Dars rejasi: Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi umumiy tushunchalar
Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi
Download 352.92 Kb. Pdf ko'rish
|
Mikroorganizmlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- F e n o t i p
- Fenotipik o‘zgaruvchanlik
Genotip hujayradagi umumiy genlar majmuasi (yig‘indisi) dir. U
organizmning butun bir guruh xossalarini, tashqi muhitning har xil sharoitida turlicha namoyon bo‘ladigan xossalarini belgilab beradi. Biroq, genotip har qanday sharoitda ham nisbiy doimiyligini saqlab qoladiki, bu hol mikroorganizmlar turlarini bir-biridan farqqilib, ajratib olishga imkon beradi. F e n o t i p har bir individuumdagi morfologik va fiziologik xossalarning umumiy kompleksidir. Fenotip go‘yo ma’lum bir konkret yashash sharoitida genotip xarakterining tashqi ko‘rinishi ifodasidir. Genotip hujayraning umumiy yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan xususiyati bo‘lsa, fenotip ushbu xususiyatlarning ko‘zga ko‘rinadigan ifodasidir. Fenotipik o‘zgaruvchanlik. Modifikatsiyalar tashqi muhitning turli omillari ta’sirida kelib chiqadi va odatda, mikrob turli ozuqa muhitida o‘sib ko‘payganida kuzatiladi. Ozuqa muhiti tarkibi va sifatining, muhit pH ning, temperaturaning o‘zgarishi, ximiyaviy moddalar (kolxitsin, etilamin) va boshqalar modifikatsiyalar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday o‘zgarishlar nasldan-naslga o‘tmaydi (irsiylanmaydi) va ularni keltirib chiqargan faktorning ta’siri to‘xtashi bilan yo‘qolib ketadi. Muhitga penitsillin qo‘shiladigan bo‘lsa, hujayralar cho‘ziladi, ba’zan juda uzayib ketadi. Bakteriyalarda sporalar hosil bo‘lishi muhit xarakteriga (quyuq yoki suyuqligiga), uning tarkibi, o‘stirish temperaturasiga bog‘liq. Muhitga 0,1% pepton qo‘shilganda, 48 soatdan keyin 100% spora hosil bo‘lsa; 2% pepton qo‘shilganda faqat vegetativ formalar bo‘ladi. Ko‘pgina bakteriyalar va zamburug‘lar turli oziq muhitida va turli temperaturada o‘stirilganda, pigment hosil qilish tezligini o‘zgartiradi. Chunonchi, “ajoyib tayoqcha” bakteriyasi uy temperaturasida oziq muhitida to‘qqizil pigment hosil qiladi. 37°C da esa bunday pigmenti bo‘lmaydi. Bakteriyalar quyuq oziq muhitida o‘stirilganda, hosil qiladigan koloniyalarning tipi ham o‘zgarishi mumkin. Ba’zi koloniyalar silliq, yumaloq shaklda, cheti tekis, yaltiroq, bir jinsli, kichik bo‘ladi. Bular S formalardir. Boshqalari g‘adir-budur, xira, ko‘pincha, tiniqmas, cheti notekis, noto‘g‘ri shaklli, quruq bo‘ladi. Bular Rformalardir. Koloniyalarning oraliq formalari ham bo‘ladi, shilimshiqlar (M forma), mittilar (gforma). Bir turdagi bakteriyalarning o‘zi har xil shakldagi koloniyalar hosil qilishi dissotsiatsiya (ajralish) deb ataladi. Download 352.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling