Dars mavzusi: Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanishi


Download 283 Kb.
bet4/21
Sana14.12.2022
Hajmi283 Kb.
#1006529
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
ONA TILI.2 CHORAK

3 -o‘quvchi 4-o‘quvchi


5 -o‘quvchi 6-o‘quvchi

Darslikdagi 195- mashq matnni o‘qitiladi. Bosh kelishikning so‘roqlari yordamida otlarni topiladi.


Bosh kelishikdagi otlarni unga bog‘langan so‘z bilan birga ko‘chiriladi. Bosh kelishikdagi ot gapda qaysi bo‘lak bo‘lib kelgan? Shu otga bog‘lanib kelgan so‘z-chi?Gapda bosh kelishikdagi otni qanday aniqlaysiz?

195-mashq. Matndagi gaplar bittadan namoyish etiladi. O‘quvchi topshiriqni bajarish uchun bosh kelishikdagi so‘zni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ajratadilar. So‘z birikma gap ostiga tushadi. Keyingi gaplar ham shu tartibda bajariladi. Topshiriq bajarilgach, matn ajratilgan so‘zlar bilan namoyish etiladi.

IV.Yangi mavzuni mustahkamlash.
O‘tilgan mavzular yuzasidan savol – javob berib darsni mustahkamlanadi bosh kelishikdagi ot kim?, kimlar?, nima?, nimalar?, qayer?, qayerlar? so‘roqlardan biriga javob bo‘ladi, gapda ko‘pincha ega vazifasida keladi.
Ijodiy ish uchun topshiriq beriladi:Qish tasvirlanganrasm doskaga ilinadi , rasmdan olgan taassurotdan foydalanib, qish, qor, sovuq haqida 4-5 gapli matn tuzish va matndan quyidagi so‘z va iboralardan foydalanish kerakligi aytiladi: momiq par, oq choyshab, qahraton qish, osmon elak, qor zarralari, izg‘irin, fayz beradi, oq kiyimda.
Namuna: Qahraton qish kunlari edi. Osmon elak kabi qor zarralarini yerga elardi. Yer bir zumda oq choyshabga o‘raldi. Daraxtlar qordan oq kiyim kiydi. Bu qishlog‘imizga fayz berib turardi.

Darvoza” ta’limiy oyini oynatiladi. Bu oʻyinda 2 nafar oʻquvchi qoʻllarini birlashtirib, darvoza shaklida turadi.Ularning orqasida oʻquvchilar uchun tayyorlangan meva va sabzavotga tegishli rasmi yoki oʻyinchoq boʻladi.(M-n: anor,uzum, olma,shaftoli, nok ,baqlajon,sabzi)
Oʻqituvchi tomonidan oʻyin ishtirokchilariga tarqatmalar beriladi.
Soʻzlarni bo‘gʻinlarga toʻgʻri ajrata bilish , so‘rog‘ini to‘g‘ri qo‘yish, unga egalik qo‘shimchalari qo‘yib aytish topshirig‘i beriladi.
Ularga toʻgʻri javob bergan oʻquvchi darvozadan oʻtib,xohlagan mevani yo‘ki sabzavotni oladi va u qanday maza-ta’mga ega ekanini ham aytib oʻtadi.



O‘quvchilar bilimini mustahkamlash uchun test olinadi.
1. Asosdosh so‘zlarni toping.
A) gul, anor B) ishchi, ishla, ishli D) binokor, shifokor
2. So‘z o‘zgartuvchi qo‘shimchani toping.
A) –la, -illa, -chi B) –ni, -ning, -da, -ga D) –lar, -zor
3. Ot so‘z turkumi savolini ko‘rsating.
A) qanday? Qanaqa? B) Kim? Nima? D) nima qildi?
4. Birlikdagi egalik qo‘shimchalari qaysilar?

Download 283 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling