So'zlar: besh-oltita, ohmish, birinchi.
8-topshiriq. Sonlar bilan birgalikda ishlatilgan hisob so'zlarini toping va ularga izoh bering.
1. Faqat bir-ikki tilim handalak yedi-yu, uch-to'rt piyola choy ichdi. (P. Qodirov) 2. Uch-to'rt qadam narida yotgan aravani endi ko'rdi. (O'. Hoshimov) 3. Hali o'ngga, hali so'lga burilib, ikki soat, uch soat yo'l yurdik. (Abdulla Qahhor) 4. Olti sotix maydonda 2500 tup pomidor bo'ladi. (O'. Hoshimov) 5. Abdulla qovunchiga o'sha va'da qilingan 50 gektar yer berildi. (O'. Umarbekov)
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha
direktor o’rinbosari: _________________________
«Ona tili» 6-sinflar uchun
6«A»____ ___________________ 6 «B»____ ___________________________
Mavzu: NAZORAT ISHI – 18
Bayon
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o’rganish jarayonida o’quvchilarda
estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish.
b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o’quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda
milliy iftihor, qadriyat sifatida e’tirof etish va uni hurmat qilishga o’rgatish.
c) rivojlantiruvchi: O’quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o’rgatish.
Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so‘zlash, o‘qish, yozish):
Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi;
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
– darslik (lug‘atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olish, saqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |