Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyati
Download 87.07 Kb.
|
Jamoatchilik nazorati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamida
- Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohoyti
- Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyti
- Jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning muhim asosi
- Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
- Jamoatchilik nazoratining shakllari
Reja:
Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiyatiJamoatchilik nazorati uzoq tarixga ega bo‘lsa ham, uni ilmiy tushuncha sifatida fangaijtimoiy psixologiyaning asoschilaridan bo‘lgan T.Tard olib kirdi. Uning talqinida mazkur tushuncha jinoyatchining xulq-atvorini me’yoriy qoidalar doirasiga qaytarish uchun qo‘llaniladigan usullar majmuini ifodalagan. Keyinroq, bu tushunchaning mazmuni ancha kengaydi. Bunday kengayish amerikalik sotsiologlar E.Ross va R.Park tadqiqotlari tufayli yuz berdi. Ularning talqinida jamoatchilik nazorati individga uning xulq-atvorini ijtimoiy me’yorlarga mos keltirish maqsadida o‘tkaziladigan ta’sirni anglatadi.Amerikalik sotsiolog T.Parsons tavsifida jamoatchilik nazorati sanksiyalar yordamidadeviant xulq-atvorga ta’sir o‘tkazish orqali uni me’yoriy holatga keltiradi va ijtimoiybarqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.Jamoatchilik nazorati – bu faqatgina davlat idoralari faoliyati ustidan nazorat emas, balki jamiyatning o‘zini o‘zi boshqarish usuli, boshqacha aytganda, fuqarolik jamiyatini taraqqiy toptirishning muhim omillaridan biridir.Jamoatchilik nazorati, birinchi navbatda, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari, moliya, bank, ta’lim, sog‘liqni saqlash, kommunal xo‘jalik, energetika va transport sohalarida joriy etilishi zarur. Shuningdek, bozorlar va savdo majmualaridagi mahsulotlar va xizmat ko‘rsatish sifati kabi masalalar ham doimo jamoatchilik nazoratida bo‘lishi darkor.Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohoyti
Jamoatchilik nazorati tushunchasi va mohiytiYuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, fuqarolik jamiyati institutlari bugungi va ertangi kunimizga har qachongidan ham mas’uliyat bilan qaraydigan, xalqimizning orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishda amaliy ishlari bilan yordam berishga shay tashkilotlar majmuasi sifatida jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda ishonchli hamkor bo’laoladi. Bu esa Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan konsepsiyada belgilab berilganidek, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati institutlari rivojining yangi bosqichini boshlab beradi, milliy davlatchiligimiz taraqqiyotida tarixiy burilish yasash bilan birga fuqarolarimizda yurt ravnaqi va farovonligiga daxldorlik hissini kuchaytiradi hamda ularning ijtimoiy faolligini oshiradi.Jamoatchilik nazorati ijtimoiy nazoratning muhim asosi
Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
Jamoatchilik nazoratining sub’ektlari
Mamlakatimizda jamoatchilik nazoratiga aloqador qonunlarning puxta o‘ylab tuzilayotgani va qabul qilinayotgani Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyati to‘g‘risidagi axborot jumlasiga normativ va boshqa hujjatlarning loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilganida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur holat jamoatchilik nazoratining davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining faoliyatini tadbirlar rejalashtirilishi bosqichidayoq nazorat qilish uchun imkoniyat yaratadi.Konstitutsiyamizda davlatimiz ijtimoiy davlat ekani mustahkamlab qo‘yilgan. Jamoatchilik nazoratidavlatning ijtimoiyligini ta’minlaydigan muhim omildir. Jamoatchilik nazorati bo‘lmagan davlatni ijtimoiy davlat deb bo‘lmaydi. Jamoatchilik nazorati qanchalik kuchli bo‘lsa, davlatning ijtimoiylik darajasi shunchalik yuqori bo‘ladi.Davlat ijtimoiy hayotida xalq qo‘llabquvvatlagan narsalargina yashashi kerak.Jamoatchilik nazoratining shakllari
Download 87.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling