Dars rejasi: Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi umumiy tushunchalar


Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiya


Download 352.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana13.11.2023
Hajmi352.92 Kb.
#1769964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mikroorganizmlar

Bakteriyalardagi transformatsiya va transduksiya (44-rasm). Irsiy 
xususiyatning donor xromosomasidan resipient xromosomasiga o‘tishi 
transformatsiya deyiladi. Transformatsiya DNK ning kichik bir uchastkasi - 
rekon orqali o‘tadi. Rekonda bir juft nukleotidlar bo‘lib, rekombinatsiya 
vaqtida boshqa elementlar bilan almashinishi mumkin. 
1928 yili F.Griffits shunday tajriba o‘tkazgan: sichqonlarga oz 
miqdorda patogenlik xususiyatiga ega bo‘lmagan kapsulasiz II tip 
pnevmokokklar yuqtirgan. Shu kulturaga patogenlik xususiyatiga ega 
bo‘lgan, kapsulali III tip pnevmokokklar kulturasidan (bu kultura oldinroq 


issiqlik ta’siri bilan o‘ldirilgan) qo‘shgan. Natijada II tipdagi pnevmokokklar 
patogenlik xususiyatiga ega bo‘lganligi va kapsula bilan o‘ralganligi ma’lum 
bo‘lgan. Demak, III tip pnevmokokklarga xos xususiyatlar II tip 
pnevmokokklarga transformatsiya orqali o‘tgan. Yoki oq rangli koloniya 
hosil qiluvchi mikobakteriyalar sariq rangli koloniya hosil qiluvchi saprofit 
mikobakteriyalarning DNK ta’sirida sariq koloniyalar hosil qilish 
xususiyatiga ega bo‘lishi aniqlangan. 
44-rasm. 
Bakteriofagning bakteriya hujayrasiga adsorbsiyalanishi va ko‘payishi
1944 yili O.Everi va K.Mak Leoid, M.Mak Karti xususiyatlar DNK 
orqali o‘tishini aniqlaganlar. Keyinchalik DNK boshqa xususiyatlarga ham 
ta’sir etishi ma’lum bo‘ladi. Masalan, pichan batsillasini, meningokokklarni, 
pnevmokokklarni, streptokokklarni va boshqalarni transformatsiya agent - 
DNK orqali o‘zgartirish mumkin. DNKning transformatsion aktivligi 
nihoyatda yuqori, odatda, 10-15 minutdan so‘ng o‘zgarish ro‘y beradi va 
2soatdan so‘ng tugaydi. 
Transformatsiya hodisasi doim uchramaydi, balki ma’lum fiziologik 
holatda (ya’ni hujayra tayyor bo‘lgan muddatda) ro‘y beradi. Yuqori 
temperatura, ultrabinafsha nurlar; kimyoviy mutagenlar ta’sirida DNK ning 
transformatsion xususiyati pasayadi. Masalan, transformatsion DNK ga 


HNO
3
ta’sir ettirilsa, u aktivligini yo‘qotadi yoki temperatura 80-100°S 
ko‘tarilsa ham aktivligi pasayadi. Eng qulay temperatura 29-32°Sdir. Demak, 
transformatsiyaning aktivligiga muhitning tarkibi, temperatura, resipientning 
fiziologik holati va transformatsion DNK ning polimerligi (qo‘sh spiralligi) 
ta’sir etadi. Transformatsiyaning takrorlanish muddati 0,47- 0,0004% ga teng 
bo‘ladi. 
Masalan, 
donor 
sifatida 
olingan 
pnevmokokklar 
shtammida 
streptomitsinga sezgir bo‘lmagan, mannitni parchalash xususiyati bor bo‘lsin, 
resipientda bunday xususiyat yo‘q. Bulardan shunday oraliq formalarni olish 
mumkinki, ularda yuqoridagi ikkala xususiyat uchrashi mumkin, 
transformatsiyada bir xususiyat ikkinchi xususiyat bilan almashinadi. 
Masalan, antibiotiklarga nihoyatda sezgir yoki sezgir bo‘lmagan shtammlarni 
olish mumkin. 
Bu hodisa hayvonlar va o‘simliklarda bir xil sodir bo‘ladi. 
Transformatsiyaning hosil bo‘lishi ikki davrdan: DNK ning mikrob 
hujayrasiga adsorbsiyalanishi va hujayraga o‘tishidan iborat. 

Download 352.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling