Dars mavzusi: Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar"asari matni bilan ishlash
Download 18.78 Kb.
|
2 5458513858207429237
Dars mavzusi: Pirimqul Qodirov "Yulduzli tunlar"asari matni bilan ishlash. Dars maqsadi: a)ta’limiy m- o’quvchilarda yozuvchi ijodini o’rganish va asarda ilgari surilgan g’oyalarni singdirish; b) tarbiyaviy m: o’quvchilarni vatanparvarlik, bag’rikenglik va millatparvarlik ruhida tarbiyalash. Dars turi:noan’anaviy dars Dars jihozlari:ko’rgazmalar, Pirimqul Qodirovning ‘Yulduzli tunlar’’ romani. Darsning borishi: Tashkiliy qism:o’quvchilar bilan salomlashiladi, davomat olinadi, o’quvchilarning darsga tayyorligi tekshiriladi.O’quvchilardan ‘Vatan’’haqida she’r so’raladi. O’tilganlarni takrorlash:o’tilgan mavzuni .mustahkamlash uchun o’quvchilarga quyidagi topshiriq beriladi. "O'rnimni top" metodi Ushbu metod badiiy asarlarning syujeti bilan bog'liq voqealarni tahlil qilishda yaxshi samara beradi. Asar voqeasi bilan bog'liq jumla yoki so'z keltiriladi va shu jumla asarning qaysi o'rnida qo'llanganligi syujet bayoni orqali so'zlab beriladi. … Jamna bo’yida bir buq’ayi xayr qurdiring. Qozonda karundi daraxtining nordon mevasidan qo’shib tayyorlangan mazali qayla pishib turibdi. Uning yig’idan namlangan ko’zlari po’lat tig’ning sovuq jilosini eslatib nafrat bilan yaltirab ketganini hech kim ko’rmadi. Qozonda karundi daraxtining nordon mevasidan qo’shib tayyorlangan mazali qayla pishib turibdi.. Agar bayxayri salomat guzar zi sind kunam, Siyoro’y shavam, gar havoyi Hind kunam. Tohir filbon rahnamo la’l chandni eslab… Bizning ikkita navkarimizni filiga urdirib , mayib qilib ketggan edi. Kasalman, nevaram kelib ketsin. Malikani mo’tabar onamizday ehtirom qiling. Masalan: "Agar bayxayri salomat guzar zi Sind kunam, siyoro’y shavam,gar havoyi Hind kunam’’ jumlasiga quyidagicha javob beriladi: Boburning yaqin beklaridan hisoblangan Xoja Kalonbek Hindistonga kelishidan norozi edi. Sababi bu yer juda issiq edi. U ham boshqa mulozimlar kabi Kobul va G’azni singari salqin joylarga ketishni xohlardi. Shu sababli u o’zini boburga qiynalayotgani va qarib qolgani uchun o’limidan so’ng qabri o’zga yurtlarga qolib ketishidan xavotirda ekanini tushuntiradi. Bobur unga rahmi kelib G’azniga ketishiga ruxsat beradi va ketishidan oldin boshqa beklarni ham o’ziga ergashtirmasligini, ish yuzasidan borayotganligini aytadi. Lekin Xoja Kalonbek ketishidan oldin uyning devoriga ushbu baytlarni yozib ketadi (agar bayxayri salomat guzar zi Sind kunam…) . Bu baytning ma’nosi quyidagicha edi:sind daryosidan eson- omon o’tgach , yana Hindni havas qilsam, yuzim qora bo’lsin. Bobur bu orqali Xoja Kalonbekning soxta mulozamatini bilib qoladi va unga javoban quyidagi baytlarni yozib unga jo’natadi : Berdi senga Sind-u Hind-u mulki bisyor. Issiqlig’iga gar senda yo’qdur toqat, Sovuq yuzin ko’ray desang G’azni bor. Ushbu topshiriqdan so’ng o’quvchilar alohida rag’bat kartochkalari orqali baholanadi. Yangi mavzu bayoni: "O'yla, izla, top"metodi. Ushbu metod ko'p bosqichli bo'lib, o'quvchilardan topqirlikni talab etadi. Bu metodni guruh bo'lib yoki yakka holda ham bajarish mumkin. Metodning afzalligi shundaki, o'quvchi asar matni bilan bog'liq barcha ma'lumotlarga ega bo'ladi.
Download 18.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling