagi qarorgohlar qurila boshlandi. Toshkentning Yangi shahar qismida general-gubernatorlikning ma’muriy va boshqa binolari qad ko’tardi. Ular me’moriy jihatdan g’arb muhiti va uslubida qurilgan binolar edi. XIX asr oxiri 20-asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at Samarqand, Qo’qon, Buxoro miniaturachilari ijodida namoyon bo’ldi (Ahmad Donish, Abdulxoliq maxdum, S. Siddiqov). Ular tasviriy san’atning an’anaviy rivojlangan turlarini saqlab qolishdi. XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarda ilgari ishlatilmagan manzaralar suzib borayotgan kema, temiryo’llar va hayvonlar tasvirlana boshlandi. O’zbek xalqi san’atida ramziylikka xos asriy an’analarga boy diniy-falsafiy mazmundagi naqqoshlikdan bevosita real tasviriy san’atga o’tilish holati kuzatildi. O’zbek rassomlarining iqtidori kulolchilik buyumlarini, kiyimlarni bezashda, materiallar uchun uyg’un bo’yoqlar jilosini yaratishda, kundalik turmush buyumlariga jilo berishda va boshqa amaliy san’atda namoyon bo’ldi. Buyumlardagi yuksak did, nazokat, nafislik rasmlarda yaqqol ko’zga tashlanar edi. Naqsh amaliy san’ati markazi Buxoro edi. Bu shahar ustalari nafaqat asriy san’atini saqlab qolishga, balki rivojlantirishga erishdilar. Buxorolik ustalarning har qanday asari o’z xususiyatlariga ega bo’lib, boshqa shaharlarda yaratilgan buyumlardan ajralib turar edi. Bu asarlarga xos boy tasavvur va mukammal mahorat asosan ranglar va naqshlar uyg’unligida o’z aksini topgan.
IV. Mustahkamlash: BBB metodi

V

+

?

1

2

5

1. Sitorai Mohi Xosa V

2. Me`morchilikning Buxoro uslubi +

3. Usta Shirin Murodov V

4. Me`morchilikning Xorazm uslubi +

5. Islomxo`ja minorasini kimlar qurgan ?

V.O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtrok etgan o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.

VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib, mavzu so’ngidagi savollarga javob yozib kelish.

O`IBDO`:
Sana:

Fan: O`zbekiston tarix Sinf: 9

Dars mavzusi: Nazorat ishi

1. Jadidlar tarixni xonlar, amirlar almashinuvini tasvirlash o`rniga ... . A) madaniyat tarixini yo`ritishni taklif qildi

B) xalq tarixning haqiqiy bunyodkori ekanligini yoqlab chiqdi

C) o`zbek xalqining qadimgi tarixini yoritishni taklif qildilar

D) dunyoviy tarixni haqqoniy yoritishni taklif qildi

2. “Toshkentning yangi tarixi” asarining muallifini aniqlang.

A) Muhammad Solih

B) Yusuf Bayoniy

C) Mulla Olim Mahdum hoji

D) Ahmad Donish

3. Jadid adabiyotida ilk nasriy asar muallifini aniqlang. A) Fitrat

B) Muqimiy

C) Abdulla Qodiriy

D) Mahmudxo`ja Behbudiy

4. Quyidagi allomalarning qaysilari satirik yoki feyletonlar yozgan? 1) Muqimiy 2) Zavqiy 3) M.Behdudiy 4) Yusuf Bayoniy 5) Fitrat 6) Abdulla Qodiriy

A) 1,2,4,5 B) 3,4,5,6 C) 1,4,6 D) 1,2,6

5. Rus-tuzem maktablarida o`quv kuni necha qismdan iborat bo`lgan? A) uch qism

B) ikki qism

C) to`rt qism

D) qismlarga ajralmagan

6. Xorazm ananaviy teatrida ikki turkum tomoshalar bo`lib, ular ... A) oddiy xalq tasviri va saroy ahli tasviridan iborat bo`lgan

B) qo`g`irchoq va kattalar teatrlaridan iborat bo`lgan

C) kulguli va xatarli o`yinlardan iborat bo`lgan

D) zamonaviy va qadimgi o`yinlardan iborat bo`lgan

7. Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ning Xorazm maqomlarini asrash haqidagi farmoni nechanchi yilda elon qilingan edi?

A) 1878-yil B) 1869-yil C) 1898-yil

D) 1882-yil

8. 1911-1917 yillarda jadid teatrlarida qancha pyesa qo`yilgan edi? A) 25 ga yaqin

B) 10 dan ortiq

C) 50 ga yaqin

D) 30 dan oshiq

9. “Padarkush” pyesasining muallifini aniqlang. A) Hamza Hakimzoda Niyoziy

B) Mahmudxo`ja Behbudiy

C) Abdulla Avloniy

D) Nusratilla Qudratilla

10. XIX asr O`rta Osiyo maktablarida dastavval nima o`rgatilar edi? A) “Haftiyak”

B) “So`fi Olloyor”

C) Arab alifbosi

D) “Podshokitob”

11. Maktabda o`rgatiladigan darsliklarning qaysi birida musulmon marosimlari tasvirlangan edi? A) “Podshokitob” B) “So`fi Olloyor” C) “Haftiyak”

D) “Xoja Hofiz”

12. Turkistonning qaysi shahrida birinchi gimnaziya ochilgan edi? A) Samarqand B) Qo`qon C) Andijon

D) Toshkent

13. Jadid shoir va dramaturglaridan qaysi biri 1905-1968 yillarda yashab faoliyat ko`rsatgan? A) Oybek B) G`afur G`ulom C) Uyg`un

D) H.H.Niyoziy

14. Turkiston mintaqasining bosh xaritasi nechanchi yilda tuzib chiqilgan? A) 1886 yil B) 1867 yil C) 1873 yil

D) 1871 yil

15. 1871 yil tashkil qilingan O`rta Osiyo olimlar jamiyati keyinchalik nima sababdan yopib qo`yilgan edi? A) Rossiya davlati manfaatlariga zid harakat qilganligi

B) Faqat mahalliy aholi vakillarini jamiyatga jalb qilganligi uchun

C) Mablag` yetishmaganligi tufayli

D) O`lkada olimlarning yetishmasligi uchun

16. Turkistonda Arxeologiya havaskorlar to`garagi nechanchi yilda tashkil qilingan? A) 1895 yil B) 1893 yil C) 1898 yil

D) 1889 yil

17. XIX asr oxirida qurilgan Buxorodagi Sitorai Mohi Xosa saroyining ayvoni qaysi usta boshchiligida bezatilgan edi? A) Shirin Murodov

B) Hoji Hofiz

C) Mirzo Hakim

D) Mulla Qosimov

18. Quyidagi jadid pyesalaridan qaysi biri Abdulla Qodiriy qalamiga mansub? A) “To`y” B) “Juvonmarg” C) “Baxtsiz kuyov”

D) “Arshin mol olan”

19. Mashhur aktrisa V.Komissarjevskaya boshchiligidagi truppa Turkistonning qaysi shaharlarida gastrol safarida bo`ldi?

J:__________________

20. Turkistonda naqsh-amaliy sanat markazi qaysi shahar bo`lgan?

J: _________________

Sana:

Fan: O`zbekiston tarix Sinf: 9

Dars mavzusi: Yakuniy dars

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: Me`morchilik va tasviriy san`at mavzusi yuzasidan to’liq bilim berish.

b) tarbiyalovchi maqsad: O’quvchilarda Ona Vatanga, uning tarixiga bo`lgan hurmat hissini uyg`otish.

s) rivojlantiruvchi maqsad: Og’zaki nutqini o’stirish. Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya: Yangi bilimlarga ega bo’ladilar.

O’quv jarayononi tashkil etish texnologiyasi

Metod: guruhlarda ishlash, BBB metodi, savol-javob, ko’rgazmalilik, aqliy hujum.

Vosita: Dunyoning siyosiy xaritasi, O`zbekiston xaritasi, tarqatma material, ko’rgazmali qurollar.
DTS talablari:

Bilim: O’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish kerak.

Ko’nikma: Mavzu bo’yicha ko’nikma hosil qilish.

Malaka: Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars rejasi:

I. Tashkiliy qism - 3 daqiqa

II. Uy vazifasini takrorlash: - 12 daqiqa

III.Yangi mavzu bayoni - 15 daqiqa

IV. Darsni mustahkamlash - 10 daqiqa

V. O’quvchilarni baholash - 3 daqiqa

VI. Uyga vazifa - 2 daqiqa
Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a) O’quvchilar bilan salomlash

b) davomatni tekshirish.
II. Uy vazifasini takrorlash.
1-guruh. Buxoro me`morchiligining o`ziga xos xususiyatlarini sanab bering.

2-guruh. Xorazm me`morchiligining o`ziga xos xususiyatlarini sanab bering.

3-guruh. G`arb va sharq an`anasi asosida qurilgan me`morchilik inshootlarini sanab bering.

4-guruh. Turkistonda mustamlaka sharoitida tasviriy san`at qaytarzda rivojlandi?
III. Yangi mavzu bayoni:
XIX asr oxiri 20-asr boshlarida Turkistondagi yalpi iqtisodiy tanazzul, o’zaro urushlar, Xiva xonligi va Buxoro amirligining isyonchi guruhlarga qarshi kurashi, shuningdek, Rossiya imperiyasining harbiy yurishlari nafaqat siyosiy va iqtisodiy balki, madaniy taraqqiyotga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi. Uning oqibatlari kelgusidagi o’lka taraqqiyotida og’ir asoratlar qoldirdi. Bu asorat izlari o’zbek me’morchiligini ham chetlab o’tmadi. Shunday bo’lsa-da, bu davr milliy me’morchiligida betakrorlik va rang-baranglik hamda an’anaviy arxitektura saqlanib qoldi. XIX asrning oxirlarida Buxoro va Xorazm me’morchiligi qadimiy an’analarni saqlagan holda zamon ruhi bilan boyib bordi. Saroy majmualari, madrasa, jome masjidlari, kasalxona kabi davlat va jamoat binolari, shuningdek ulkan minoralar barpo etildi. Ularni bunyod etganlar o’z davrining yetuk me’morlari bo’lib, qadimiy Buxoro va Xivaning tarixiy binolarini vujudga keltirishdek og’ir, lekin sharafli ishga boshqosh bo’lgan ajdodlarning binokor avlodlari edilar. XIX asr oxiri va 20-asr boshlarida nomlari nafaqat Buxoro amirligi balki Xiva xonligi, Turkiston va Xurosonda ham mashhur bo’lgan Obloqul va Ibrohim Hofizovlar, Mo’rninjon Solihov, Shirin Murodov kabi ko’plab ustalar yetishib chiqdi. 20-asr boshlarida barpo etilgan Sitorai Mohi Xosa qurilishida yuqorida nomlari zikr etilgan me’morlar, ustalar faol qatnashgan edilar. Majmuaning maxsus Oqsaroy zaliga pardoz berish ishini Usta Shirin Murodov boshchiligida bir guruh usta ganchkorlar amalga oshirdilar. Xorazm me’morchilik maktabining sarkori Odina Muhammad Murod bo’Isa, pardoz hamda naqshinkor parchinlarni joylashtirishning sir-sinoatlarini mukammal egallagan. Usta kulollar Nurmuhammad, Abdujabbor, uning o’g’li So’fimuhammad Niyoz va Abdullalar edilar. Ular oddiy loydan go’zal san’at asarlari yaratish va tabiatdagi turli giyoh va o’simliklardan betakror ranglar kashf etish mumkinligini amalda isbotlab berdilar. XX asr boshlarida tiklangan Islomxo’ja minorasini (1908-1910) yaratish tashabbuskori va homiysi Asfandiyorxonning bosh vaziri, ma’rifatli inson Islomxo’ja edi. U bunyod ettirgan minora Xivaning faxriga aylandi. Qolaversa, Islomxo’ja o’z davrining yirik madaniyat va davlat arbobi edi. U Xorazmni dunyoning eng rivojlangan davlatlari qatorida ko’rishni istagan, vatanini tashqi dunyo bilan bog’lashga intilgan, ilg’or g’oyalar bilan to’lib-toshgan inson edi. Xorazm me’morchiligi maktabining e’tiborli tomoni shunda ediki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o’ta nozik did va nafosat timsoli arabiy yozuvlar bilan bezatilardi. Mohir xattotlar bu yozuvlarni o’ta mohirlik bilan bino bezagiga uyg’unlashtirib yubora olardilar. Yog’och o’ymakorligi esa eshik, darvoza va ustunlarni o’ymakor naqshlar bilan bezab, o’sha binolarning umumiy ko’rinishiga o’ziga xoslik va jilo baxsh etardi. Farg’ona vodiysida ham o’zbek xalq me’morchiligining o’ziga xos tarmog’i mavjud edi. 19-asrning ikkinchi yarmida vodiy milliy me’morchiligiga Yevropa me’moriy uslubidagi binolarni qurish an’analari kirib keldi. Shunday bo’lsada, 19-asr oxirlarida qurilgan Andijon jome masjidi o’z qurilishi bilan yuksak milliy me’morchilik namunasi bo’lib qoldi. Xorazm me’morchiligi maktabining e’tiborli tomoni shuki, peshtoqlar, shiplar, burjlar o’ta nozik did va nafosat go’zalligi barq urib turgan holda xattotlik yozuvlarini o’ta mohirlik bilan uyg’unlashtirib yubora olar edi. Bu davrda o’lkaga yevropa uslubidagi me’morchilik an’analari ham kirib keldi. Qurilish ishlarida milliy an’anaviy uslublar bilan birga Yevropa me’morchiligiga xosuslublar qo’llanila boshlandi. Jumladan, xalq me’morchiligida an’anaviy paxsa, guvala va xom g’isht qo’llash bilan birga zamonaviy to’rtburchak yuzli g’isht, faner, tunuka, oyna kabi qurilish ashyolaridan keng foydalanildi. Yevropa me’morchiligiga xos bo’lgan ayrim uslublar o’sha davrda qurilgan Buxoro amirining yozgi saroyi Sitorai Mohi Xosa, Xiva xoni Muhammad Rahimxon II tomonidan qurilgan Nurullaboy nomi bilan ataluvchi saroyda (1904-1912) ham ko’zga tashlanadi. Bino qurilishida ham G’arb, ham Sharq me’morchiligi an’analaridan foydalanilgan. Turkistonning bosib olingan yirik shaharlari va viloyatlarida harbiy qo’shinlari uchun qal’alar, kazarmalar, harbiy siyosiy amaldorlar, generallar uchun yevropacha ko’rinishdagi qarorgohlar qurila boshlandi. Toshkentning Yangi shahar qismida general-gubernatorlikning ma’muriy va boshqa binolari qad ko’tardi. Ular me’moriy jihatdan g’arb muhiti va uslubida qurilgan binolar edi. XIX asr oxiri 20-asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at Samarqand, Qo’qon, Buxoro miniaturachilari ijodida namoyon bo’ldi (Ahmad Donish, Abdulxoliq maxdum, S. Siddiqov). Ular tasviriy san’atning an’anaviy rivojlangan turlarini saqlab qolishdi. XX asr boshlarida an’anaviy devoriy naqshlarda ilgari ishlatilmagan manzaralar suzib borayotgan kema, temiryo’llar va hayvonlar tasvirlana boshlandi. O’zbek xalqi san’atida ramziylikka xos asriy an’analarga boy diniy-falsafiy mazmundagi naqqoshlikdan bevosita real tasviriy san’atga o’tilish holati kuzatildi. O’zbek rassomlarining iqtidori kulolchilik buyumlarini, kiyimlarni bezashda, materiallar uchun uyg’un bo’yoqlar jilosini yaratishda, kundalik turmush buyumlariga jilo berishda va boshqa amaliy san’atda namoyon bo’ldi. Buyumlardagi yuksak did, nazokat, nafislik rasmlarda yaqqol ko’zga tashlanar edi. Naqsh amaliy san’ati markazi Buxoro edi. Bu shahar ustalari nafaqat asriy san’atini saqlab qolishga, balki rivojlantirishga erishdilar. Buxorolik ustalarning har qanday asari o’z xususiyatlariga ega bo’lib, boshqa shaharlarda yaratilgan buyumlardan ajralib turar edi. Bu asarlarga xos boy tasavvur va mukammal mahorat asosan ranglar va naqshlar uyg’unligida o’z aksini topgan.
IV. Mustahkamlash: BBB metodi

V

+

?

1

2

5

1. Sitorai Mohi Xosa V

2. Me`morchilikning Buxoro uslubi +

3. Usta Shirin Murodov V

4. Me`morchilikning Xorazm uslubi +

5. Islomxo`ja minorasini kimlar qurgan ?

V.O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtrok etgan o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.

VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib, mavzu so’ngidagi savollarga javob yozib kelish.

O`IBDO`:
Download 200.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling