Dars: ona tili mavzu: so‘z turkumlari Tayyorladi: adizova muxabbat o‘tilgan mavzularni mustahkamlash


Download 1.12 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.12 Mb.
#1562838
Bog'liq
3-sinf ona tili (2)


Dars:ONA TILI
MAVZU:so‘z turkumlari
Tayyorladi: ADIZOVA mUXABBAT
O‘tilgan mavzularni mustahkamlash
1.So‘z qanday qismlardan tashkil topadi?
2.Qanday so‘zlar asosdosh so‘zlar deyiladi?
3.So‘z yasovchi qo‘shimchalarning vazifasi nima?
4.Tilimizda so‘zlar qanday ko‘payib boradi?
5.So‘z yasovchi va so‘zlarni o‘zaro bog‘lovchi qo‘shimchalarning farqini ayting.
Mavzu:So‘z turkumlari
Rasmli diktant
201-mashq
Matnni o‘qing.Avval shaxs-narsani, keyin belgini, so‘ngra sanoqni va undan keyin harakatni bildirgan so‘zlarni yozing. Ularga so‘roq bering.
Qish.Qor yog‘ayapdi.Kun sovuq.Keng dalalar,mevazor bog‘lar, baland tog‘lar oq choyshabga o‘ralgandek ko‘rinadi. Ikki bola maza qilib chana uchayapdi. Uch-to‘rtta bola qordan katta Qorbobo yasashyapdi.
Namuna:
Shaxs-narsani bildirgan so‘zlar: qish,qor,…
Belgini bildirgan so‘zlar: oq,…
Sanoqni bildirgan so‘zlar: ikki,…
Harakatni bildirgan so‘zlar: yog‘yapdi.
202-mashq
Berilgan so‘zlarni so‘roqlar yordamida ot, sifat, son, fe’llarni aniqlab, jadvalni to‘ldiring.
Oq, nur,beshta, ishchi, chiroyli, so‘zladi, to‘qson, ishchan, bajarmoqchi, o‘n ikki, dehqon, quvnoq, yaylov, yuguryapdi, katta, bog‘layapdi, yettinchi, tayyorlamoqchi, yuzta.
Chiroyli, so‘zladi, quvnoq, yuguryapdi, katta so‘zlariga yaqin ma’noli so‘zlar topib yozing.
Uy ishi
203-mashq. Matnni o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan so‘zlarga so‘roq bering. Ma’nolarini ayting.
Kun sovidi. Yerlar muzladi. Kechga yaqin qor yog‘di. Oppoq qor hamma yoqni qopladi. Daraxtlar oq kiyim kiydi. Bolalar qorbo‘ron o‘ynashga kirishdilar.
Matnni ko‘chiring.Gap bo‘laklarini aniqlab, tagiga chizing.
Download 1.12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling