Dars maqsadi: a ta’limiy maqsad

Download 200.5 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2020
Hajmi200.5 Kb.
#120835
  1   2   3
Bog'liq
9-sinf ozbek

Sana:

Fan: O`zbekiston tarix Sinf: 9

Dars mavzusi: XX asr boshlarida Xiva xonligining davlat tuzimi va ijtimoiy-iqtisodiy hayoti

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: Tovar-pul munosabatlarining rivojlanishi mavzusi yuzasidan to’liq bilim berish.

b) tarbiyalovchi maqsad: O’quvchilarda Ona Vatanga, uning tarixiga bo`lgan hurmat hissini uyg`otish.

s) rivojlantiruvchi maqsad: Og’zaki nutqini o’stirish. Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya: Yangi bilimlarga ega bo’ladilar.

O’quv jarayononi tashkil etish texnologiyasi

Metod: Kim tez javob berish o`yini, Savol-javob, Ko’rgazmalilik, Aqliy hujum.

Vosita: Dunyoning siyosiy xaritasi, O`zbekiston xaritasi, tarqatma material, ko’rgazmali qurollar.
DTS talablari:

Bilim: O’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish kerak.

Ko’nikma: Mavzu bo’yicha ko’nikma hosil qilish.

Malaka: Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars rejasi:

I. Tashkiliy qism - 3 daqiqa

II. Uy vazifasini takrorlash: - 12 daqiqa

III.Yangi mavzu bayoni - 15 daqiqa

IV. Darsni mustahkamlash - 10 daqiqa

V. O’quvchilarni baholash - 3 daqiqa

VI. Uyga vazifa - 2 daqiqa
Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a) O’quvchilar bilan salomlash

b) davomatni tekshirish.
II. Uy vazifasini takrorlash.

1. Xiva xoni faoliyatini nazorat qiluvchi kengash necha kishidan iborat bo`lgan? (7 kishi)

2. Xonlikni qaysi sulola vakillari boshqargan? (Qo`ng`irotlar)

3. 1910-yilgacha hukmronlik qilgan Xiva xoni kim? (Muhammad Rahimxon II)

4. Qalandarlar kim? (Sayoq darveshlar)

5. Xon ichki siyosatda qanday huquqlarga ega bo`lgan? (Cheklanmagan, monarxiya boshqaruvi)

6. Xonlik nechta beklikka bo`lingan? (20 ta)

7. Yerdan olinadigan mahsulot uchun to`lanadigan soliq turi? (Solg`ut)

8. Kunbay, hosilning ¼ hisobiga ishlovchilar qanday atalgan? (chorikorlar)

9. Hosilning yarmi uchun ishlovchilar nima deb atalgan? (yarimchilar)

10. Xonlikda aholi necha xil soliq to`lagan? (25 xil)
III. Yangi mavzu bayoni:
Rossiya, Buxoro, qozoq dashtlari va Eron bilan savdo munosabatlari rivojlanishi, ichki savdo-sotiq avj olishi va bozor munosabatlari joriy etilishi tovar-pul munosabatlarining shitob bilan o‘sishiga imkoniyat yaratib berdi. Shaharning qishloqdan jadal ajralib chiqishi, yangi shaharlaming tez o‘sishi va eskilarining rivojlanish jarayoni ana shu asosda kechdi. Mamlakat iqtisodiy hayotida shaharlar ahamiyati va roli orta bordi. XX asr boshlariga kelib Xiva, Yangi Urganch, Qo‘ng‘irot, Toshovuz, Gurlan singari shaharlar xonlik iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayoti markaziga aylandi. Bog‘ot, Mo‘ynoq, Taxta singari yangi shahar maskanlari ham vujudga keldi. Shaharlar orasida Yangi Urganch alohida ajralib turar edi. Bu yerda rus, milliy hamda qo‘shma kapitalning omborlari, idoralari, sanoat korxonalari joylashgan edi. 11 ta paxta tozalash zavodi (ulardan oltitasi mahalliy tadbirkorlarga tegishli edi), ikkita yog‘ zavodi, sovunpazlik va ko‘n zavodi, bitta tegirmon bo‘lgan. Bu shaharda Rossiya-Osiyo va Sibir savdo bankining bo‘limlari, pochta-telegraf idorasi, 10 ta yirik, 36 ta o‘rtacha transport, komission va sug‘urta jamiyatlarining vakolatxonalari ochilgan edi. Gurlanda esa rossiyaliklarga tegishli bo‘lgan hamda mahalliy kapital jamlangan edi. Bu shaharda asosan paxtani tashib ketish bilan shug‘ullangan Rossiya savdogarlarining 10 ta idorasi va mahalliy tadbirkorlar aka-uka Rizayevlar, P.Ch.Manuilov, S.Maksum, aka- uka Solijonovlar va boshqalarning jami 9 ta paxta tozalash zavodlari joylashgan edi. 1909-yili Xiva xonligida 81 ta sanoat korxonasi ishlayotgan edi. Sanoat shakllanishi (Birinchi jahon urushi mamlakat xomashyosi va mahsulotlariga nisbatan yangi talablami ilgari surgan) 1914—1915-yillarda jadallashib ketdi. Bu davrda 40 ta sanoat korxonasi barpo etildi. Rossiya tovarlari dunyo bozorlaridagi mollar- ga nisbatan arzon bo‘lganligi sababli xonliklar bozoriga tez kirib bordi. Natijada, mahalliy ishlab chiqariladigan mahsulotlar kasodga uchradi. Mahalliy tadbirkorlar, milliy kapital namo- yandalari Rossiya bozori va Rossiya buyurtmalariga bog‘langan edi. Ular ikki davlat o‘rtasida bozor munosabatlarini rivojlantirish uchun qo‘shma bank tuzishga harakat qilishdi. 1909-yilda Rossiya-Osiyo banki va Madiyorov-Baqqolov kapitalini birlashtirgan “A-Meta” sindikati tashkil qilindi. Sindikat har yili Rossiyaga qariyb 3 ming tonna paxta xomashyosini eksport qilardi va beda urug‘ini sotib olish bo‘yicha Xiva bozorida o‘z yakkahokimligini o‘rnatgandi. Rossiya kapitali mustamlaka Xiva xonligida o‘z xomashyo bazasini yaratib, ishchi kuchining arzonligi va 1873-yilgi Gandimiyon shartnomasiga ko‘ra mahalliy bozordagi tanho huquqidan foydalanib, ulkan daromad olib, faollashdi. Xiva va Rossiya o‘rtasidagi savdo aloqalari ana shu asosda tez o‘sib bordi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanishi 1899-yilda 4,5 million rublni tashkil etgan bo‘lsa, 1912-yilda 26 million rublgacha ortdi. Tabiiyki, Xiva eksportining 90 foizi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga, asosan paxtachilikka to‘g‘ri kelar edi. XIX asrning 80-yillarida Rossiya Xiva xonligidan 1,2 million rublga paxta xomashyosini olib ketgan bo‘lsa, 1915-yilda tashib ketilgan paxtaning qiymati 15 million rublni tashkil etgan. Birinchi jahon urushi arafasida rus kapitali paxta, qorako‘l, beda, ipak, mevalar, quruq mevalar va boshqa mahsulotlar savdosini tamomila o‘z qo`liga oldi. Rus kapitali amaliyotlari tufayli Xiva xonligida ichki bozor ancha kengaydi, tovar-pul munosabatlari shitob bilan rivojlana boshladi va shu asosda yangi savdo-sotiq markazlari shakllandi. Eksport va import maqsadidagi tovarlar, shuningdek, mahalliy iste’moldagi tovarlar ham ana shu markazlarga oqib kelar, taqsimlanar, ulgurji sotib olinar va sotilar edi. Mayda savdogarlar choy, shakar, samovar, matolar, kiyim-kechak va poyabzal singari tovarlarni hatto dunyodan uzilib qolgan olis qishloqlarga ham olib borib sotar edilar. Sanoatning biryoqlama va sust rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotida hunarmand-kasanachilik ishlab chiqarishining saqlanib qolishiga olib keldi. Xorazm mahsulotlari qadimiy boy hunarmandchilik ishlab chiqarishi an’analariga ega bo‘lib, mamlakat hududidan tashqarida ham qadri baland edi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida ayrim tumanlar hunarmandchilik ishlab chiqarishining u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvi jarayoni kuzatildi. Metallni qayta ishlovchi asosiy ustaxonalar asosan Xiva, Yangi Urganch, Chimboy, Hazorasp va Begovot qishlog‘ida joylashgan edi. Bu yerda ketmonlar, omoch tishi, belkuraklar, boltalar, taqalar, idish-tovoqlar va hokazolar yasalardi. Ko'nchilik ishlab chiqarishi esa Xiva, Yangi Urganch, Xo‘jayli va boshqa maskanlarda rivojlangan edi. Qoplar va arqonlar asosan Yangi Urganchda tayyorlangan. Gilamlar, kigizlar Ko‘hna Urganch, Xazovot, Mang‘it va boshqa shaharlarda ishlab chiqarilardi. Ayni mahalda xonlikning deyarli barcha shaharlarida to‘qimachilik, sopol idishlar ishlab chiqarish, zargarlik buyumlari yasash rivojlangan edi. Xiva xonligi xo‘jaligida natural xo‘jalik ustun darajada saqlanib qolgandi. Mamlakatda uy hunarmandchilik ishlab chiqarishi ham saqlanib kelayotgan edi. Deyarli har bir dehqon xo‘jaligi yordamchi daromad manbai bo‘lgan uy hunarmandchiligi bilan shug‘ullanar edi. Dehqon xo'jaliklarida, masalan, ip yigirish va to‘quvchilik, oyoq kiyimlari, gilamlar, kigizlar va hokazolami tayyorlashlari mumkin bo‘lgan. Deyarli har bir qishloqda ko‘nchi, etikchi, bo‘zchi, bo‘yoqchi, juvozchi va boshqa kasb egalari faoliyat ko‘rsatishgan.
IV. Mustahkamlash:

1. Xiva xonligida sanoatning rivojlanbishiga qaysi omillar ta`sir ko`rsatdi?

2. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligida tovar-pul munosabatlarining rivojlanishiga qanday imkoniyatlar paydo bo`ldi?

3. Ichki va tashqi savdoni taqqoslang.

4. Kaspiyorti temiryo`lining qurilishi rossiya imperiyasi uchun qanday ahamiyatga ega edi?

5. Xiva xonligi ustaxonalaridagi shogirdning bir kunlik ish kunini tasvirlab bering.

V.O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtrok etgan o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.

VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib, mavzu so’ngidagi savollarga javob yozib kelish.

O`IBDO`:

Sana:

Fan: O`zbekiston tarix Sinf: 9

Dars mavzusi: Xiva xonligining tugatilishi

Dars maqsadi:

a) ta’limiy maqsad: Xiva xonligining tugatilishi mavzusi yuzasidan to’liq bilim berish.

b) tarbiyalovchi maqsad: O’quvchilarda Ona Vatanga, uning tarixiga bo`lgan hurmat hissini uyg`otish.

s) rivojlantiruvchi maqsad: Og’zaki nutqini o’stirish. Tarixiy manbalarni turlarga ajratish malakalarini rivojlantirish.
Tayanch kompetensiya: Yangi bilimlarga ega bo’ladilar.

O’quv jarayononi tashkil etish texnologiyasi

Metod: guruhlar ishi, Savol-javob, Ko’rgazmalilik, Aqliy hujum.

Vosita: Dunyoning siyosiy xaritasi, O`zbekiston xaritasi, tarqatma material, ko’rgazmali qurollar.
DTS talablari:

Bilim: O’quvchilarning bilim doirasini kengaytirish kerak.

Ko’nikma: Mavzu bo’yicha ko’nikma hosil qilish.

Malaka: Mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Dars rejasi:

I. Tashkiliy qism - 3 daqiqa

II. Uy vazifasini takrorlash: - 12 daqiqa

III.Yangi mavzu bayoni - 15 daqiqa

IV. Darsni mustahkamlash - 10 daqiqa

V. O’quvchilarni baholash - 3 daqiqa

VI. Uyga vazifa - 2 daqiqa
Darsning borishi:

I. Tashkiliy qism:

a) O’quvchilar bilan salomlash

b) davomatni tekshirish.
II. Uy vazifasini takrorlash.

1. Xiva xonligida sanoat qay tariqada rivojlandi?

2. Rossiya tovarlari nima sababdan xonliklar bozoriga tez kirib bordi?

3. Xiva xonligining Rossiyaga qaramligini kuchaytirgan omillarni sanab bering.

4. Tovar-pul munosabatlarini qanday rivojlanib bordi?

5. Hunarmandchiliknin gasosiy turlari nimalar edi?

III. Yangi mavzu bayoni:
19-asrning 80-yillarida Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko’hna Urganch tumanlarida dehqon uyushmalari vujudga kelib, kurash keskin tus ola boshladi. Xon ixtiyorida ularga qarshi kurash uchun kuchlar yetarli emasdi. Shu bois u Rossiya podshosi qo’shinlarini yordamga chaqirdi. Isyonlar bostirilib, dehqonlar harakati rahbarlari qatl etildi. Shunday bo’lsa-da, dehqonlarning g’alayonlari to’xtamadi. 1902-yilda Matyoqub pishiq rahnamoligida Xonqa, Hazorasp, Bog’ot tumanlari dehqonlari qo’zg’olon ko’tarishdi. Xon yana Rossiya podshosi hukumati qo’shinlariga murojaat qildi. Qattiq jazo choralari ko’rilib, qo’zg’olon tor-mor etildi. Uning rahbarlari qatl qilindi. Mustamlakachi hokimiyat va mahalliy amaldorlarning jabr-zulmi, turmush sharoitlarining yomonligi ko’plab xalq g’alayonlarini keltirib chiqardi. Xalq noroziligi ommaviy tus oldi va chuqur tomir otdi. 20-asr boshlarida arzimas sabablar bilan qo’zg’olonlar yuz berib turardi. Ba’zi tumanlarda sabr kosasi to’lgan dehqonlar o’z oilalari bilan xonlikdan ommaviy tarzda yoppasiga qocha boshladilar. 1906-yilda Yangi Urganch, Xonqa, Hazoraspda muhtoj dehqonlar yirik zamindorlar yerlarini egallab ola boshlashdi.

Xiva xonligida 1910-1911-yillar qurg’oqchilik va hosilsizlik yili bo’ldi. Xonlik aholisi ocharchilik girdobida qolgandi. Yetkazilgan zararlarni qoplash uchun xon ma’murlari aholidan imkoni bo’lgan hamma narsani tortib ola boshlashdi. Soliqlar esa oshib bordi. Aholining ommaviy qashshoqlashuvi dehqonlarda norozilik tug’dirdi. 1910-1917-yillarda dehqonlar g’alayonlari keng tus oldi: insofsiz katta yer egalari va boylarni kaltaklash, ularning imoratlari, xo’jalik inshootlari, omborlarini buzib tashlash kabilar avj oldi. 1912-yildagi Hazorasp, Xonqadagi qo’zg’olonlar keskin tus oldi. Doimiy qo’zg’olonlar natijasida xalq o’qotar aslahalar bilan qurollanib, urush olib borish taktikasini o’rganib olgan edi. Dehqonlar yirik zamindorlar va xonlik amaldorlarining yerlarini egallab ola boshladilar. Asfandiyorxon 1000 kishilik o’zining eng sara qo’shinini qo’zg’olonchilarni bostirishga tashladi. Ammo kutilmaganda Alieli va Toshhovuz o’rtasida ular qo’zg’olonchilar tomonidan tormor etildi. Xonga madadga yetib kelgan podsho hukumati qo’shinlari qo’zg’olonni qiyinchilik bilan bostirdi. Xalq qo’zg’olonlari xonlikda ijtimoiy-siyosiy harakatlar rivojlanishiga kuchli ta’sir o’tkazdi. Mamlakatdagi yalpi noroziliklar ta’siri ostida jadidchilikning Xiva xonligidagi ko’rinishi, Yosh xivaliklar harakati vujudga keldi. Uning Yosh buxoroliklardan farqli jihati harakatda aholining turli qatlamlari dehqonlar, hunarmandlar, savdogarlar, ziyolilar va mayda mulkdorlarning ishtirok etishi edi. Yosh xivaliklar harakati rahbarlari Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov, Bekjon Rahmonov, Nazir Sholikorov, Jumaniyoz Sultonmurodov kabi taraqqiyparvarlar bo’lib, ular Xorazmda katta nufuzga ega bo’lishgan. Yosh xivaliklar o’z davrining bilimdon va fozil kishilari bo’lib, Xiva xonligida ma’rifat tarqatish va islohotlar o’tkazish uchun jiddiy harakat qildilar. 1910-yilda xon «Islohotlar loyihasi»ni qabul qildi. Loyiha boshqaruv tizimini tartibga solishni nazarda tutar edi. Xon devoni saqlab qolinib, faqat amaldorlar davlat ta’minotiga o’tkazilishi mo’ljallangan edi. Loyihada, shuningdek, yangicha milliy maktablarni tashkil qilish g’oyasi ham ilgari surilgandi. Takliflar umumiy jihatlari bilan cheklanganligiga qaramasdan, ular chuqur islohotlar orqali Xiva davlatchiligi mustaqilligini tiklashga qaratilgan edi. Muhammad Rahimxon II vafot etgach, podsho hukumati yordamida taxtni uning o’g’li Asfandiyorxon (1910-1918) egallaydi. Petro-Aleksandrovskda turgan Rossiya harbiy kuchlari madadiga ishonib, yangi xon islohotlar o’tkazdi, ishni zulmni kuchaytirish va muxolifotni to’liq mahv etishdan boshladi. 1913-yilda u islohotchilar rahnamolaridan biri, mamlakat bosh vaziri Islomxo’jani davlat mablag’larini o’zlashtirishda ayblab o’ldirtiradi. Xon buyrug’iga ko’ra yerlarni yangidan o’lchash boshlandi. Aslida, bu tadbir yangi soliqlarni joriy qilishdan iborat edi. Dehqonlar esa bunga Mang’it va Xo’jaylida qo’zg’olonlar ko’tarish bilan javob berishdi Xonning tayanchi bo’lgan podsho hukumati uni uzoq qo’llay olmadi. Rossiyadagi 1917-yilgi fevral voqealaridan keyin Asfandiyorxon asosiy tayanchi podsho hukumatidan mahrum bo’lib, bir necha muddat yakkalanib qoldi. Yosh xivaliklar qulay vaziyatdan foydalanib qolishga qaror qilishdi va islohotlar uchun ochiqdan ochiq harakatni boshlab yubordilar. 1917-yil 5-aprelda ular Asfandiyorxondan islohotlar o’tkazish to’g’risidagi manifestni imzolashni talab qilishdi. Islohotlar xon hokimiyati saqlangan, ammo Majlis (deputatlar palatasi) va Nozirlar kengashi (Vazirlar kengashi) bilan cheklangan konstitutsiyaviy monarxiyani tashkil etishni o’z ichiga olgandi. Yosh xivaliklar shuningdek, davlat mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun moliya vazirligi, suv taqsimotini isloh qilish, xonlikning butun hududida yangi usul maktablarini tashkil qilish uchun qo’rnita tuzishni, temiryo’llar va pochtatelegraf tizimi qurilishini ham talab qilishgandi. Podsho hukumati qo’shinlari madadidan mahrum bo’lgan Asfandiyorxon har qanday yo’l bilan hokimiyatni saqlab qolish va vaqtdan yutish maqsadida islohotlarni amalga oshirish to’g’risidagi manifestga imzo chekdi. 1917-yil 26-apreldagi Majlisning birinchi sessiyasida 30 nafar xivalik deputat va turkmanlardan 7 nafar vakil ishtirok etdi. Majlis Vazirlar kengashini sayladi. Ammo ikki oy o’tmasdan xon boshchiligidagi konservativ kuchlar harbiy to’ntarishni amalga oshirishdi va Majlisni tarqatib yubordi. Yosh xivaliklar rahnamolari hibsga olinib, ulardan bir qismi otib tashlandi. Lekin bu voqealarga yangi bir kuch turkman urug’laridan birining sardori Junaidxon aralashdi. 1918-yil yanvarda 1,5 ming kishilik otliq otryad bilan u Xivani, keyin esa xonlikning boshqa tumanlarini egallab oldi. Asfandiyorxonni nomigagina taxtda qoldirgan Junaidxon xonlikda o’zining yakkahokimligini o’matdi. Keyinchalik uning buyrug’iga ko’ra, Asfandiyorxon o’ldirilib, o’rniga Said Abdulla taxtga o’tqazildi.
IV. Mustahkamlash: guruhlar ishi

1-guruh. Xalq g`alayonlarini to`xtatish uchun

2-guruh. Dehqonlar qo`zg`olonlari qachon va qayerlarda bo`lib o`tdi?

3-guruh. Yosh buxoroliklar va yosh xivaliklarning islohot dasturlarida qanday farqlar bor ekan?

4-guruh. Xiva xonligining qulashiga sabab bo`lgan omillarni sanab bering.
V.O’quvchilarni baholash: Darsda faol ishtrok etgan o’quvchilarni baholash, rag’batlantirish.

VI. Uyga vazifa: Mavzuni o’qib o’rganib, mavzu so’ngidagi savollarga javob yozib kelish.

O`IBDO`:

Sana:

Fan: O`zbekiston tarix Sinf: 9

Dars mavzusi: Takrorlash

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3

Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling