Fizik xossalari: Galogenlarning ayrim xossalari bilan “Kimyoviy elementlarning tabiiy oilalari” mavzusida tanishganmiz.
Galogenlarning nisbiy atom massalari ortgan sari fizik xossalari ma'lum qonuniyat bilan o'zgaradi. Oddiy sharoitdagi agregat holati va rangi quyuqlashib boradi. Ftor och-yashil rangli gaz, xlor sarg'ish-yashil rangli og'ir gaz, brom qizg'ish-qo'ng'ir rangli suyuqlik, yod esa to'q-kulrang kristall moddadir. Shu tartibda qaynash harorati va zichlik ortib boradi.
Galogenlarning suvda eruvchanligi nisbatan ancha каm. Masalan, 1 hajm suvda odatdagi sharoitda 2,5 hajm xlor eriydi, yodning eruvchanligi 0,02 ga teng (100 g suvda 0,02 g yod eriydi). Organik erituvchilarda galogenlar yaxshi eriydi (organik erituvchilar — benzin, kerosin, atseton, turli xildagi spirtlar, benzol va h.k.).
Yod sublimatlanish xossasiga ega, ya'ni u qizdirilsa bunafsha rangli gaz holatiga o`tadi.
Qattiq moddalarning suyuq holatga o'tmasdan gaz holatga, gaz holatdan yana suyuqlanmasdan qattiq holatga o'tishi hodisasi sublimatlanish deyiladi.
Kimyoviy xossalari. Ftordan yodga tomon (F2, Cl2, Br2, J, qatori) galogenlarning atom radiusi ortib boradi. Bu ftorning valent elektronlari yadroga yaqin, yodda esa uzoq, ya'ni yadroga bo'shroq tortilib turadi. F2° - CL2 0 - Br2 0 – J2 0 qatorda:
- oksidlovchilik xossasi kamayib boradi;
- kimyoviy faolligi kamayib boradi;
- qaytaruvchilik xossasi ortib boradi.
F - - CI - - Br- - J- qatorda esa kimyoviy faolligi ortib boradi. Bu ionlarda tashqi energetik qavat sakkizta elektron bilan to'lgan, ular elektron qabul qila olmaydi, aksincha elektron berib oksidlanadi.
Ftor galogenlar ichida eng faol elementdir. Hatto kislorod ham ftor ta'sirida oksidlanadi. Suv esa alangalanib yonadi:
2Н2 O-2 + 2F 20 = 4 HF-1 + O20
Do'stlaringiz bilan baham: |