Dars maqsadi


Download 15.44 Kb.
Sana05.12.2020
Hajmi15.44 Kb.
#160100
Bog'liq
5 sinf kk


SINF

5 “A”

5 “B”

SANA

26.II.2020.

26.II.2020.

MAVZU: O’ZBEKISTONNING TARIXIY SHAXARLARI.

DARS MAQSADI:

Ta’limiy maqsad: o’quvchilarga O’zbekistonning tarixiy shaxarlari haqida ma’lumot berish.

Tarbiyaviy maqsad: TK -1 o’quvchilarga har qanday vaziyatda xam inson o’zligini unutmasligi lozimligini tushuntirish. TK – 4 Ba’diy va san’at asarlarini tushinish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog’lom turmush tarziga amal qilish loyaqatlarini shakllantirish nazarda tutadi.

3. Rvojlantiruvchi maqsad: TK – 3 doimiy ravishda o’z o’zini jismoniy ma’naviy, ruhiy intelektual va kreativ rivojlantirish, kamolatga intilish hayot davomida mustaqil o’qib o’rganish ko’nikmalarini egallashni nazarda tutadi.

DARS JIHOZI: darslik, siyosiy xarita, tarqatma materiallar , ko’rgazmali qurollar.

DARSNING BLOK SXEMASI:

No

DARSNING QISMLARI

BELGILANGAN VAQT

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

O’tilgan mavzuni takrorlash

12 daqiqa

3

Yangi mavzu bayoni

14 daqiqa

4

Mustaxkamlash

12 daqiqa

5

Baxolash

2 daqiqa

6

Uyga vazifa

2 daqiqa

I.TASHKILIY QISM

Sinf xonasining tozaligiga e’tibor berish, o’quvchilar bilan salomlashish, o’quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish. O’quvchilarni darsga jalb qilish va davomadni aniqlash.



II.O’TILGAN MAVZUNI TAKRORLASH

1.Turkiston general gubernatorligi qachon tuzilgan?

2. Sovet qo’shinlari Toshkentni qachon bosib oldilar?

3. Sovet mustamlakachilariga qarshi qo’zg’olon qaysi hududlarda bo’lib otdi?



III.YANGI MAVZU BAYONI:

Shaxar milloddan avvalgi VII asrda bunyod etilgan . Qarshi shaxri bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining markazidir. O’zbekiston mustaqilligi yillarida Qarshi sahxrida xam katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 2006-yilda shaxarning 2700-yilligi nishonlandi.

Termiz shaxri. O’zbekistonning yana bir qadimiy shaxri Termiz shaxridir. Bu nom << jar sohilidagi manzil >>degan ma’noni bildiradi. Shaxar o’rta osiyoning yirik va madaniy savdo shaxri bo’lgan.Dunyo bozorlarida Termizning hunarmandchilik maxsulotlariga talab katta bo’lgan. 2002-yilda termiz shaxrining 2500-yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi.

Marg’ilon shaxri. Marg’ilon bugungi kunda Farg’ona viloyatiga qarashli bo’lgan shaxar. Olimlar shaxar nomini maysazor , o’tzor degan ma’noni anglatadi degan taxminga boradilar.Shaxarga bundan 2000-yil avval asos solingan. Shaxarning 12 ta darvozasi bo’lgan. Marg’ilon buyuk ipak yo’ida joylashganligi uning iqtisodiy jixatdan rivojlanishiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatgan.Marg’ilonda to’qilgan matolar Misr, Eron, Gretsiya va qashg’arda juda mashhur bo’lgan.



IV.MUSTAXKAMLASH:

1.Termiz shaxrining 2500-yilligi xalqaro miqyosda qachon nishonlangan?

2. Marg’ilonda to’qilgan matolar qaysi davlatlarda mashxur bo’lgan ?

3. Marg’ilon shaxri etimologiyasi haqida olimlar qanday fikr bildirganlar. Marg’ilon so’zining manosi qanday?



V.BAHOLASH; o’quvchilarni ma’naviy rag’batlantirish.

VI.UYGA VAZIFA: mavzuni o’qib o’rganib kelish.

O’.T.I.B.D.O’_______________________A. Yunusov.
Download 15.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling