Dars mavzusi: “Ravshan” dostoni. (1-soat) Darsning maqsadi
Download 8.18 Kb.
|
7-sinf 2-chorak. Ravshan 1-soat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dars turi: suhbat, savol-javob. Darsning jihozi: 7-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari. Darsning rejasi
- Uyga vazifa
Sana ____ ___________ 7-sinf adabiyot Dars mavzusi: “Ravshan” dostoni. (1-soat) Darsning maqsadi: ta’limiy maqsad-o’quvchilarda insonga xos nozik sezimlarni tuyish, o’z Vatani va e’tiqodiga sadoqat tuyg’ularini shakllantirish; tarbiyaviy maqsad- o’quvchilarni doston matni bilan tanishtirish, undagi obrazlarni tahlil qilishga o’rgatish va badiiy timsol haqida tushuncha berish; rivojlantiruvchi maqsad- o’quvchilarda aytgan gapi, tanlagan yo’li, bosgan qadami, qabul qilgan qarori uchun javobgarlik xisini shakllantirish. Dars turi: suhbat, savol-javob. Darsning jihozi: 7-adabiyot darsligi, mavjud texnika vositalari. Darsning rejasi: Tashkiliy qism; Uyga vazifani so’rash; Doston haqida Savol-javob; O’quvchilarni baholash; Uyga vazifra berish; Darsni o’quvchilar bilan salomlashish, davomatni aniqlash bilan tashkil etaman. Darsni tashkil etib bo’lgach, yangi mavzu yuzasidan ma’lumot beraman. Bu darsda “Ravshan” dostonini kuylagan Ergash Jumanbulbul og’lining hayot yo’li, ajdodlari haqida qisqa va qiziqarli ma’lumot beraman. Shoirning ota-bobolaridan besh kishi, momolaridan ikki kishi va ikki akasi xalq dostonlari va termalarini kuylovchi baxshilar bo’lganligini aytib o’taman. Ergash shoirning otasi Juman baxshi iste’dodining qudrati va kuylash mahoratining yuksakligi uchun el orasida Jumanbulbul deb nom olgan, uning to’la yod bilgan asarlari yuz nafarga yaqin bo’lgan. “ Ravshan” dostoni Go’ro’g’li turkumiga kiruvchi asarlar sirasidan. Bu turkumdagi asarlar soni yuzdan ortiqroq. Ergash bulbulning ham favqulodda kuchli xotiraga, katta iste’dodga ega ekanligiga o’quvchilar e’tiborini qarataman. Buning uchun folklorchilarni hayratga solib kelayotgan bir hodisani aytib beraman. Shoir keksaygan chog’ida unga qozoq xalqining mashhur dostoni “Qiz Jibek”ni ikki marta o’qib beradilar. So’ng Ergash Jumanbulbul o’g’li dostonga qaramay, o’zbek tilida “Qiz Jibek”ni deyarli o’zgarishsiz ayrim to’ldirishlar bilan kuylabgina qolmay, yozib ham chiqadi. O’quvchilarni darslikidagi parchani bir qismi bilan 22-23 daqiqa ichida tanishtiraman. Dars yakunida darsdagi ishtirokiga ko’ra o’quvchilarni baholayman va uuyga vazifa beraman. Uyga vazifa: Dostondan olingan parchani qayta o’qish va o’zlariga ma’qul kelgan o’rinlarni qayd etish. Ko’rib chiqildi, foydalanishga ruxsat:___________IBM (imzo) Download 8.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling