Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi


Download 283 Kb.
bet2/21
Sana14.12.2022
Hajmi283 Kb.
#1006529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ONA TILI.2 CHORAK

Husnixat daqiqasi:
Odamning husni - mehnatda.

190-mashqdagi topishmoq javobi o‘qitiladi va otlarning qanday so‘roqlarga javob bo‘lishi aytiladi. So‘zlarning talaffuzi bilan yozilishi mos kelmaydigani doskada yoziladi.

Diqqatni tekshiramiz?” ta’limiy o‘yini o‘tkaziladi. Bunda o‘qituvchi doskaga mashqdagi so‘zlarni noto‘g‘ri yozib qo‘yadi. O‘quvchilar berilgan so‘zlardan imloviy xatolarini topib to‘g‘rilaydi. Masalan: Shifdan,(Shipdan),(kunduzi–kundusi), (lampochka- lampichka) ,yulduzi (yuldusi).

III.Yangi mavzu bayoni.
191-mashq sharti tushuntiriladi, shart asosida bajartiriladi.
Turkiy tillar o‘lkasi.
Ajratilgan otlarning gapdagi vazifasi - ega . Osmon, Quyosh so‘zlarining ma’nodoshlari. Osmon-samo, falak, Ko‘k.Quyosh-Shams, oftob, kun.
Turkiy tillarga- o‘zbek , qozoq,uyg‘ur, boshqird, qirg‘iz, ozarbaydjan,turk va hakazo.

1 -topshiriq.
191-mashq. Mashq matni va ostidabir, ikki to‘g‘ri va to‘lqinli chiziqlar beriladi. O‘quvchi ajratilgan so‘zning gapdagi vazifasiga ko‘ra uchta chiziqdan tegishlisini tanlab, shu so‘zni belgilaydi.

IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.

2 -topshiriq.
192-mashq matnidagi gaplar bittadan chiqadi. O‘quvchi gapdagi otlarni topib, gap ostidagi kelishik nomlarini so‘z ustiga to‘g‘ri qo‘ysa, so‘z yonidagi qavs ichida kelishik nomi beriladi. So‘ng gap ostidagi uchta chiziqdan (bir, ikki to‘g‘ri va to‘lqinli chiziq) tegishli to‘g‘risini qo‘ysa, so‘z ostida chiziq qoladi

“Tulki va Turna” ertagidan olingan parchani o‘qiladi. Gapdagi otlarni aniqlab, qaysi kelishikdaligini ko‘rsating. Otlarning gapdagi vazifasini tegishlicha belgilang.
192- mashqdagi „Tulki va Turna” ertagidan olingan parchani o‘qitiladi.
T ulkining boshiga musibat tushdi. Tomog‘iga suyak qadaldi. Turna Tulkining tomog‘idan suyakni olib tashladi. Tulki o‘limdan qutuldi. Ular do‘st bo‘lishdi. Turna to‘g‘ri ish qildimi? Tulki bilan Turna do‘st bo‘la oladimi? deb mashqning tarbiyaviy ahamiyati so‘raladi.
Mashq asosida „Tahlil qolipi“ ta’limiy o‘yinidan foydalaniladi. Buning uchun mashq shartiga ko‘ra matn o‘qitiladi va sarlavha topiladi. So‘ng ajratilgan so‘zlar quyida keltirilgan jadvalga yozib, so‘zlarda ishtirok etgan egalik va kelishik qo‘shimchalar nomi ostiga yozib chiqib tahlil qiladilar. Topshiriqni bajarishda juftlikda bajariladi.





Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling