Dars o'tish jarayonida ko'rgazmali qurollarning ahamiyati


Download 16.51 Kb.
Sana22.02.2023
Hajmi16.51 Kb.
#1223106
Bog'liq
JORAYEVA MARHABO


Dars o'tish jarayonida ko'rgazmali qurollarning ahamiyati
Jo'rayeva Marhaboxon
Andijon viloyati Marhamat tumani 4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi
Annotatsiya: maqolada o`sib kelayotgan yoshlarni barkamol shaxslar etib shakllantirish hozirgi kunning dolzarb muammosi ekanligi, ilm fanning rivojlanishi, hayotga avtomatika va telemexanika, kompyuter texnikasining joriy etilishi, iqtisoddagi bozor munosabatlari keng va asosiy bilimga ega bo`lishni talab etishi, zamon talabiga mosyashay oladigan shaxs o`z bilimini muttasil boyitish bilan mashg`ul bo’lishi kerakligi haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar: ko’nikma, ravon, bosqich, bo’g’inlab, harflab, tinish belgilari.
Bilim olish ko`nikmasini shakllanishida boshlang`ich sinf muhim bosqichdir. Maktabga munosabat, ilm olishga o`qishga qiziqish, tez ravon, tushunib o`qish ko`nikmasi boshlang`ich sinfda hosil bo`ladi. Boshlang`ich sinfning o`qish texnikasi bo`yicha miqdoriy ko`rsatkich: – bir daqiqada 80-90 so`zni o`qiy olish. Talablar: harflarni to`g`ri talaffuz etish: so`zlarni tog`ri o`qishlarni tasahkil etadi. Bundan tashqari, tinish belgilariga e`tibor berib, ravon, tushunib o`qish va boshqalar talab etiladi.
Ko`rinib turibdiki boshlang`ich sinfda egallanadigan o`qish ko`nikmalari juda murakkabdir. Bolaning savod o`rganishi bilangina o`qish ko`nikmasi shakllanib qolmaydi.O`qish ko`nikmasi o`qituvchining savod o`rgatish davrida foydalangan barcha ish usullariga o`quvchilarning maktabga qanday tayyorgarlik bilan kelganligi, ta`lim jarayonida o`qishga faol intilishi, yani qiziqishiga bog`liq bo`ladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida matnni o‘qish va tushunish malakasini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. Matnni o‘qish va tushunishga o‘quvchilar 1-sinfdan boshlab o‘rgatiladi. Ularni xalqaro baholash darajasini belgilovchi PIRLSga qanday tayyorlash kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy. Boshlang‘ich sinf darsliklari va internetdan o‘quvchining yoshiga mos kichik hikoya va ertaklarni, she’rlarni yoki axborot matnlarini olib, o‘qish darslarida hamda darsdan tashqari qo‘shimcha mashg‘ulotlarda matnni ifodali o‘qish, matnning mazmunini tushunish malakalari shakllantirilib boriladi. Ayrim matnlar
uyga vazifa qilib ham berilishi mumkin. Berilgan topshiriq matnlari asosida keyingi dars mashg‘ulotida savol-javob va tahlillar o‘tkaziladi. Matnni o‘qigach, o‘quvchilar matn mazmunini tushunish, xulosalar chiqarish, matn mazmunini tushuntirib berish, ma’lumotlarni izohlash, tahlil qilish, matn mazmunini baholash, matnda berilgan so‘zlarni tahlil qilish, matn qurilishi yuzasidan berilgan savollarga javob bera olish ko‘nikmalariga ko‘ra baholanadi.
O'qituvchi darsga tayyorlanar ekan o'z oldiga bir necha maqsadlar qo'yadi.Ko'zlangan maqsadlarga erishishda darsga tayyorlangan ko'rgazmali qurollarning ahamiyati katta.Ko'rgazmali qurollar dars mavzusini yoritishda, tushuntirishda katta yordam beradi.
Ko'rgazmali qurollar sifatli, yorqin, o'quvchiga yaqqol ko'rinadigan, tushunarli bo'lishi kerak.
Hozirgi kunda o'qituvchilarimiz uchun juda ko'p imkoniyatlar mavjud.Tayyor ko'rgazmali qurollar turli fotosu'ratlar, DVD va CD disklar, turli jurnal va qo'llanmalar, ularning audio nusxalari kabi o'quv dasturlari mavjud.
Shu bilan birga o'qituvchi tayyor ko'rgazmali qurollardan foydalanish bilan birga har bir darsga ijodiy yondoshib, dars mavzusini yoritishda yordam beradigan, mavzuga mos ko'rgazmalar tayyorlasa, bu hoh o'yinchoq bo'lsin, rasm yoki buyum bo'lsin o'quvchilarni o'ziga tortadi.
Ayniqsa boshlang'ich sinflarda o'quvchilar bu jihoz yoki buyumlarni tomosha qilishi, ushlab ko'rishi, mustaqil harakatlantirishi o'quvchiga o'zgacha his bag'ishlaydi. Ijodkorlik hissini uyg'otadi. Ko'rgan narsalarini chizib, yasab ko'rmoqchi bo'ladi.
Masalan: Asar qahramonlari, ertak personajlari tayyorlanib o'quvchilarga namoyish qilinsa o'quvchilar obrazlarga kirib so'zlashsa bu o'quvchining mavzuni o'zlashtirishiga, bilim doirasini kengayishiga, nutqini o'sishiga, ko'pchilik oldida o'zini tutish, ravon so'zlash, o'ziga bo'lgan ishonchini kuchaytiradi.
Uyatchanlik,tortinchoqlik xususiyatlarini yo'qotadi. Keyingi mashg'ulotlarga rasm va jihozlarni mustaqil tayyorlashga harakat qilib, natijada darslik bilan ko'proq mashg'ul bo'ladi.
Darslarim davomida turli ko'rgazmali qurollar tayyorlab, bulardan foydalanib yaxshi natijalarga erishyapman. Fan texnika rivojlangan davrda innovatsion g'oyalarni ilgari surish, o'quvchilarni qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida "Svetafor chiroqlari" deb nomlangan ko'rgazmali quroldan darslarimda foydalanyapman. "Bilimdon shou" deb nomlangan o'yin tashkil etamiz. Bu o'yinda 3 nafar o'quvchi ishtirok etib, berilgan tezkor savollarga tezlik bilan javob berish kerak. Javobga tayyor o'quvchi o'z tugmachasini bosadi va chiroq yonadi, o'quvchilardan tuzilgan hakamlar javoblarni baholab boradi. Ko'p ball olgan o'quvchi g'olib hisoblanadi.
O'yinda qatnashish sharti esa kamida 3 ta aniq va to'g'ri savol tuzib topshirishi kerak. Savollar o'yin davomida qatnashuvchilarga beriladi.
O'quvchilarning darslardagi sahnalashtirish, ro'llarga bo'lib o'qitish usullari orqali foydalanilgan ko'rgazmali qurollar o'quvchilarimni ijodkorlikka yo'naltirib, maktabda va hududda birinchilardan bo'lib "Qog'irchoq teatri" tashkil etishga muvofaq bo'ldim.

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. Ishmuxamedov R. J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. Toshkent - 2004
2. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. Qarshi - 2000.
3. Saydahmedov N. Yangi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). - T. : Moliya, 2003.
Download 16.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling