Dars mavzusi : Son so’z turkumi Darsning maqsadi : a Tarbiyaviy


Download 47 Kb.
Sana07.11.2020
Hajmi47 Kb.
#142194
Bog'liq
son so'z turkumi. nurimova Dildora


Nurimova Dildora 2- kurs talaba.

Dars mavzusi : Son so’z turkumi

Darsning maqsadi :

a) Tarbiyaviy : O’quvchilarga tarbiyaviy , ahloqiy g’oyalarni singdirib , Vatanparvarlik , mrhnatsevarlik ruhida tarbiyalash ;

b) Ta’limiy : O’quvchilarga mavzu bo’yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar berib , ularning bilimlarini oshirish ;



v) Rivojlantiruvchi : Mustaqil fikrlashni o’stirish , savodxonligini oshirish ;

g) Kasbga yo’llovchi : Mavzuni tushuntirish orqali halol , fidoiy , vijdonli , kasb egalari bo’lishga undash ;

d) Milliy istiqlol g’oyalarini singdirish ; O’quvchilarni milliy istiqlol g’oyalarini idrok etishga o’rgatish ;

Dars turi : Yangi bilimlarni o’zlashtirish

Dars uslubi : Ko’rgazmali – amaliy



Dars usuli : Aqliy hujum

Dars jihozi : Mavzu bo’yicha tayyorlangan ko’rgazmalar , darslik , guruhlarga beriladigan rag’bat , jarima va guruh a’zolariga beriladigan ( 5 ball ) ( 4 ball) , ( 3 ball) shaklidagi kartochkalar

darsning borishi :


I. Tashkiliy qism

a) Salomlashish

b) Dars shiori

Ona tilim , jonu dilim

Sen –la olay chuqur bilim

v) PIY :

Ilm o’rganmoq har bir muslum va muslima uchun ham qarz , ham farzdir . ( Ushbu hadisni guruhlar aro sharhlash )



g) Sinf o’quvchilarini guruhlarga ajratish :

1- guruh - tartib son

2-guruh – miqdor son
II. Yangi mavzu bayoni :

Dars rejasi :

a) Son so’z turkumi haqida ma’lumot

b) MIqdor va tartib sonlar haqida

v) Mashqlar bajarish

Mavzu ilg’or pedagogik texnologiya asosida har bir guruh a’zolari tomonidan tushuntiriladi .

guruhlar va guruh a’zolari rag’batlantirilib , o’qituvchi tomonidan mavzu umumlahstiriladi , ya’ni son – mustaqil so’z turkumining 3 ko’rinishi bo’lib , narsalarning son – sanog’ini va tartibini bildirib , qancha ? , necha ?, nechanchi ? so’roqlariga javob bo’ladi. Shu xususiyatiga ko’ra sonlar ikkiga ajratiladi :

1. Miqdor sonlar

2. Tartib sonlar

Son gapda otga bog’lansa , aniqlovchi bo’lib keladi :

Masalan :

Sinfimizda yigirma olti o’quvchi bor

Son gapda fe’lga bog’lansa hol , gapning oxirida kelsa kesim vazifasini bajaradi .

Masalan :

U olmadan beshta yedi . Ikki o’n besh – bir o’ttiz .

O’quvchilar , mavzu tushunarli bo’lsa mashqlar bajaramiz .

1- topshiriq

1. O’nta daftar sotib oldim .

2. Maktab bog’ida bir yuz ellik ta niholni qurib chiqdilar .

2-topshiriq

1. Men beshinchi sinfda o’qiyman .

2. Biz o’n oltinchi maktabda o’qiymiz .

253 – mashq

Miqdor sonlar : O’n , ikki , to’rt , besh , olti , yeti , to’qqiz

Tartib sonlar : birinchi , ushinchi , sakkizinchi

255- mashq

1. Bir otasi , bir onasi , necha yuz ming bolasi . ( quyosh va oy yulduzlar)

2. Bir daraxtada o’n ikki shoh , har shohida o’ttiz yaproq , yaprog’ining bir yog’I qora bir yog’i oq . ( yil , oy , kecha va kunduz )

3. Dars samarasi haqida o’quvchilar bilan suhbatlashish .

4. Guruhlarning ballarini jamlab , guruh a’zolarini baholash .

5. Uy ishi : 256 – mashq “ Bizning sinfimiz “ mavzusida matn tuzish . Unda miqdor va tartib sonlardan foydalaning .


Son turkumi orasida ,

Viqor-la turar son ham

Vazifasin bajarishda ,

Boshqalardan bo’lmas ham


Son narsa buyumlarning

Bildiradi sanog’in

Ma’nosi-la aniqlatar

Tartibin va sanog’in .


Mazmuniga ko’ra ular

Bo’linishar ikkiga

Nomini olishganlar ,

Vazifasin ko’rsatdim


Aniq qilib sonlarning

Qunt bilan ilm olsang

Bekor ketmas onlaring .

Azizlarim , darslikning


Har mavzusin egallang .

Chuqur bilim olishga

Sitqi dildan bel bog’lang .

Miqdor sonni aniqroq

Bilish istab yanada

Lozim bo’lib o’rganmoq ,

Uni tag’in oltiga
Chunon kuchga to’lishgan

Oltita o’g’loni bor

Dildan xizmat etishar .

Yalqovlik ularga or ,


Kuling , aziz o’quvchim ,

Buni bir-bir ko’raylik

Pahlavonlar yumushin

Aniq tahlil etaylik


Uchunchisin so’zlasak ,

Nomi uning chama son

Vazifa aniqlatish – chun

Beramiz unga imkon .


Miqdor sonning bir turi ,

Jamlovchiga qaraydi .

Sanoq sonlarni toplab ,

Jamlashga doim shaydir


Beshinchi farzandimni

Atasharlar taqim son

Barcahga barobardir .

U ham bilimlarga kon

Birinchi galda turar ,

Sanoq sonlar gerdayib ,

Son –sanog’ini bildirar

Hech ketmasdan qaltayib .


Ikkinchisi ham nodir

Sanaydi dona –dona

Tub , bog’ , bosh va nafar

Aniqlikda yagona
- ta qoshimchasi har on

qo’shsak agar miqdorga

hosil bo’lur dona son ,

kerakdir do’st-u yorga .


ba’zi o’rimlarda – chi ,

Litr so’zin qo’llaymiz

Og’irlik ma’nosida ,

Grammni ham qo’llaymiz

- tacha , - lar hamda - larcha ,

Sanaladi qo’shimcham .

Murakkab emas juda ,

Atigi uchta ixcham


Miqdor son o’zagiga ,

Qo’shib qo’shimchalar ,

Chamalayman sanog’in ,

Aniq ko’rsatmay tag’in .


Yuzlarcha , o’nlab misol ,

Keltiraman namuna

Do’stim aniq anglab ol ,

Yodingdan chiqmasin- a


Men jamlovchi , jamlovchi ,

O’zin ishga chog’lovchi .

Tarqoq sonlarni darhol ,

Birlashtirib bog’lovchi .

Miqdor son o’zagiga ,

Qo’shsang agar qo’shimcham

Inoqlikni yoritgan , sonlar hosil etaman


  • ov , - ala – ovlon mening ,

sanaladi qo’shimcham

Tinch va totuv yashasak

Juda soz bo’lar ko’rkam .

Ikkovlon ham beshala ,

Menga misol bo’ladi .

Sonlar hosil qilishda

Oy ko’makka keladi

Qo’shimchalarin qo’shib

Bo’lmaydi barcha songa

Ikkidan , yettigacha

Egadir bu imkonga
-Tadan qo’shimcha bilan

Yangi son hosil etar

Taqsim kerak bo’lsa qar

Bir pasda ishi bitar

Uchtadan , oltitadan

Juda ko’p bunga misol

Taqsimlash vazifasin

Yodinda tut , uqib ol

Kasr son ham guruhning

Biz a’zosi sanalmish

Og’alari safida

Oltinchi bo’lib turmush


Ifodalar butunning

Qancha miqdor qismini

Hayotingizda uchrar

deyarli u har kuni


misol :

sakkizdan olti ,

bir butun , o’ndan uchdir

buni anglab yetmasang

u senga keyin kechdir

Ikkinchi guruhda –chi

Tartib son turar tanho

Navbatni bildiradi ,

Xato qilmasdan aslo
Sanoq son asosiga

Qo’shar u ham qo’shimcha

Yangi sonlar yasash – chun

Ter to’kar dildan ancha


Unlidan so’ng – nchi va ,

Undoshdan keyin – inchi



Shunday qilib tartibni

Ko’rsatadi birinchi
Download 47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling