dars «Ona tili» 6– “A”, “B” sinf «A» «B» Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji


Download 1.44 Mb.
bet306/327
Sana11.05.2023
Hajmi1.44 Mb.
#1454873
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   327
Bog'liq
6-sinf ona tili yillik dars ishlanma yangi

Foydalaniladigan adabiyotlar:
1) «Ona tili» 6-sinf uchun darslik.
I. Darsning borishi:
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
c) kirish suhbati, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirish
II. O’tgan mavzuni so’rash.
III. Yangi mavzu:
Topshiriq. Berilgan ravishlardan qanday? qay holda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlarni ajrating. Bu so'zlarni gap ichida keltiring.
Hozir, xomligicha, birdan, yaqqol, yangicha, yayov, o'rtacha, qardoshlarcha.

BILIB OLING. Harakat-holatning qanday holda bajarilganligini bildirgan va qanday? qay holda? qay tarzda? so'roqlariga javob bo'luvchi ravishlarga holat ravishlari deyiladi.


ESDA SAQLANG. Holat ravishlariga jim, yayov, chindan, qo'qqisdan, to'satdan, piyoda, majburan, tasodifan, astoydil, eskicha, qatorasiga, birma-bir, yakkama-yakka, yonma-yon, bafurja, arang, zo'rg'a, mardlarcha singari so'zlar kiradi.


443-mashq. Ravishlarni ajrating. Ularning yasalishiga e'tibor bering va turini ayting.


1. Shu payt uydan — yotog'imizdan bolalar ham birin-ketin ko'zlarini uqalab, har yoqqa qarab tushib kela boshladi. (Sh. Xolmirzayev) 2. O'rtancha botir qo'rqmadi, jim turdi. (Ertakdan) 3. Uzoqdan, kun botish tomondan g'ira-shira uchqun ko'rinib qoldi. (Ertakdan) 4. Bular piyoda asta-sekin o'rdaga bordilar. (Ertakdan) 5. Buxoroga omon-eson yetib borganlaridan so'ng uning tarhini yaxshilab qog'ozga chizajagini aytdi. (Mirmuhsin)

444-mashq. Nuqtalar o'rniga qavs ichidagi ravishlardan mosini qo'yib, gaplarni ko'chiring.


l.Tinglar edim betinim, Uzun tunlar yotib ... (ataylab, jim, mardlarcha) (Hamid Olimjon) 2. Ikki oshna kechki salqin bilan ... (piyoda, ataylab, yaqqol) yo'lga tushishdi. (O’. Umarbekov) 3.... (Birdan, majburan, arang) xayoliga kelgan fikrdan uning vujudi titrab ketdi. (O'. Hoshimov) 4. Jo'raboyev ham ... (zo'rg'a, yayov, jim)gina o'tirib, hammaga razm solardi. (Sh. Rashidov)

445-mashq. Eskicha, yangicha, yonma-yon, astoydil, bafurja ravishlarini qatnashtirib matn tuzing. Ularning qanday ma'no anglatayotganini tushuntiring.




446-mashq. Quyidagi so'zlardan aynan bir qo'shimcha vositasida holat ravishlarini yasang.
Xayol, mantiq, tasodif, taxmin, javob, qalb, rasm. aql.
1. Qanday ravishlar holat ravishlari deyiladi?
2. Holat ravishlarining yasalishini tushuntiring.
3. Holat ravishlari ishtirokida birikmalar tuzing. Ularga so'roq berib, ma'nosini tushuntiring.



Download 1.44 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   302   303   304   305   306   307   308   309   ...   327




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling