Lecture lessons
Download 21.85 Kb.
|
Lecture 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- KEYWORDS
LECTURE LESSONS LECTURE – 1INTRODUCTION TO COUNTRY STUDY Plan: General information about the country study Aim of the subject Assessment criteria KEYWORDS: 1 Country study, Aim, tasks, Assessment Fan o‘qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetenstiyalar) Fanni o‘zlashtirish natijasida talaba: - tili o’rganilayotgan mamlakatning tarixi, geografik joylashishi, ta’lim tizimi, davlat tuzumi va hayot tarzi bilan to’liq tanishgan bo’lishi va shu mavzular asosida asosiy chet tilini umumevropa standartlariga ko‘ra talab darajasida o'zlashtirishi; - o‘rganilayotgan chet tili bo’yicha tarixiy, geografik, ilmiy va siyosiy atamalar doirasida lug’at boyligini boyitishi; - o'rganilayotgan chet tilida og‘zaki va yozma nutq ko‘nikmalarini egallashi; -tushunish va muhokama qilish uchun bosqichma-bosqich turli til materiallari bilan ishlash usullari to'g'risida tasavvurga ega boiishi; - o‘z fikr va mulohazalarini mavzulardan kelib chiqqan holda mantiqiy bayon etishi; - fan yuzasidan og'zaki va yozma shakldagi ma’lumotlami tushunish maqsadida turli strategiyalami bilishi va ulardan foydalana olishi; - chet tilida chop etilgan turli matbuot materiallari va axborot bemvchi boshqa vositalardan olingan autentik til materiallarini tushuna olish va ularni tahlil qilish; - o'rganilayotgan chet tilida o‘qish, tinglab tushunish, gapirish va yozish; - bitiruv malakaviy ishini yozish, ilmiy ishni olib borish bosqichlari, yozish uslublarini to‘g‘ri qoilash va ilmiy matnni tahrirlash borasida yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega boiishi kerak. Ta'lim texnologiyalari va metodlari: interfaol keys-stadilar; amaliy mashg:ulotlar (mantiqiy fikrlash, tezkor savol-javoblar); guruh, mikroguruh boiib ishlash; taqdimotlarni qilish; individual loyihalar. Kreditlarni olish uchun talablar: Tili o’rganilayotgan mamlakatning tarixi, geografik joylashishi, madaniyati ya hayot tarzi haqida yetarlicha tasavvurga ega bo’lishi. Til kompetenstiyalariga yetarlicha ega bo’lishi va fanning mazmunini aks ettiruvchi asosiy tushunchalami to‘la o‘zlashtirishi, ya’ni fan yuzasidan chet tilida og‘zaki nutqni tushunish, o‘z fikrini chet tilida bayon qilish, o‘qish va yozish mahoratini namoyon qilish, chet tilining fonetik va grammatik qonuniyatlarini, tili o‘rganilayotgan va chet tilida so‘zlashuvchi xalqlaming tarixi, madaniyati va hayot tarzini anglash hamda chet tilida chop etilgan turli matbuot manbaalaridagi autentik materiallami tushuna olish talab qilinadi. Fan doirasida talabalar Yevropa Kengashining “Chet tilini egallash umumevropa kompetenstiyalari: o'rganish, o‘qitish va baholash” to‘g‘risidagi umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlari (CEFR) ga ko‘ra kurslar kesimida B2 - Cl darajaga mos keladigan til materiallarini tushunish, mazmunini tahlil qilish, mavzularga oid turli matn turlarini o‘qib, tinglab mazmunini tushunishlari va o‘z fikrlarini og'zaki va yozma ravishda ifoda eta olishlari shart. Fan yuzasidan berilgan topshiriqlami va mustaqil ta’lim vazifalarini bajarib borishi hamda oraliq va yakuniy nazoratlardan berilgan savollarga og’zaki yoki yozma shakllarda javob bera olishi lozim. Talabalar bilimini baholash O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirining 2018 yil 9 avgustda 9-2018-sonli "Oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi buyrug’i bilan tasdiqlangan "Oliy ta'lim muassasalari talabalari bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to’g’risidagi Nizom" asosida amalga oshiriladi. Bunga ko’ra talaba: mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, ijodiy fikrlay oladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 5 (a'lo) baho; mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 4 (yaxshi) baho; - olgan bilimini amalda qo’llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega deb topilganda - 3 (qoniqarli) baho; - fan dasturini o’zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo’yicha tasavvurga ega emas deb topilganda - 2 (qoniqarsiz) baho bilan baholanadi. Nazorat turlarini o’tkazish bo’yicha tuzilgan topshiriqlarning mazmuni talabaning o’zlashtirishini xolis (ob'ektiv) va aniq baholash imkoniyatini beradi. Talaba fan uchun ajratilgan kreditni fanning o’zlashtirish darajasi, olgan bahosiga proporsional tarzda oladi. Fan uchun ajratilgan soat bo’yicha talaba maksimal to’plashi kerak bo’lgan kredit miqdori _______ ni tashkil etadi. Talabaning kreditini to’plashi quyidagi formula orqali amalga oshiriladi. Talaba to’plagan krediti=(fanga ajratilgan kredit*talabaning olgan bahosi)/(maksimal baho (5)) Download 21.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling