Дарс мавзуси Мустахкамлаш («Келишик шакллари»мавзуси юзасидан)
Download 88.5 Kb.
|
9-sinf ochiq dars Ona tili dars ishlanma
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars shiori: “Maqsadimiz – mustaqil, erkin fikirlay oladigan yoshlarni tarbiyalash“. DARS BORISHI: 1.Tashkiliy qism: 1. Salomlashish
- Suv – tanamizning qoni
Dars mavzusi: Bog’langan qo’shma gap ( 1 soat) Dars maqsadi: a) ta’limiy: o‘quvchilarga bog’langan qo’shma gap yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy bilim berish; b) tarbiyaviy: o‘quvchilar shaxsidagi oliy insoniy fazi latlarni mustahkam-lash; tabiatni, ona-Vatanni asrab-avaylashga, unga sodiq farzand bo’lishga, ona tilimiz rivoji uchun munosib hissa qo’shishga da’vat etish; d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilar nutqi va mustaqil fikrlashi qobiliyatini o‘stirish, dunyoqarashini kengaytirish, o‘z-o‘zini boshqarishga o‘rgatish, o‘qituvchilik sifatlarini shakllantirish, ya’ni kasbga yo‘naltirish. Dars turi: yangi bilim berish; Dars uslubi: test, suhbat, muammoli ta’lim; Dars jihozi: 1) I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”, O’. Hoshimovning “Daftar hoshiyasidagi bitiklar “ asarlari, gazeta materiallari, 2) kodoskop, kalkulyator, manzarali rasmlar, tarqatmalar; Dars shiori: “Maqsadimiz – mustaqil, erkin fikirlay oladigan yoshlarni tarbiyalash“. DARS BORISHI: 1.Tashkiliy qism: 1. Salomlashish 2. Davomotni aniqlash 3. Ma’rifiy-ma’naviy daqiqa: “Suv – tanamizning qoni” mavzusida . O’qituvchi ma’rifiy-ma’naviy daqiqani quyidagi topishmoq bilan boshlaydi: Ketaveradi, ketaveradi, orqasiga qaramaydi (suv). Shu tarzda o’quvchilar mavzuga yo’naltiriladi va quyidagi matn o’qitiladi: Suv – tanamizning qoni Chanqagan insonga suv tutsangiz ,”Suvdek serob bo’ling”, deya min-natdorchilik bildiradi. Biz uchun serob tuyulgan suvning ham o’z o’lchami bor … Suv nafaqat chanqoqni bosadi, balki intellektual salohiyatni ham oshiradi. Olmoniya olimlari buni isbotlash maqsadida antiqa tajriba o’tkazishdi. Talabalarning ayrimlariga ko’p, ayrimlariga oz muqdorda suv ichirildi . Savol-javob qilinganda ko’p suv ichganlar dadil va aniq javob qaytargan. Demak, suvni me’yorida istemol qilish ruhiy tetiklik bag’ishlab,aqliy faoliyatni yaxshilaydi . Suvga tikilish asabni tinchlantirib, insonni tetiklashtiradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, to’lib-toshib oqayotgan daryo-yu dengizlar, kunda iste’mol qilinadigan ichimlaik suvi vujudimizdagi yovuz quvvatlarni, yoqimsiz taassurotlarni o’ziga tortib olar ekan. Mashhur okeanolog Jak Iv Kusto: “ Yer hammamizning umumiy uyumiz, suv esa tanamizning qoni”, - degan edi. Qissadan hissa shuki, suvga jon kabi e’tibor zarur. ( “Ma’rifat”gazetasi, 18-sentabr. Maftuna Keldiyorova maqolasidan). Download 88.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling