Dars rejasi: Mikroorganizmlar genetikasi haqidagi umumiy tushunchalar


Download 352.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana13.11.2023
Hajmi352.92 Kb.
#1769964
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mikroorganizmlar

Genotipik 
o‘zgaruvchanlik. Hujayraning irsiy axboroti ona 
hujayradan qiz hujayraga o‘tadigan xromosoma bilan genlarda joylashgan. 
Genlar xromosomalarda joylashgan. Jinssiz bo‘linishda mitoz protsessida 
genlar ikkita hujayra o‘rtasida teng taqsimlanadi. Qiz hujayralar dastlabki 
(o‘zidan oldingi) hujayraning to‘liq genlar to‘plamini (naborini) oladi va bir 
xil bo‘ladi. 
Genotipik o‘zgaruvchanlik mutatsiyalar va genotip rekombinatsiyalari 
(kon’yugatsiya, transformatsiya, transduksiya) natijasida vujudga kelishi 
mumkin. 
Mutatsiyalar. Turli faktorlar ta’sirida DNK molekulasining o‘zgarishi 
undagi axborotning ham o‘zgarishiga olib keladi. Shunday o‘zgarishlar 
natijasida 
mutatsiyalar 
paydo 
bo‘ladi. Mutatsiyalar spontan va 
induksiyalangan bo‘lishi mumkin. Spontan mutatsiyalarda kelib chiqish 
sabablarini aniqlab bo‘lmaydi, induksiyalangan mutatsiyalarda esa ma’lum 


bo‘ladi. Mutatsiyalarni keltirib chiqaradigan sabablardan (kolxitsin, etilamin, 
iprit, qoramoy, mineral moylar) jinsiy gormonlar, o‘sishni tezlashtiruvchi 
moddalar va boshqalarni misol qilib keltirish mumkin. 
Bularning ta’siri natijasida nukleotidlar tasodifan qayta guruhlanadi va 
yangi xossaga ega bo‘lgan mutant vujudga keladi. Agar vujudga kelgan 
mutatsiya organizm uchun foydali bo‘lsa, mutantlar ko‘payib ketadi va 
aksincha vujudga kelgan o‘zgarish foydali bo‘lmasa, mutantlar nobud 
bo‘ladi. 
Mikroorganizmlarda mutatsiyalar kam uchraydi, million sonli 
hujayraga bitta to‘g‘ri keladi. Masalan, antibiotiklarga chidamlilik, triptofan 
aminokislota sintezlash xususiyati, faglarga chidamlilik, koloniyalari 
shaklining o‘zgarishi, pigment hosil qilishning o‘zgarishi yoki kapsulali 
formalar kapsulasiz bo‘lib qolishi, xivchinlar hosil qilishning o‘zgarishi va 
boshqalar xosdir. Masalan, navvoychilikda ishlatiladigan achitqilarning yangi 
shtammlari olinishi yoki ko‘p miqdorda antibiotiklar sintezlovchi shtammlar 
olinishi, yoki B
12
vitamin, moylar va lipidlarni sintezlovchi shtammlar 
olinishi, sut kislota hosil qiluvchi shtammlar olinishi yoki dizenteriya, paratif 
va tifga qarshi bo‘lgan aktiv profilaktik formalar olinishi va boshqalar 
mutatsiyalarga misoldir. 

Download 352.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling